Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831)
falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining tadrijiy
yakuni hisoblanadi. Buyuk faylasufning barcha mashhur asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807),
«Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni Shu tizimni ishlab chiqishga
119
bag‗ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy tizimiga o‗ziga xos debochadir. Bu
asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.
Gegel falsafiy tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh fenomenologiyasi»ning
yakuni va xulosasidir. Bu sub‘ekt va ob‘ektga qadar mavjud bo‗lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda
uning o‗zi va mantiq shakllaridan tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq
tarix va tabiatdan oldin paydo bo‗lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq haqidagi ta‘limot, mohiyat haqidagi ta‘limot va tushuncha
haqidagi ta‘limotga bo‗linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‗zini to‗liq namoyon etgunga qadar
«ko‗tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‗oyaning rivojlanishi mavxum
mantiqiy kategoriyalar ko‗rinishida Yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof
mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‗lgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‗z
mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», o‗z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel
fikriga ko‗ra, mutlaq g‗oyaning vujudga kelish jarayoni ayni Shu tariqa boshlanadi. «Muayyan
borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi.
Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa
o‗lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi ta‘limotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan
sifatga va sifatdan miqdorga o‗tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida Yuz berishini
asoslashga harakat qiladi.
Hodisa sifatida tuShuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki qonuniyatlarga –
mohiyatga o‗tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‗tishi, ularning birligi,
ayniyat va kurash to‗g‗risidagi qonunni tahlil qiladi. Gegel fikriga ko‗ra, ziddiyat – bu qarama-
qarshiliklarning o‗zaro nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud bo‗lmaydi, lekin turli yo‗ldan rivojlanadi
va bu ular o‗rtasidagi munosabatlarning keskinlaShuviga sabab bo‗ladi. Ziddiyatni echish yoki
unga chek qo‗yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa
va mohiyatning, imkoniyat va voqelikning, tasodif va zaruriyatning o‗zaro nisbatida ko‗radi.
Ziddiyat haqidagi ta‘limotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur bo‗lgan, har qanday o‗zgarish
va rivojlanishning manbai sanalgan «o‗z-o‗zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi.
Gegel fikriga ko‗ra, ayniyat va tafovutning nisbatini bilish jarayonida ularning zamirida
yotgan ziddiyat namoyon bo‗ladi. Ziddiyatlar mavjudligi hodisaning rivojlanayotganidan dalolat
beradi. Mohiyat haqidagi ta‘limotda Gegel voqelikni «mohiyat va mavjudlikning birligi» sifatida
tavsiflaydi. Mohiyatning o‗zi – «mavjudlik asosi»dir. Mohiyat haqidagi ta‘limotning dastlabki
boblaridan boshlab Gegel uni bilish mumkin emas degan tasavvurni rad etadi.
Borliq va mohiyat sohasidagi rivojlanish jarayonlarini belgilovchi zaruriyat tushunchada o‗z
aksini topadi. Bunday zaruriyat erkinlikka aylanadi, «erkinlik esa – bu anglab etilgan
zaruriyat»dir. Shu tariqa «Mantiq» tushunchaga o‗tadi. Bunda Gegel falsafiy metod sifatidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |