172
bo‗la olmaydi. Kant bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o‗zida»ni qay
darajada to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deb
ta‘kidlaydi.
Gnoseologik relyativizm
–
borliq hodisalari va voqealarini bilish o‗zgaruvchanligi,
o‗tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‗nalishlaridan biridir
. Relyativizm
tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‗tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada
ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat Shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha
haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning
ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda,
axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. YAqindagina shak-Shubhasiz deb
e‘tirof etilgan narsa endi do‗zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi
rangli dog‗lar kabi o‗zgaradi. Bundan go‗yo bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin
bo‗lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz
go‗yo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat – nisbiy, shartli konvensial
(lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va sub‘ektivdir.
Skeptiklarga xos bo‗lgan bu yondashuv antik davrdayoq Yuzaga kelgan. Dunyoda hamma
narsa Shu qadar tez o‗zgaradiki, unda mutlaqo o‗zgarmas bo‗lgan hech narsa mavjud emas, deb
hisoblagan Kratil ta‘limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‗lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e‘tibori bilan, bilishda
o‗zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‗zgarmas,
ishonchli narsalar mavjud bo‗lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‗rtasida farq qolmaydigan, har qanday
qoida va tamoyilga ishonch yo‗qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib bo‗lmaydigan
uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning
namoyon bo‗lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‗lishi
kerak, agar haqiqat mutlaq bo‗lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq
haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan
qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan
rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e‘tirof etilgan hollar fan tarixida ko‗p ekanligiga ishora qiladilar.
Ilmiy bilishning harakat yo‗li – amalda to‗g‗ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari
Yuz berishi mumkin bo‗lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata
ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‗g‗ri qoidani «bilim
doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng
yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman»
72
.
Do'stlaringiz bilan baham: