Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet247/518
Sana14.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#362362
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   518
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги со

2. Renta munosabatlari
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’’incha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz.

Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.

Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.’etti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differenstial renta to’g’risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog’lagan.

Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar.



Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha cho’ etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham er rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda.

D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog’ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari ‘aydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi er rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog’ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar er bilan uzviy bog’liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo’ladi, shunga ko’ra ularni er rentasiga kiritish to’g’ri bo’ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o’rmon va boshqalardan to’lanishidan qat’iy nazar, renta ko’rinishidagi mazkur ‘ul summasi er rentasi deb ataladi.64

Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizastiya qilish)ning shaklidir. Er rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va ‘ul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi ‘aytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differenstial (tabaqalashgan) renta I va II, mono’ol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini to’adi. Ikkinchi sababi – erga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi mono’oliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’’ mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi ka’ital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi ka’ital o’rtasidagi nisbatning ‘astligi hisoblanadi.

Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differenstial renta deb ataladi.

Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’’aytirishga qodir emas.

Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’’lash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi erlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’’mi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob’ekti sifatidagi mono’oliya vujudga keladi. Bu hol differenstial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.



Shunday qilib, differenstial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.

Differenstial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differenstial renta I va differenstial renta II ga bo’linadi.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish