Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

 Arab bosqini va islom dini. 
Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk 
qog‗onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo‗lib, ular o‗rtasida tinimsiz 
to‗qnaShuvlar ro‗y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‗onoti bilan sosoniylar Eroni o‗rtasidagi 
to‗qnaShuvlar o‗ta shiddatli tusda Yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu 
hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, 
ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‗qligi, o‗zaro qirg‗in-barotlarning avj olishi 
sabab bo‗ldi. 
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‗zi arabcha 
tangriga o‗zini topshirish, itoat, bo‗ysunish, tinchlik kabi ma‘nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‗i 
ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo‗yilgan, yagona 
markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. 
Qur‘on va hadislarda islomiy ta‘limotning asosi bayon qilingan. Qur‘on — muqaddas kitob. 
Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e‘tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me‘yorlar o‗z ifodasini 
topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. 
«Sunna» esa hadislar majmui bo‗lib, Qur‘ondan keyin turadi va uni to‗ldiradi. Unda 
Muhammad payg‗ambarning so‗zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. 
Qur‘on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‗g‗ri yo‗l, ilohiy yo‗l 
demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me‘yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy 
yo‗nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta‘limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy 
me‘yorlarga oid masalalarda o‗zaro farqlanib turadi. 
Xorijiylar yo‗nalishi o‗rta asrlar davrida ko‗pgina oqimlarga bo‗linib, keyinchalik yo‗qolib 
ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan. 
Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat 
hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an‘analarda bir-biridan farq qiladi. 
Islomdagi oqimlar aqidaviy ta‘limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib 
turadigan diniy guruhlardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va 
boshqalar ajralib chiqqan. 
Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. 
Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‗yicha yuzaga kelgan o‗zaro kelishmovchiliklar natijasidir. 
Islomda hanafiylik, ash‘ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji‘iylar, mu‘taziliylar kabi 
mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga 
qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan foydalanib, islomning 
diniy-aqidaviy ta‘limotini asoslab berishga uringan. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish