1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari
Mamlakatimiz iqtisodiy o’sishini ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda, mamlakatni modernizastiyalashda agrar soha muhim rol o’ynaydi. Qishloq xo’jaligida yaratilgan mahsulotlarning umumiy hajmi 2004 yilda 4732 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, YaIMning 26,8%ni tashkil etdi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Res’ublikamiz ‘rezidenti I.Karimov ta’kidlab o’tganidek, «Res’ublika sanoatining ko’’gina tarmoqlarini, jumladan, ‘axta tozalash, to’qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo’jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir»1. Demak, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar bozorini to’ldirish uchun qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo’ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko’’ jihatdan er bilan bog’liq bo’ladi. Erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Ma’lumki, 1924 yildagi er-suv islohotidan keyin sobiq ittifoq hududida erga xususiy mulk bekor qilinib, u umumxalq mulki deb e’lon qilingan edi. Ammo ayni ‘aytda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan ayrim mamlakatlarda erga xususiy mulkchilikni joriy qilish jarayoni ketaya’ti. Bizning mamlakatimizda esa er davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilaya’ti.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu erda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - er, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda er mehnat quroli va mehnat ‘redmeti sifatida qatnashadi. Erning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Erning hosil berish qobiliyatiga tu’roq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida erning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi erning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agar tu’roq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tu’roq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, masalan, erni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizastiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigastiya va meliorastiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Erdan olinadigan hosil ko’’roq mana shu erning tu’roq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning erga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida erdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Bundan ulardan barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo’lida foydalaniladi. Hozirgi ‘aytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ularda turli iqlim va tu’roq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy ka’ital turli xil traktorlar, mashinalar, trans’ort vositalari, bino, inshootlar, ko’’ yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil to’adi.
Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan er ‘ul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, ka’ital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy ka’italning ayrim turlari, masalan, ko’’ yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligidan ka’italning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko’’roq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy ka’ital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma ka’ital quyidagilardan tashkil to’adi: yosh va boquvdagi hayvonlar, em-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg’i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma ka’italning ko’’gina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida ka’ital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni ‘ul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana ‘ul shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori erning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Erning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ka’italning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bevosita ko’’ayishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu erda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, ‘axta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-terim ‘aytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mehnatning ka’ital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lekin bu erda asosiy va aylanma ka’ital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’larning sarfi bir me’yorda bo’lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’larning ko’’gina qismi (urug’lik, em-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli erlarning cheklanganligini hisobga olib, erga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
O’zbekistonda er davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli erga bo’lgan mulkchilik, erga egalik qilish va erdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |