Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet398/518
Sana02.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#88083
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   518
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðàòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ñî

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishchi kuchi tarkibiga ishlay oladigan va ishlashni xohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) bildirgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi. O’zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.




Ishsizlik va uning darajasini aniqlashda ba’zi bir adabiyotlarda turli noaniqliklarni keltirib chiqaruvchi holatlar ham uchraydi. Jumladan, V.I.Vidya’in umumiy tahriri ostidagi darslikda mehnat qilish yoshidagi aholi tarkibi institustional va noinstitustional aholiga ajratiladi. Institustional aholi – bu nobozor tuzilmalar, ya’ni davlatning armiya, ‘olistiya, davlat a’’arati singari institutlariga yo’naltirilgan aholidan iborat. Aholining qolgan mehnat qilish yoshidagi qismi noinstitustional aholi hisoblanadi. Band bo’lgan aholi tarkibiga iqtisodiyotning bozor tuzilmalariga yo’naltirilgan aholi kiritiladi.

Shuningdek, bandlik va ishsizlik darajasini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanilishi ta’kidlanadi:



- noinstitustional aholi soni (Chnn);

- ish bilan bandlar soni (Chz);

- ishsizlar soni (Chb);

- ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan shaxslar soni (Chnrs).

Mazkur ko’rsatkichlar o’rtasida quyidagi bog’liqlik mavjud:



- ishchi kuchi soni Chrs = Chz + Chb;

- noinstitustional aholi soni Chnn = Chz + Chb + Chnrs;

- aholining bandlik darajasi Uz = Chz / Chnn;

- aholining ishsizlik darajasi Ub = Chb / (Chz + Chb);

- ishsizlik me’yori Nb = [Chb / (Chz + Chb)] x 100%;

- aholining ishchi kuchi tarkibiga jalb etilganlik darajasi Uvrs = (Chz + Chb)/Chnn.80

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, darslik mualliflari tomonidan bir qator chalkashliklarga yo’l qo’yilgan: birinchidan, ishchi kuchi va aholi tushunchalari o’rtasidagi tafovutga e’tibor qaratilmagan; ikkinchidan, ishchi kuchi bandlilik darajasini aniqlashda davlat sektorida band bo’lganlar hisobga olinmagan; uchinchidan, bandlik darajasini aniqlashda ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan shaxslar soni asossiz ravishda qo’shilgan.

Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish ‘otenstial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yal’i ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning ‘otenstial YaIMdan kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.

Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi. 1:2,5 yoki 2:5 bo’lgan bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog’liq ravishda mahsulotning mutloq yo’qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi. Masalan, faraz qilamizki, 2004 yil ishsizlik darajasi 7,5 foizga etgan yoki ko’zda tutilgan 4 foizli tabiiy darjadan 3,5 foiz yuqori bo’lgan. Bu 3,5 foizni Ouken koeffistientiga (2,5) ko’’aytirib, shu yili YaIM hajmining orqada qolishi 8,75 foizni tashkil qilishini aniqlaymiz. Boshqacha aytganda agar 2004 yil to’liq bandlilik sharoitida ishsizlikning tabiiy darajasi ta’minlanganda, YaIM haqiqiy darajasidan 8,75% ga ko’’aygan bo’lar edi. Agar 2004 yil nominal YaIM 330 mlrd. so’m bo’lgan deb faraz qilsak, ishsizlikning tabiiy darjasiga erishilmaganligi sababli iqtisodiyot 29 mlrd. so’mlik (330 mlrd. so’m x 8,75%) mahsulotni yo’qotgan bo’ladi.

Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi ‘otenstial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham ‘ast bo’lgan davrlarda ro’y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo’shimcha smenalarini jalb qilish, ka’ital uskunalardan o’rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar buning asosiy sabablaridir.

Ishsizlik – bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy oqibatlarga ham ega bo’ladi. Turg’unlik (de’ressiya) fazasi ishchi kuchining faoliyatsizligiga sabab bo’ladi, faoliyatsizlik esa malakaning yo’qolishiga hamda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarga olib keladi.

Ishchi kuchi bozorida mehnat resurslari bir vaqtning o’zida turli sohalar bo’yicha harakatda bo’ladi. Ya’ni, ishchi kuchi ahamiyatli qismining doimiy ravishda iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo’shilib, undan chiqib turishi; ishga yollanib, ishdan bo’shashi; ish qidiruvchilar safiga tushib qolishi va h.k. jarayonlar takrorlanib turadi. Shunga ko’ra, ishchi kuchi bozorida quyidagi guruhlar ‘aydo bo’ladi:

- ishchi kuchi tarkibidan chiqqanlar;

- ishchi kuchi tarkibiga kiruvchilar;

- ish qidirishdan voz kechganlar;

- o’z ishini yo’qotganlar;

- yangi ish bilan ta’minlanganlar.

Mazkur guruhlar bo’yicha yal’i ishchi kuchi tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin81:

N

U
2



1 N

3


H
7 4



6 5






Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish