I.1. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning vujudga kelish tarixi.
NATO, Shimoliy Atlantika alyansi (o‘zbekcha Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti) — Yevropa, AQSH hamda Kanada kabi ko‘pchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanma, ya’ni, Yevropani tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQSHda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat a’zo bo‘lgan, hozirgi kunda esa a’zolar soni 28 taga etgan.
Shimoliy Atlanta ittifoqiga qo`shilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishgan. Ittifoqqa a’zo mamlakatlar yahlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni o’z oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilg’or ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida havfsizlikni kuchaytirish.
NATO Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga asos solingan kun. G’arbning harbiy xavfsizlik va hamkorligi maqsadida asos solingan ushbu tashkiloti ham harbiy, ham da siyosiy jamlanmadir. Harbiy kuch va har ehtimolga qarshi o’zini tashqi ta’sirlardan ximoya qilish siyosiy kuchni yana da mustahkamlaydi. Siyosiy kuch esa ayni vaqtda 2-Jahon urushini qozongan kuchlardir yani AQSh, Angliya va Fransiya kabi Garbliklarni o’z ichiga olmoqda. G’arbning raqobatchisi bo’lgan 2-Jahon urushi g’oliblaridan va Sovet ittifoqiga liderlik qilgan Sharqiy blok esa o’zini ximoya qilish ehtiyojlarining asosiy sababi edi.
2-Jahon urushidan keyingi jarayonda urush tufayli yo’q qilingan infratuzilma va davlatlarning rivojlanish ehtiyoji asosida Belgiya, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Gollandiya va Lyuksemburg tomonidan 17-mart 1948-yili imzolangan Bryussel shartnomasi NATOning tashkil topishida asosiy rol oynagan.
İqtisodiy birlik va mushtarak politikalar tashkil etish harakatlari siyosiy va harbiy ittifoq ehtiyoji tug’dirdi. Bu ehtiyojni belgilagan siyosiy atmosfera Sovet İttifoqining Yevropaning yarimini nazoratga olib, rejimini va ta’sirli mintaqasini kengaytirish harakatida edi. Sovet İttifoqining Yevropani bo’sib olish xavfi ximoya tashkilotining asos solishining eng muhim sababi edi. Sovet İttifoqi tomonidan amalga oshirilgan G’arb nazoratidagi Berlinga qaratilgan qamal bu harakatlarni tezlashtirdi.
1948-yilning sentabr oyida G’arbiy Yevropa ittifoqining xavfsizlik organizatsiyasining tashkil topishi haqida qaror qabul qilindi. Bu ittifoqga AQShning ishtiroki bilan Sovet İttifoqi qarshisidagi harbiy kuch balansi ta’minlangan bo’ldi. Bu ittifoq bilan G’arbiy Yevropada Germaniya, Fransiya, İtaliya va boshqa mamlakatlardan kelajakda amalga oshishi mumkin bo’lgan harbiy kuch va yangi Jahon urushi xavfi ham yo’q qilinayotgan edi. Amalga oshirilgan siyosiy uchrashuvlar ortidan 4-aprel 1949-yili AQShda asos solingan. İmzo chekganlar orasida Bryussel shartnomasiga imzo chekgan besh davlat bilan AQSh, Daniya, İtaliya, İslandiya, Kanada, Norvegiya va Portugaliya o’rin olgan.
NATOning birinchi Bosh kotibi Lord İsmey 1949-yildagi bir izohatida tashkilot maqsadining “ruslarni tashqarida, amerikaliklarni ichkarida va nemislarni pastda tutish” ekanligi haqida ma’lumot bergan. İttifoqning shakllanishi ham G’arbda ham Sharqda keng yanqradi.
Bu shakllanish o’ziga qarshi amalga oshganligini ko’rgan Sovet İttifoqi bilan G’arb ortasida uzoq yillar davom etajak sovuq urush boshlayotgan edi. İkki guruh ham bir tomondan qurollanmoqda ikkinchi tomondan esa raqibini kuchsizlashtiradigan harakatlarga urinayotgan edi. Ayg’oqchilarning qarama-qarshi kurashi sovuq urush davomida davom etdi. NATOga butun G’arb davlatlarining ko’z qarashi ijobiy ekanligini aytolmaymiz. Ba’zi islandiyaliklar mart 1949-yili amalga oshirilgan betaraflik tarafdori, a’zolikga qarshi norozicihilik namoyishlarida ishtirok etdilar. Boshqa davlatlarda siyosiy munozaralar davom etdi. Lekin bu munozaralar ittifoqning bugungi kungacha davom etishiga mo’nelik qilgani yo’q.
NATO asos topgach Atlantikchilik deb nomlangan va Shimoliy Amerika bilan Yevropa ortasidagi hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalgan uslub g’oyasi ortaga chiqdi. G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika ayniqsa Amerika Qo’shma Shtatlari va Kanada davlatlari ortasida politika, iqtisodiyot va ximoya qilish mavzularida hamkorlikning ahamiyatiga uslub g’oyasi olaroq qabul qilinadigan Atlantikchilik bugungi kunda ham o’z kuchini muhofaza qilmoqda. Maqsadlri ortasida ishtirokchi davlatlarning xavfsizligi va farovonligini ta’minlamoq va bu davlatlarni birlashtirgan qadriyatlarni muhofaza qilishdir.
A’zolar a’zolardan qay biriga qurolli hujum uyushtirilsa uni butun a’zolarga qarshi uyushtirilgan hujum deb qabul qilish haqida qaror qabul qildilar. A’zolardan biriga qurolli hujum uyushtirilgudek bolsa unda har bir a’zo hujumga uchragan a’zoga yordam beradi va kerak bo’lgan chog’da Shimoliy Atlantika mintaqasining xavfsizligini ta’minlash va davom ettirish uchun qurolli kuchdan yordam ola olar edi. Shartnoma, a’zolarning bir hujumchiga qarshi harbiy harakat orqali javob berishini talab qilmas edi. Javob berishga majbur bo’lsalar ham a’zolar buni qanday amalga oshirajaklarini o’zlari belgilay olar edi.
Bu holat Bryussel shartnomasining javobning harbiy bolishini ochiq-oydin belgilagan 5-moddasiga ters edi. Shunga qaramay NATO a’zolarining qandaydir bir hujumga uchragan a’zoga harbiy jihatdan yordam berishi taxmin qilinmoqda. NATO shartnomasiga muvofiq a’zo mamlakatlar orasida xabarlashuv, muvofiq harakat qilish va har qanday vositalarning standartlashishi ta’minlandi. Bugungi kunda NATO a’zosi bo’lgan bir davlatda olib borilgan tatbiqot chog’ida ishlatilgan o’qlardan boshlab, ishlatilgan qurollarga qadar uyg’unlik bor. NATO ga a’zosi bo’lgan bir davlat boshqa harbiy a’zo tuproqlarda ayni qurol va ayni o’q-dori bilan o’z vazifasini bajo keltira oladi.
1950-yilning iyun oyida Koreya urushining boshlanishi bilan harakatga o’tgan kommunist davlatlar NATOni mushtarak harbiy rejalar o’rnatishga va geografiyaviy olaroq kengaytirishga yo’nlantirdi. Koreya urushida G’arb bilan ishtirok etgan Turkiya va turk harbiylari ushbu urushda ko’rsatilgan qahramonliklari bilan e’tiborlarni o’ziga qaratdi. Dunyoning to’rt burchagida “Shimoliy yulduz” kodi bilan taniqli bo’lgan turk harbiylari qariyb 5000 kishi edi. 1952-yili bog’ozlarda baza va bir necha imtiyoz talab qilgan Sovet İttifoqining bosimi natijasida Turkiya G’arb tomon bo’lib Gretsiya bilan birga NATOga a’zo bo’ldi. Bu ishtiroklar bilan kuchga kirgan ittifoq Sovet itifoqining issiq dengizlarga tushish maqsadini ham puchga chiqardi. Sovuq urush avj oldi. Kommunist imperializmi to’xtatilgan bo’lib, targ’ibot va o’zini kosmos musobaqasida deb ko’rsatgan texnologiya musobaqasi boshlagan edi. Kuba inqirozi va yonidagi Turkiyaga joylashtirilgan atom qurollar bilan bog’ishayotgan inqiroz suhbat yo’li bilan olovli jangga aylanmay turib, oldi olindi. Odam bolasini yo’q qilib yuborishi mumkin bo’lgan ushbu urush tahlikasi yengib o’tilgan edi.
G’arb va Sharq ortasidagi yorish bundan buyon kosmosni bosib olish bilan davom etar edi. Avval Sovet İttifoqi ortidan Amerikaliklar kosmosga chiqdi. 1980-yillarda AQSh Prezidenti Ronald Reaganning rahbarligida Yulduzlar Jangi loyihasi Sovet İttifoqini iqtisodiy jihatdan vayron qildi. Ayni vaqtda Afg’onistonning muvaffaqiyatsiz ishg’ol harakati Sovet İttifoqining tarqab ketishiga olib keldi. 1989-yili Berlinni ikkiga ajratgan Berlin devori qulagach ortidan Sovet İttifoqi tarqadi. Sovuq urushning yakunlanishi NATOning bor bolish sababini yo’q qilgan edi. Tashkilot qisqa muddat ichida yangi raqibini xalqaro terrorizm olaroq o’zgartdi. NATOning Bosniya va Gertsegovina urushi bilan boshlagan harbiy mudohalalar Afg’onistonda davom etdi. Suriyadagi ichki urush natijasida Turkiyaga joylashtirilgan patriot mudofaa sistemalari a’zo davlatlarga qaratiladigan tahditlarga qarorlilik bilan javob berilishini ko’rsatmoqda. Sovey blogidan ajralgan Polsha, Chex Respublikasi, Mojoriston, Ruminiya kabi davlatlarning ham ishtiroki bilan NATO sharqga qarab yo’l olishni davom ettirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |