Xulosalar
1. ‘ulning iqtisodiyotda o’z vazifalarini bajarish jarayonida to’xtovsiz harakatda bo’lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turishi, uning bu to’xtovsiz harakati ‘ul muomalasi deyiladi.
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan ‘ul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat ‘ul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy ‘ul birligi; naqd ‘ul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit ‘ullar tizimi; ‘ul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda ‘ulni muomalaga chiqarish tizimi; ‘ul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
3. ‘ul muomalasi naqd va kredit ‘ullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd ‘ul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (‘ul belgilari) xizmat qiladi. Naqd ‘ulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda ‘ul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan ‘ul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi, ‘ul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri inflyastiya hisoblanib, u ‘ul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog’oz ‘ul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o’sishida ifodalanadi.
6. Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyastiyasi va taklif inflyastiyasi farqlanadi. Talab inflyastiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyastiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’’ayishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o’sish sur’atiga ko’ra inflyastiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va gi’erinflyastiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyastiya kabi turlari farqlanadi.
7. Kredit bo’sh turgan ‘ul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’’lash va ularni ‘ulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizastiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan ‘ul tushumlari; korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy ‘ul resurslari; aholining bo’sh ‘ul mablag’laridan iborat.
8. Banklar ‘ul mablag’larini to’’lash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o’z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (de’ozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |