Qadriyat kategoriyasining mazmuni.
Qadriyatlar umumiy nazariyasi muammolariga va
uning eng muhim kategoriyalariga batafsilroq to‗xtalamiz. Avvalo mazkur nazariyaning asosiy
tushunchasi - qadriyat kategoriyasining mazmuniga oydinlik kiritamiz. Bu so‗zning etimologik
ma‘nosi ancha sodda bo‗lib, atamaning o‗ziga mos keladi: qadriyat – odamlar qadrlaydigan narsa.
Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-
harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat bo‗lishi mumkin. Ammo «qadriyat»
tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur qilganidek sodda emas
.
Qadriyat, xuddi
haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o‗rtasidagi munosabatdir. Inson o‗zining individual
tajribasiga asoslanib, o‗zi uchun muhim bo‗lgan ob‘ekt bilan o‗z ehtiyojlari va manfaatlari o‗rtasida
aloqa mavjudligini anglab etadi.
Inson uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‗lgan narsa yoki hodisa qadriyat hisoblanadi.
Muhimlik narsaning o‗zidagi xossalari bilan emas, balki ularning inson hayotidagi ahamiyati bilan
belgilanadi. Kant tafakkur qadriyatlarning manbalarini va ularni maqbul narsaga aylantiruvchi
qadriyatlar o‗lchovini anglab etishga qodir ekanligini qayd etadi. Tabiat va madaniyat predmetlari
sanalgan manbalar bo‗lmasa, qadriyatlar ham bo‗lmaydi. Qadriyatlar o‗lchovi esa, ayrim
220
mezonlarning mavjudligini nazarda tutadi. Muayyan predmetning mazkur mezonlarga muvofiqligi
uni shaxs yoki jamoa uchun qadriyatga aylantiradi. Maqbullik sub‘ektiv darajada baholash, ya‘ni
turli hodisalarning inson uchun ahamiyatini aniqlash tarzida amal qiladi. Mazkur hodisalarning
inson uchun ahamiyati uning ijtimoiy pozitsiyasi, dunyoqarashi, madaniyat, aql-zakovat va
ma‘naviyat darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli qadriyatning borlig‗i intellektual darajadagina
emas, balki emotsional darajada ham anglab etiladi. O‗z-o‗zidan ravshanki, sub‘ektiv maqbul narsa
yoki hodisa bilan qadriyat o‗rtasida to‗qnaShuv Yuz berishi mumkin. Masalan, inson uchun muhim
madaniy hodisa – o‗yinni ko‗pchilik faqat bolalikdagina kechishi mumkin bo‗lgan behuda va
befoyda faoliyat deb hisoblaydi. SHiller, aksincha, o‗yinning inson uchun ahamiyatini qayd etib,:
«Inson so‗zning to‗liq ma‘nosida inson bo‗lgan holdagina o‗ynaydi va u faqat o‗ynayotgan
paytdagina to‗laqonli inson bo‗ladi»
78
deb yozadi.
Ammo baholargina emas, balki qadriyatlar dunyosi ham insoniyatga bog‗liq bo‗lib, uning
rivojlanish darajasi, faoliyat sohasining kengayishi, madaniyat va sivilizatsiyaning xususiyati bilan
belgilanadi. Tabiat aksiologik jihatdan neytral bo‗lib, u qadriyat sifatida insoniyat bilan bir
kontekstda, insoniyat mavjudligi va rivojlanishining muayyan tarixiy sharoitlaridagina
aktuallashadi. Turli sivilizatsiyalarga xos bo‗lgan me‘yorlarni taqqoslash qadriyatlar dinamikasi
haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, qadimgi Yunonistonda inson hayoti
to‗laqonli tarzda uyg‗un namoyon bo‗lishi, Misrda esa – inson hayotining o‗limga bo‗ysunishi oliy
qadriyat hisoblangan.
Qadriyatlar individual bo‗lib, ular anglanishi yoki anglanmasligi yoki noto‗g‗ri anglanishi
mumkin. Ammo qadriyatlarni sub‘ektiv darajada maqbul hodisa sifatida anglashning har qanday
varianti baholash ko‗rinishida amal qiladi. Haqiqatdan farqli o‗laroq, baholash narsalarning haqiqiy
holatiga bilimning muvofiqligiga erishishdan emas, balki narsalarni va ularning xossalarini inson
uchun zarur va muhim deb anglab etishdan iborat. Predmetning ob‘ektiv mazmuni (ahamiyati) bilan
sub‘ekt baholash jarayonida eksplikatsiya qiluvchi shaxsga doir mazmun o‗rtasida kuchli tafovut
mavjud. Shu sababli baholashda dunyoni anglab etishning shaxsiy xususiyati bilan izohlanuvchi
sub‘ektiv omil ustunlik qilishi mumkin. Bu tafovutga qaramay, haqiqat va qadriyat o‗rtasida uzviy
aloqa mavjud. Ma‘lumki, haqiqiy bilim baholash predmeti bo‗lishi, qadriyat sifatida tavsiflanishi
mumkin. O‗z navbatida, hodisalar dunyosining inson uchun ahamiyatini faqat ular haqidagi bilimlar
yordamida aniqlash mumkin. Narsaning ahamiyati haqida xulosa chiqarish u sub‘ektga zarur
bo‗lgan sifatlarga ega ekanligi haqida tasavvurga ega bo‗lish demakdir. Qadriyatlar sub‘ektning
ehtiyojlari, manfaatlari, mayllari, maqsadlari va ideallari bilan ob‘ektning amaldagi aloqasini aks
ettiradi. Shu sababli qadriyatlar haqidagi mulohazalar to‗g‗risida ularning haqiqiyligi yoki soxtaligi
nuqtai nazaridan so‗z yuritish mumkin. Shunga qaramay, qadriyatlar haqidagi mulohazalar, ular
haqiqiy bilimga yoki xurofiy aqidalarga, fanga yoki bid‘atga, hayot tajribasiga yoki uning mavjud
emasligiga asoslanganidan qat‘iy nazar, qadriyatlarni aniqlaydi, ularni qayd etadi. Haqiqat va
baholashning farqi ularni anglab etish usullarida ham, ifodalash shakllarida ham, qadriyatlarni bilish
jarayonida ishtirok etuvchi ong strukturalarida ham namoyon bo‗ladi. Haqiqat sub‘ektivlikni
cheklash yo‗li bilan anglab etiladi, bilish o‗rganilayotgan narsaga nisbatan tasodifiy va sirtqi
xususiyatga ega bo‗lgan narsalarni mavhumlashtirishni nazarda tutadi. Haqiqatda dunyo insondan
qat‘iy nazar qanday bo‗lsa, Shunday ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. (Ammo haqiqatda sub‘ektivlik
omilini butunlay istisno etish mumkin emas.) Baholash etakchi omil sifatida sub‘ektiv asosni o‗z
ichiga oladi, unda predmetning o‗z xossalari emas, balki (garchi bilim baholash omili sanalsa-da)
uning inson uchun ahamiyati namoyon bo‗ladi.
Haqiqat va baholashni aks ettirish shakllari ham bir-biridan ancha farq qiladi. Haqiqat tabiat,
jamiyat va tafakkur qonunlarini ochib beruvchi oqilona, mantiqiy jihatdan ziddiyatsiz bilim
ko‗rinishiga ega bo‗ladi. Baholash emotsiyalar, mayllar, iroda sohasiga qarab mo‗ljal oladi. Garchi
baholash bilim omilini ham o‗z ichiga olsa-da, lekin bu bilim ancha mavhum obrazli shakl-
shamoyil kasb etishi, dalil-isbotsiz bo‗lishi, intuitsiyaga tayanishi mumkin.
78
Шиллер М. Статьи по эстетике. – М.: 1935. – Б. 302, 303.
221
Qadriyatlar san‘at va din, axloq va huquq, siyosiy va madaniy hayot sohasida etakchi o‗rinni
egallaydi. Ularni ilmiy tushunchalar tiliga o‗girish mumkin emas va aksariyat hollarda ular badiiy-
obrazli mifologik yoki diniy shakl-shamoyilga solinadi.
Qadriyatlar haqidagi mulohazalarning muhim xususiyati Shundan iboratki, ular baholash
yoki ichki holat orqali, avvalo qadriyatni emotsiyalar darajasida his qilish orqali harakatga da‘vat
etishdir. Ilmiy bilishning vazifasi to‗laqonli aniq bilimga mumkin qadar yaqinlashishdan iborat
bo‗lsa, qadriyatlarga munosabat bizni «mazmun podsholigi»ga, muhimliklar dunyosiga olib kiradi.
Xo‗sh,
Do'stlaringiz bilan baham: |