Atrof-muhitning ifloslanishi. Pestitsidlar og’ir metallar chiqindi va gazlar va dorivor moddalarning organizmga ta’siri
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga tog`ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda.
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda.
Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |