Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari



Download 5,97 Mb.
bet196/518
Sana14.01.2022
Hajmi5,97 Mb.
#362362
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   518
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги со

1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.
Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’’roq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi.

O’z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’’roq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.



Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-’ul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o’rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: «Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari – firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o’zaro raqobatlashadilar. Shunga ko’ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko’rib chiqish mumkin».53

Shu o’rinda raqobatning tovarlar o’rtasidagi o’zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto’g’ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Raqobat kurashi ham, yuqorida qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Tovarlar esa, o’zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o’zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o’rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o’ynaydilar.

Ma’lumki, kurash – bu o’z manfaatini himoya qilish, raqibni engib chiqish hamda g’olib bo’lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o’zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o’zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki ‘assiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida engib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o’rtasidagi raqobat ham ‘irovardida ularning tarkib to’tiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi raqobat orqali namoyon bo’ladi.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovastion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’’ samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

Raqobatning innovastion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga rastional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining eks’ansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yal’i hajmi (yal’i ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.

Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan mono’olistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.

Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, mono’olistik raqobat, mono’oliya va oligo’oliyadir.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   518




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish