b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyastion tadbirlari hisoblanib, inflyastiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyastion tadbirlar orqali inflyastiya darajasini ‘asayishi investistiyalarga rag’bat beradi;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko’rsatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |