Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Jon Lokk
(ingliz faylasufi 1632-1704) cubstansiya tushunchasini tahlil qilishga nisbatan 
gnoseologik yondashuvga asos solgan. U g‗oyalar va tushunchalarning manbai tashqi dunyo, 
moddiy narsalardir, degan tezisni isbotlashga harakat qilgan. Uning fikricha, moddiy jismlarga sof 
miqdor xususiyatlarigina xos. Materiya sifat jihatidan rang-barang emas: moddiy jismlar bir-
biridan kattaligi, shakl-shamoyili, harakati va osoyishtaligi bilangina ajralib turadigan «birlamchi 
sifatlar»dir. «Ikkilamchi sifatlar» esa - hid, ovoz, rang, ta‘m. Ular narsalar bilan uzviy bo‗lib 
tuyuladi, lekin amalda bunday emas: narsalarda bunday sifatlar yo‗q. Ular, Lokk fikriga ko‗ra, 
sub‘ektda «birlamchi sifatlar» ta‘sirida vujudga keladi.
«Birlamchi» va «ikkilamchi» sifatlarni ajratish hozirgi zamon bilimi nuqtai nazaridan sodda 
va noilmiy hisoblanadi. Ammo u sub‘ektiv idealizm namoyandalari tomonidan o‗zlashtirilgan va 
o‗zining tadrijiy yakuniga etkazilgan: «birlamchi sifatlar», «ikkilamchi sifatlar» bilan bir qatorda, 
sub‘ektga bog‗liq bo‗lmagan, ob‘ektiv mazmunga ega emas, deb e‘lon qilingan.
Bilish nazariyasida J.Lokk inson ongining mazmunini hissiy tajribadan keltirib chiqarishga 
harakat qilgan. Lokk sensualizmining noizchilligidan Berkli foydalangan va tashqi tajriba omilidan 
butunlay voz kechgan 
Jorj Berkli
 (ingliz faylasufi, episkop har 1685-1753) materializm, ateizm va deizmga ochiq-
oydin qarshi chiqqan, har qanday sifatning ob‘ektiv asosini rad etgan va amalda ularni inson 
sezgilariga tenglashtirgan. Berkli fikriga ko‗ra, amalda avvalo «jonlar», ularni yaratgan Xudo
Shuningdek Xudo odamlar joniga joylagan «g‗oyalar» yoki sezgilar mavjud. Berkli tashqi 
dunyodagi ob‘ektivlikni sub‘ektivlik bilan bog‗laydi: u barcha narsalarni sezgilarning «uyg‗unligi» 
da ko‗radi. Berkli uchun idrok etish mumkin bo‗lgan narsalargina mavjud, barcha narsalar 
Xudoning aqlida zohirdir.
Devid YUm
(ingliz faylasufi 1711-1776) ham, J.Berkli kabi, substansiyaning materialistik 
talqiniga qarshi chiqib, ontologiya muammolarini echishga harakat qilgan. U moddiy va ma‘naviy 
substansiyaning amalda mavjudligini inkor etgan, lekin substansiya «g‗oyasi» mavjud, deb 
hisoblagan. Substansiya «g‗oyasi» deganda u ilmiy bilimga emas, balki oddiy bilimga xos bo‗lgan 
inson «idroklari majmui»ni tuShungan.
Xullas, Yangi davr falsafasi bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning rivojlanishida ulkan qadam 
tashladi. Falsafa ilmiy metodi, insonning tashqi dunyoni bilish metodologiyasi, tashqi va ichki 
tajriba aloqalari bosh muammolarga aylandi. Olinayotgan barcha bilimlar tizimining o‗zagi 
hisoblangan haqqoniy bilimni olish vazifasi qo‗yildi. Bu vazifani hal qilishning turli yo‗llarini 
tanlash gnoseologiyaning ikki asosiy yo‗nalishi – empirizm va ratsionalizm paydo bo‗lishini 
belgiladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish