Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


YOlg„on gapirib tirik qolgandan ko„ra, rost gapirib o„lgan



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

YOlg„on gapirib tirik qolgandan ko„ra, rost gapirib o„lgan 
yaxshi
‖, ―
O„z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g„olib chiqa olmaydi

8
 
kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. 
―Avesto‖da insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, 
agar odam olgan qarzini o‗z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‗g‗irlikka kirgan 
odam bilan barobardir. Shuningdek, unda qarindoshlarning o‗zaro oila qurishi taqiqlangan, 
avlodlarning sog‗lom, benuqson tug‗ilishiga e‘tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga 
qobiliyati bo‗lib, so‗qqa bosh bo‗lib yursa, uning peshonasiga tamg‗a bosish yoki beliga zanjir 
bog‗lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‗p 
e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho 
muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, ―Avesto‖ 
da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‗liq masalalarni tartibga 
soluvchi qoidalar o‗z ifodasini topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‗lgan 
kishilar tan jazosini olgan. ―
Venidat
‖ (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni 
tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni 
8
Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиѐти. 1997 №4 –Б.19-20 


69 
ikki marta sug‗orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi 
ariqqa sig‗adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar Shug‗ullanishi, suvni 
ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy 
mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
9
.
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o‗zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va 
Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o‗rin tutgan. Manbalarda 
Aleksandr qo‗shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko‗pgina 
qismini yondirib yuborgani haqida ma‘lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar 
Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o‗qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini 
tuShunmagan va uni yoqish to‗g‗risida ko‗rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida 
unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli 
bo‗lsa-da, xaspo‗shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o‗z zamonida 
fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga ko‗targan, buyuk donishmand sifatida etti 
iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta‘lim olgan edi. Binobarin, SHoh 
Filippning o‗g‗li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tuShunmaydigan bir kimsa deb ta‘riflash 
tarix haqiqatiga to‗g‗ri kelmaydi. 
Chunki, Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida ―Shuni bilgilki, o‗zing buzuq va fosih 
ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‗zing adashgan, gumroh ekansan, ularga 
yo‗lboshchilik qilolmaysan. Axir o‗zi ko‗r odam qanday qilib o‗zgalarga rahnamo bo‗lsin? O‗zi 
qashshoq o‗zgani boy qila oladimi? Kimki o‗zi xoru zalil bo‗lsa, o‗zgani qanday qilib mashhuru 
aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hech kimsa o‗zini isloh etmaguncha o‗zgalarni ham 
isloh eta olmaydi. Agar o‗zi buzuq fosid bo‗lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‗l 
ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‗zingdan boshla. O‗zgalar aybini yo‗qotishni 
hohlasang, avvalo o‗zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‗ylagan fikring senga hech 
qachon firib bermasligi lozim. Agar so‗zlaring go‗zalu qilmishlaring esa xunuk bo‗lsa, ishlari 
gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va‘zxon bo‗lasan qolasan ‖
10
deb uqtiradi. 
To‗g‗ri, u «Avesto»ni o‗tda kuydirgan bo‗lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini 
tuShunmagani uchunmas, balki erli xalqlarni birlashishga da‘vat etib turuvchi, ular e‘tiqod qo‗ygan 
milliy g‗oyalar timsoli bo‗lgan va o‗z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi 
vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, Shu ishni amalga oshirgan. 
Qolaversa, o‗zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas‘ul deb 
bilgan, to‗g‗rirog‗i, o‗sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt 
etilgan xalqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo‗lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida 
ta‘kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o‗zlikni anglash, 
binobarin, kuch-qudrat manbai bo‗lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tuShungan. Aleksandrdan 
keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini 
bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo‗q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi 
nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. 
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo‗rlik 
bilan bosib olish, boyliklarini talash bo‗lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‗z tarixi va 
an‘analaridan uzib qo‗yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma‘naviyatini yo‗qotishdan 
iborat bo‗ladi. Tarixning bu achchiq sabog‗i mustamlakadan ozod bo‗lgan, o‗z mustaqilligini saqlab 
qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Iskandarga qarshi kurashda xalqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat 
ko‗rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko‗rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. 
Aslida, uning qahramonligi millatimizning o‗sha davrdagi o‗z davlatchiligini, o‗zi yashaydigan hudud 
dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi 
ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg‗usi kuchli bo‗lmasa, Spetamenning 
9
Қаранг Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. -Т.: Ўзбекистон, 1997. –Б.25-26. 
10
Қаранг Алиқулов Ҳ. Караматов Ҳ. Арастунинг Искандарга насиҳати. Форс тилидан таржимаси // Ўзбек педагогика онтологияси.-Т.: 
Ўқитувчи, 1995.-Б 39-46..


70 
nomi bu qadar mashhur bo‗lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo‗lmasin, 
agar xalq bilan birga bo‗lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g‗oyalarini bayroq qilib 
ko‗tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo‗lolmaydi. Spetamen esa o‗sha xalqimizning ruhi, orzu-
umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish