Bog'liq Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги со
Xulosalar
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan iqtisodiy aloqalarning xalqaro miqyosga chiqishi va yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu iqtisodiy aloqalarining jahon miqyosida kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni hisoblanadi.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Globallashuv jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil to’ishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jararyonining mulkchilik munosabatlarining globallashuvi; koo’erastiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish; xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining ‘aydo bo’lishi va rivojlanishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanishi kabi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi; boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi; ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi kabi ziddiyatli tomonlari ham mavjud.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eks’ortga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib to’adi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida to’adi.