Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi



Download 5,97 Mb.
bet440/518
Sana02.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#88083
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   518
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðàòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ñî

1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi

roli haqidagi nazariya va qarashlar.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’’ omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko’’ jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda Res’ublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’’roq uchinchi yo’l xususiyatli xisoblanadi.

Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.

A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham im’ortga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va ‘ast sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda ‘ast sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.

A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.

Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning "Ish bilan bandlik, foiz va ‘ulning umumiy nazariyasi" (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini to’di. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yal’i talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.

Amalda ga’ davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qarshi siyosat o’tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat stiklining o’zgarishini yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.

Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko’’roq oshib borishi ro’y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat stiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini o’timallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.

Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.

Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi.

Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kom’aniya yoki individual ishlab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega.

Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.

Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori akstiz (egri) solig’ini o’rnatib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.

To’rtinchidan, davlat o’z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to’lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilishi, be’ul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga oladi.

Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.

XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konste’stiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo’li bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xo’jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQShda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo’li: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo’nalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig’i stavkalarining ‘asaytirilishi, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida yirik kor’orastiyalar investistiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo’llash, federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyastiyaga qarshi ‘ul-kredit siyosatini o’tkazish ko’zda tutilgan edi.

Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo’lsa, 1987 yilga kelib 27%ga qadar o’sdi. Davlat qarzlari kamayish o’rniga o’sib ketdi, inflyastiyaning ‘asayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyastiyaning cheklanganligi uchun o’sish sur’atlarining ‘asayishi, ishsizlikning o’sishi, real ish haqining ‘asayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya, Ya’oniya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro’y berdi.92

90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendenstiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi ti’i davlat va xususiy sektor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   436   437   438   439   440   441   442   443   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish