Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Baholash predmeti.
Baholashning ob‘ektiv mazmuni uning predmeti bilan belgilanadi. Shu 
sababli baholash bilish bilan bevosita bog‗liq, zero predmetning ahamiyati haqida xulosa 
chiqarishdan oldin uning ob‘ektiv xossalari haqida bilimga ega bo‗lish lozim. Haqiqiy, ishonchli 
bilimning o‗zi baholash uchun asos bo‗lishi mumkin.
Haqiqatning amaliy jihatdan foydaliligi uni ijobiy tavsiflash imkonini beradi. Ammo 
haqiqatga berilgan salbiy baholar ham yaxshi ma‘lum: behuda, shafqatsiz, befoyda va sh.k. Bu 
tasodifiy bir hol emas: ilmiy bilish o‗z oqibatlarini mavhumlashtiradi va aksariyat olimlar fan va 
axloqning aloqasini rad etadi. Ayrim universal aloqani xolisona tavsiflashga qarab mo‗ljal oluvchi 
ilmiy bilimdan farqli o‗laroq, baholash bu aloqaning mazmunini tushunish, uning ahamiyatini 
tafakkur va emotsiyalar darajasida anglab etish va boshdan kechirishdir. Baholashga doir 
mulohazalarning o‗ziga xos xususiyati Shundaki, bilim borliq hodisalarini erkin baholashga 
monelik qilmaydi. Bilishga doir mulohazalar intersub‘ektiv hamda nuqtai nazarlarga bog‗liq 
bo‗lmasa, baholashga doir mulohazalar sub‘ektiv bo‗lib, har xil asoslarga ega. Biz estetik, siyosiy, 


224 
axloqiy, dunyoqarashga doir, mafkuraviy qadriyatlarda erkin baholashlarga ayniqsa ko‗p duch 
kelamiz. Ma‘lumki, natijalar, metodlar va vositalarni baholash – bilish jarayonining ajralmas 
tarkibiy qismi. Bu xususiyat gipotezalar, konsepsiyalar, kashfiyotlarning amaldagi qimmati va 
ularga ilmiy hamjamiyat, zamondoshlar bergan baholarning nomuvofiqligini tuShuntiradi. 
YAnglish tasavvurlar, gipotezalarning ilmiy ahamiyatini baholash ham muhim muammodir. 
Bilimning haqiqiyligi uning ob‘ektiv borliqqa bo‗lgan munosabati bilan belgilansa, uning bilim 
sifatidagi qimmati fanning rivojlanish jarayonida aniqlanadi va uning bilish jarayoniga ta‘sirining 
ahamiyati bilan belgilanadi. Masalan, o‗tmishning ko‗pgina soxta konsepsiyalari (astrologiya, 
alximiya va sh.k.) hozirgi zamon fanining shakllanishiga ancha kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. Bu soxta 
tasavvurlarning evristik imkoniyatlari ularning bilim sifatidagi mazmunidan boyroq bo‗lib chiqqan.
Shuni qayd etish lozimki, baholashga doir mulohazalar ham haqiqiylik yoki soxtalik, adolat 
yoki adolatszlik kategoriyalarida baholash predmeti bo‗lishi mumkin. Baholashga doir 
mulohazalarning «haqiqiylik – soxtalik» tushunchalarida tavsiflanuvchi turkumlari mavjud. «Adolat 
– adolatsizlik» kategoriyalarida tavsiflanuvchi baholashga doir mulohazalar katta bir turkumni 
tashkil etadi. Bular siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik munosabatlar, xatti-harakatlar, qilmishlar 
sohasiga taalluqli bo‗lgan baholashlardir.
Masalan, sud qarori, tergov xulosasi va Shu kabilarda ifodalangan mulohazalarning 
xususiyati qanday? Ular «haqiqiylik – soxtalik» yoki «adolat – adolatsizlik» kategoriyalarida 
baholanadimi? Bu mulohazalar baholashga doirmi yoki bilish sohasiga taalluqli va haqiqiylik 
mezonini qanoatlantirishi lozimmi? Sud u yoki bu qilmishni inqilobiy maqsadga muvofiqlik nuqtai 
nazaridan tavsiflasa, bu erda, odatda, haqiqat emas, balki baholash mavjud bo‗ladi. Ba‘zan haqiqat 
va baholash o‗rtasidagi ziddiyat o‗zining cho‗qqisiga etadi. Garchi huquq o‗z tabiatiga ko‗ra 
me‘yoriy va, binobarin, qadriyat sifatida mazmunga ega bo‗lsa-da, har qanday qilmishni huquqiy 
tavsiflash haqiqiylik mezonini qanoatlantirishi lozim. Huquqiy tavsiflashdan baholash elementini 
butunlay ajratish mumkin bo‗lmasa-da, u mazkur tavsiflashda ikkinchi darajali o‗rin egallaydi, 
haqiqatning hosilasi hisoblanadi. Ayni holda haqiqat baholashning birdan-bir asosi bo‗lishi lozim.
Baholashga doir tavsifiy mulohazalar ham mavjud. Ular haqiqat sifatida ahamiyatga ega 
bo‗lgan tavsiflashni ham, qadriyat sifatida mazmun kasb etuvchi baholashni ham o‗z ichiga oladi. 
Sudning ko‗pgina qarorlarini baholashga doir tavsifiy mulohazalar sifatida tavsiflash mumkin. 
Shunday qilib, baholash bilish omilini, bilimning haqiqiyligi talabini o‗z ichiga oladi, lekin birgina 
unga bog‗liq emas. O‗z navbatida, bilim baholashning asosi ham, predmeti ham bo‗lishi mumkin.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish