Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Sharq falsafasida inson.
Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan 
sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‗lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy 
bog‗liq deb qaraladi. 
«Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‗rtasida, oila, jamiyat, davlatda 
rioya qilish inson hayotining muhim ma‘nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan 
me‘yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va Shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat 
yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‗z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan 
o‗lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun 
o‗zini kamol toptirishi lozim. Shu ma‘noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 
551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‗lib, u Shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning 
asoslari va tamoyillarini o‗rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) 
barkamollikning eng so‗nggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis bo‗lsa, qalb rostgo‗y va samimiy 
bo‗ladi. qalb rostgo‗y va samimiy bo‗lsa, inson to‗g‗ri yo‗lga kiradi, kamol topadi. Inson to‗g‗ri 
yo‗lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‗rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish 
osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»
1
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‗ringa qo‗yish, ya‘ni 
antropotsentrizm xosdir
.Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard 
maqsadi deb e‘lon qilinadi. Nirvana jonning Shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar 
yo‗qoladi va ichki uyg‗unlik Yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik 
tuyg‗usi paydo bo‗ladi.
1
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139.


242 
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta‘limoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson 
o‗zining ma‘naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun 
uzoq va og‗ir yo‗l – jonning erkinlaShuvi yo‗lini bosib o‗tishi lozim. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi
. Jumladan al-
Forobiy fikricha ―Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va 
unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat 
qobiliyatdir bu quvvat o‗ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya‘ni joriy 
qilishga qobil emas‖
86
. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta‘sir etishi kerak, bu esa 
faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‗lib, o‗z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar 
mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan Shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta‘sir 
etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta‘biri bilan ―moddiy aqldan amaliy aqlning 
yuqoriroq pillapoyasiga ko‗tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‗zni 
solishtirlandek bo‗ladi‖
87
. Agar quyosh bo‗lmasa, inson narsalarni ko‗ra olmaydi. Faol aql quyoshi 
inson ruhi da paydo bo‗lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya‘ni 
aqlli mavjudod. YUsuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har 
qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday 
ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan 
o‗tgandan so‗ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson 
iloji boricha o‗zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb ta‘kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‗lgan 
Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan 
G‗arb falsafasidagidan o‗zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri 
S.Vivekananda Shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‗ziga bo‗ysundirish uchun tug‗iladi va bu 
o‗rinlidir, ammo G‗arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tuShunadi. Bu tashqi tabiat 
o‗zining barcha tog‗lari, okeanlari, daryolari, o‗zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-barangligi 
bilan juda ulug‗vor, lekin undan ham ulug‗vorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U 
quyosh, yulduzlar, er va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning 
tor chegarasiga sig‗maydigan dunyodir. G‗arb odami tashqi dunyoda «o‗ziniki» bo‗lganidek, bu 
ichki dunyoda Sharq odami ham xuddi Shunday «o‗ziniki»dir. Shu bois... G‗arb ma‘naviy dunyo 
nima ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning siri va 
mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi bo‗lsa, u Sharq oyoqlari ostiga cho‗kib quloq solishi 
kerak. Hamonki dunyo hozir ma‘lum ma‘naviy uyg‗onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan 
oladi»
88
.
.. 
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‗z holiga 
qo‗yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo ne‘matini qo‗lga kiritish kamdan –kam 
kishiga muyassar bo‗ladi. Xayr va shayorr oralig‗ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim 
bo‗lganida, unda sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko‗proq. Adolatsizlik va 
boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda kishilarning bir-birlariga 
jabr qilmasliklari uchun ma‘xrifatga erishmoq zarur
Keltirilgan so‗zlar nafaqat teran ma‘noga ega, balki hozirgi dunyoning globallashuvi va 
yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish