174
Ko‗rib turganimizdek, «bilim-ko‗nikma» va «bilim-taniShuvlik» bilimning standart talqiniga
uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik tushunchalarini
tatbiq etish mumkin emas. Po‗latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‗g‗ri»
yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu erda Shuni ta‘kidlash lozimki, yuqorida zikr
etilgan bilim turlari o‗rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent haqidagi
bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‗zbekiston poytaxti ekanligi va hokazolar
haqida ma‘lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq bu bilim – avvalo shahar bilan
tanishlik, unda yaxshi mo‗ljal ola bilish demak.
Gnoseologiyada asosiy e‘tibor muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi.
Zero, faqat Shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim
sifatida aniq baholash mumkin. Bilimni asoslash usullari, uning ishonchliligi, haqiqiyligini aniqlash
mezonlarini izlash qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili bo‗lib keladi.
Biroq, hatto bilimning Shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor. O‗ttiz yilcha
muqaddam epistemologlar Shunday misollarni o‗ylab topdilarki, ularda ishonch, e‘tiqod bilimning
yuqorida zikr etilgan uchala xususiyatiga ega, biroq, Shunga qaramay, ular bilim hisoblanmaydi.
Mana, Shunga o‗xshash oddiy misollardan biri. Masalan, o‗qituvchi falsafadan yozilgan referatlarni
tekshirayotib, talabalardan biri – Valiev o‗z ishini kompyuterda terganini ko‗rdi. O‗qituvchi darsda
bu guruhda o‗qiydigan talabalarning qaysi birida uyida kompyuter borligini so‗rashga qaror qiladi.
Valiev o‗zida chindan ham yaxshi kompyuter borligini va bu kompyuterda u ishlashni
o‗rganganligini aytdi. Qolgan talablarning birortasi ham o‗zida bunday buyum borligini aytmadi.
Shunga asoslanib o‗qituvchi guruhda bir talabada kompyuter bor ekan, degan xulosaga keldi.
O‗qituvchining bunga ishonchi komil va u o‗zining bu e‘tiqodiga etarli darajada asoslangan va
ishonchli bilim sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valievda kompyuter aslida yo‗q va
u yolg‗on gapirib, yoqtiradigan bir talaba qizning e‘tiborini o‗ziga qaratmoqchi bo‗lgan. Ammo
boshqa talaba – Alievning uyida kompyuter bor, biroq u muayyan sabablarga ko‗ra buni oshkor
etmaslikni lozim topgan. Natijada o‗qituvchi o‗zi dars beradigan guruhda kamida bir talabada
kompyuter bor deb hisoblar ekan, u asoslangan va o‗z nuqtai nazaridan haqiqatga mos keladigan
ishonch, e‘tiqodga ega bo‗ladi. Biroq bu e‘tiqodni bilim deb hisoblash mumkin emas, chunki uning
haqiqiyligi zamirida faqat tasodifiy haqiqatga muvofiqlik yotadi.
Albatta, bunday misollarni bor-yo‗g‗i tafakkur o‗yini deb hisoblash mumkin. Biroq, haqqoniy
tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan hollar hatto fanda ham uchraydi.
Ammo bunday qarshi misollarga yo‗l qo‗ymaslik uchun bilimga yanada qattiqroq talablar
qo‗yish, masalan, bilim roliga da‘vogar e‘tiqodlar faqat ishonchli
Do'stlaringiz bilan baham: