Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Siyosat.
Jamiyatni boshqarishni amalga oshiruvchi davlat faoliyati va ijtimoiy-siyosiy 
tashkilotlar va muassasalarning o‗z ijtimoiy muhim manfaatlarini ro‗yobga chiqarish uchun xalq 
hokimiyati institutlaridan foydalanish borasidagi faoliyati siyosat sohasini tashkil qiladi.
Davlat 
siyosatining asosiy vazifasi – jamiyatning yaxlitligini ta‘minlash, aholini jipslashtirish, qarama-
qarshi manfaatlarni ilgari suruvchi ijtimoiy birliklar va guruhlarning munosabatlarini 
oqilonalashtirish, mazkur vazifalarni hal qilish uchun huquqdan foydalanishdir. Davlat jamiyatning 
xo‗jalik, iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy jabhalarini mazkur jamiyat normal faoliyat ko‗rsatishi va 
rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan darajada tartibga soladi.
Partiyalar va harakatlar siyosatining asosiy vazifasi – xalq hokimiyati institutlariga izchil 
ta‘sir ko‗rsatishdir. O‗z siyosati bilan ular hokimiyat tuzilmasini yaratishda ishtirok etadilar, ularni 
qo‗llab-quvvatlaydilar yoki vayron qiladilar. Jamiyat rivojlanishining inqirozli davrlarida 
siyosatning asosiy vazifasi – hokimiyat uchun kurashish va uni turli ijtimoiy guruhlar o‗rtasida 
taqsimlashdan iborat. Shunday qilib, siyosat boshqaruvchilar va boshqariluvchilar o‗rtasidagi o‗zaro 
aloqa shakli sifatida amal qiladi. Davlat va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyati huquq bilan, 
Shuningdek jamiyatda hukm suruvchi odatlar va an‘analar bilan tartibga solinadi.
Siyosat – ongli yoki stixiyali harakatlar sohasi. U ijtimoiy guruhlar o‗z manfaatlarini
hokimiyat esa – o‗z siyosiy vazifasini anglab etishini nazarda tutadi. Siyosiy jarayon mazmuni va 
yo‗nalishi asosan fuqarolarning siyosiy mentaliteti bilan belgilanadi. Shu sababli siyosiy ong 
siyosiy tizimning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. U fuqarolarning hokimiyat institutlari bir-
biri bilan jamiyat va davlatni boshqarishda o‗z ishtirokiga doir aloqalari haqidagi hissiy va oqilona, 
qadriyatlarga doir va normativ, oqilona va intiutiv tasavvurlarini qamrab oladi. U fuqaro o‗zining 
muayyan guruhga mansubligini va bundan kelib chiqadigan manfaatlarni anglab etishini, 
hokimiyatga, o‗z fuqarolik maqomiga, o‗z huquqlari, erkinliklari va burchlariga nisbatan siyosiy 
nuqtai nazarini anglab etishini nazarda tutadi. 
Siyosiy ong ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini va 
ularning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari tizimidagi ahamiyatini anglash sifatida mafkurani o‗z 
ichiga oladi
. Siyosiy mafkura nazariy, dasturiy-siyosiy va empirik darajalardan tarkib topadi. 
Xususan, empirik daraja jamiyatning ayrim guruhlari siyosiy dasturlarni qay darajada 
o‗zlashtirganini tavsiflaydi. 
Siyosiy psixologiya siyosiy ong elementi sifatida ommaning siyosiy 
xulq-atvorini, ularning kayfiyati, mo‗ljallari va odatlarini tavsiflaydi.
Ijtimoiy guruhlarning siyosiy 
psixologiyasi ommaning siyosiy xulq-atvorida onglilik va stixiyalilikning, oqilona va nooqilona 
harakatlarning o‗zaro nisbati bilan ajralib turadi.
Siyosiy ong ommaning siyosiy xulq-atvoriga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. U stixiyali tarzda 
shakllanishi ham, izchil shakllanishi ham mumkin. Shu sababli davlat o‗z vazifalariga mos 
keladigan siyosiy ong shakllanishidan manfaatdor. Siyosiy ongning shakllanishida ommaviy 
axborot vositalari ayniqsa muhim rol o‗ynaydi. Ular «to‗rtinchi hokimiyat» deb nomlanishi bejiz 
emas.
Kommunikatsiya – siyosiy tizimning zaruriy elementi. U, birinchidan, siyosiy tizim 
institutlari o‗rtasidagi aloqa vositalarini, ikkinchidan, hukumatga axborot uzatish yo‗llarini, 


210 
uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini o‗z ichiga oladi. Mazkur axborot tizimlari o‗rtasida 
uzviy aloqa mavjud. Ommaviy axborot vositalari nafaqat aholiga axborot beradi, balki hokimiyat 
vakillari, partiyalar va harakatlarning u yoki bu siyosiy bayonotlarini sharhlaydi, ularga baho 
beradi, informatsion materiallarni tegishli tarzda saralaydi, fuqarolarning kayfiyati va siyosiy 
mo‗ljallarini shakllantiradi. Umuman olganda siyosiy tizim ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarga 
juda kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. U o‗z vazifalarini bajarish uchun nafaqat o‗zining huquq va davlat 
majburlovi institutlaridan foydalanadi, balki jamiyatda vujudga kelgan qadriyatlar va me‘yorlar 
tizimiga tayanadigan va o‗z fuqarolarining siyosiy va huquqiy ongini shakllantiradigan ishontirish 
vositalarini ham ishga soladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish