315
ham to‗liqsiz induksiyaning bu turini ilmiy induksiya deb atashadi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlashga ancha murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd etib
o‗tilgan hodisalar o‗rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan birgalikda mavjud.
Uni ilmiy bilishda «toza» holda ajratishga hamma vaqt ham osonlikcha erishib bo‗lmaydi.
Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiatini, xususiyatlarini yaxshi bilish kerak.
Sababiyat (kauzallik) ikki hodisa o‗rtasidagi zaruriy aloqa bo‗lib, muayyan sharoitda ulardan
biri (sabab hodisa) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Uning muhim xususiyatlari
quyidagilar: 1) aloqaning umumiyligi; 2)
vaqtdagi izchilligi, birin – ketinligi; 3) aloqaning
zaruriy harakteri; 4) sabab va oqibatning bir ma‘noli bog‗lanishda bo‗lishi.
1.
Sababiy aloqalarning umumiyligi
deganda, olamda hech bir hodisaning sababsiz mavjud
bo‗la olmasligi tuShuniladi. U har qanday hodisaning o‗z holicha, boshqa hodisalardan mustaqil
holda vujudga kela olmasligini, boshqa hodisalar bilan hodisalar ta‘sirida paydo bo‗lishi,
o‗zgarishi, yo‗q bo‗lish hamda, o‗z navbatida, boshqa hodisalarga ta‘sir o‗tkazishini bildiradi.
Borliqdagi har bir hodisa o‗z sababiga ega bo‗lib, uni ertami yoki kechmi bilib olish mumkin.
Turli xil aloqalar, mavjud holatlar orasida noma‘lum bo‗lib qolayotgan sabab hodisani topish
uchun
boshqa omillar, xususan, sababiy aloqada bo‗lgan hodisalarning vaqtdagi ketma-ketligi,
izchilligi xisobga olinishi zarur.
2.
Sababiy aloqadorlikda bo‗lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi
deganda, sabab
hodisaning oqibat (natija) hodisadan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. Sabab hodisa bilan
oqibat hodisaning ro‗y berishi orasida turli muddat o‗tishii mumkin. Ba‘zan oqibat (natija) sabab
hodisadan bir zumdan keyin paydo bo‗lishi mumkin. Masalan, o‗qning otilishi bilan u tekkan
ob‘ektning zararlanishi o‗rtasida o‗tadigan vaqt juda qisqa, organizmga tushgan mikrob bilan u
qo‗zg‗aydigan kasallikning vujudga kelishi o‗rtasida o‗tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha daqiqa,
soat, kun) bo‗ladi. Sababiy aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan,
kishilarning huquqiy ongi
bilan uni shakllantirishga yo‗naltirilgan hatti-harakat), geologiyada (masalan, ma‘lum bir
jarayonlar ta‘sirida tog‗larning paydo bo‗lishi) va boshqa Shu kabi sohalarda ancha ko‗p vaqt
davomida amalga oshadi.
Sabab hodisa oqibat hodisadan avval keladigan bo‗lgani uchun, u bilishda doimo oqibatdan
oldin keladigan hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir vaqtda yoki undan keyin
keladigan hodisalar istisno (eliminatsiya) qilinadi, ya‘ni chiqarib tashlanadi.
Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin ketinligi hodisalar o‗rtasidagi sababiy
aloqadorlikni aniqlashning zaruriy sharti, lekin o‗z holicha ko‗zlangan maqsadga erishish uchun
yetarli emas. Oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikdan
bo‗lavermaydi. Bu holat xisobga olinmasa «undan keyin, demak, Shu sababga ko‗ra» deb
ataladigan xato (lotincha post noc, ergo propter noc) ro‗y beradi. Masalan,
chaqmoq chaqish
hodisasi momaqaldiroqning sababi deb tuShunganlar, vaholanki haqiqatda bunday emas.
Momoqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab tovush tezligining yorug‗lik tezligidan
kamroq bo‗lishidir. Aslida esa ular bir vaqtda vujudga keladi. Xuddi Shu singari, jinoyat sodir
bo‗lishidan avval u sodir etilgan joyda bo‗lgan kishilarning hammasi ham jinoyatchi
bo‗lavermaydi.
3.
Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi
oqibatning faqat uni vujudga keltiradigan sababning
mavjud bo‗lganidagina paydo bo‗lishini anglatadi. Sabab hodisaning yo‗qligi oqibat hodisaning
ham Yuzaga chiqmasligini bildiradi. Ana Shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlashda
oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat hodisani keltirib
chiqarmaydiganlari olib
tashlanadi, ya‘ni eliminatsiya qilinadi.
4.
Sababiyatning bir ma‘noli aloqadarlik
ekanligi muayyan sababning o‗ziga muvofiq
keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqarishini ifoda etadi. Buni sabab va oqibat o‗rtasidagi
aloqadorlikdagi simmetriyaning mavjudligi, ya‘ni sabab hodisaning o‗zgarishining oqibat
316
hodisaning o‗zgarishiga olib kelishini tasdiqlaydi. Sababiyatning bu xususiyati uni aniqlash
jarayonida faqat o‗zaro birgalikda o‗zgaruvchi
hodisalarni olib qolib, qolganlarini chiqarib
yuborishga undaydi.
Ana Shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqotlar natijalarini
samarali tahlil qilishga imkon beruvchi prinsiplarni qo‗llash taqozo etadi. Ular sababiy
aloqadorlikda bo‗lgan hodisalarni ularning borliqdagi tabiiy mavjud bo‗lish sharoitidan «ajratib
olib», maxsus bilish sharoitlarida o‗rganishga imkon beradi. Xususan:
1. Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab strukturaga ega, u b, c, d, va hokozo holatlardan
tashkil topgan deb xisoblanadi.
2. Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalar bilan o‗zaro ta‘sirda
bo‗lmaydi deb qaraladi.
3. Qayd etilgan holatlar mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan holatlarning tugal to‗plami deb
olinadi.
Bu prinsiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadorlikni aniqlashning boshqa bir qancha
metodlari ham mavjud. Ular mantiqda ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: