«Sxolastika»
- so‗zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‗lib, «o‗qish joyi»,»maktab»
ma‘nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‗qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy
maktabidagi o‗qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‗rganishda falsafani tatbiq
qilgan o‗rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma‘lum darajada ilohiyotni
aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‗lgan intilish deb ham baholash
mumkin. O‗sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai
nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e‘tiqod aqlga muvofiqmi degan
savolga javob berish bo‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |