Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

dunyoqarashda
bilish, qadriyatlarga munosabat 
va
xulq-atvorni belgilash
funksiyalari 
mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‗otuvchi barcha savollarni, 
Shuningdek muayyan yo‗l bilan topuvchi javoblarni o‗z ichiga oladi

Bilish odamlar dunyoqarashini 
boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq 
bo‗lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‗zini oliy 
qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‗z qadrini bilmagan inson o‗zgalar qadrini 
bilmaydi va hayotda o‗z o‗rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‗z-o‗zini tarbiyalash, 
ma‘naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‗zining ma‘naviy dunyosiga munosib muhit 
tanlash malakalarini shakllantiradi.. 
Ammo dunyo juda rang-barang bo‗lib, muttasil o‗zgarish jarayonini boshdan kechiradi
qoniqarli javoblarga ega bo‗lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‗lgan savollarga 


38 
qaraganda, ko‗proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir 
odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‗ziga xoslik bilan ajralib turadi va 
hech bo‗lmasa Shu sababga ko‗ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‗xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‗liq bo‗lib, ,
ular jamuljam 
holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi
.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‗unlikda e‘tiqodlar – odamlar faol 
qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‗ljallariga mos keladigan qarashlarni Yuzaga 
keltiradi.
Dunyoqarashga sub‘ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe‘l-atvori xususiyatlari, odatlari 
va e‘tiqodlari, Shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob‘ektiv va sub‘ektiv tomonlarni ajratish ham 
o‗rinli bo‗ladi. 
Dunyoqarashning shakllanishi natijasi o‗laroq sub‘ektning e‘tiqodlari, qilmishlari va 
harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o‗z o‗zligini namoyon etadi. 
Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va qilmishlari uchun fon sifatida amal 
qiladi. Dunyoqarashning mental mezoni sifatida ongning mujassamlaShuvini aks ettiruvchi ishonch 
va e‘tiqod
 
maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy va shaxsiy ahamiyatga molik mo‗ljal tarzida 
namoyon bo‗lishi mumkin.
Dunyoqarash serqirra hodisa hisoblanadi. Ko‗p qavatli uyda bo‗lganidek, uning turli 
qavatlaridan o‗z ratsional-irratsional elementlariga ega bo‗lgan hayotga oid, mifologik, diniy, 
badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‗rin oladi. 
Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda 
shakllanadigan dunyoqarashdir (unga misol tariqasida oddiy, kundalik dunyoqarashni 
keltiradilar).
Unda dunyoning manzarasi rolini hayot haqidagi tipik tasavvurlar to‗plami o‗ynaydi. 
Bu to‗plam ko‗pincha kundalik hayotda ayniqsa ko‗p uchraydigan vaziyatlardan, mazkur muhitga 
xos bo‗lgan ko‗nikmalar, munosabatlar va odatlardan tarkib topadi. Bunday dunyoqarashga uning 
egasiga xos bo‗lgan kasbiy mo‗ljallar ayniqsa kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Xulq-atvor reaksiyalari 
tipining shakllanishida sub‘ektning kasb-kori (amaldor, savdo xodimi, ofitser, uy bekasi, shifokor 
va h.k.) hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‗z 
muhitiga ayniqsa xos bo‗lgan andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning 
o‗zgartirish oson bo‗lmagan muayyan mezoniga aylantiradi. «Oddiy dunyoqarash» kategoriyasining 
sinonimlari sifatida «kundalik dunyoqarash», «amaliy dunyoqarash», «noilmiy dunyoqarash» 
tushunchalari amal qiladi. 
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash 
oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui 
sifatida amal qiladi.
U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik 
hayoti, faoliyatida yo‗l ko‗rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim 
regulyativ funksiyani bajaradi. 
Falsafa borliq va inson tafakkurining asosiy tamoyillarini ifodalash orqali dunyoni anglab 
etish barcha shakllarining ma‘naviy asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi zamon fundamental 
falsafasi dunyoqarashning eng oliy, nazariy darajasidir, desak, aslo mubolag‗a qilmagan bo‗lamiz. 
Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylaShuvi jarayoni mahsuli 
hisoblanadi
. Bunda individ o‗zining voqelikka bo‗lgan munosabatida jamiyatdan olinadigan 
ne‘matlarni bevosita o‗zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini 
tushunishga qadar bo‗lgan yo‗lni bosib o‗tadi.
Dunyoqarashning nazariy darajasini
voqelikning bevosita in‘ikosi sifatida tasavvur qilish 
to‗g‗ri bo‗lmaydi

Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning 
mavjudligi dunyoqarashni oddiy in‘ikos sifatida emas, balki ildam in‘ikos sifatida, hali mavjud 
bo‗lmagan hodisa – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi
.
Dunyoqarashni shakllantirish muammosining mohiyati Shu bilan belgilanadiki, nazariy 
darajaning izchil rivojlanishi serqirra mavjudot sanalgan insonda amalda mavjud bo‗lgan 
dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik 
dunyoqarash unsurlarini bekor qilmaydi.


39 
Shunday qilib, dunyoqarashning har bir darajasi inson hayot faoliyatida o‗z vazifalarini hal 
qiladi. Ularning ahamiyati va o‗ziga xosligi ham Shundadir. Tanqid faqat u yoki bu (diniy, oddiy, 
pragmatik yoki ssientistik) dunyoqarash universallikni asossiz ravishda da‘vo qilgan holda o‗rinli 
bo‗ladi.
Dunyoqarashning muhim elementi Shubha bo‗lib, u insonni dogmatizm, ya‘ni biryoqlama, 
notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-Shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi

Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‗lib, bunda Shubha mutlaqlashadi, fikrlashning 
asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish