‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Dorivor gulxayri o‘simligini yetishtirish agrotexnikasi



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

Dorivor gulxayri o‘simligini yetishtirish agrotexnikasi.
Dorivor gulxayri ko‘p yillik o ‘t o ‘simlik bo‘lib, b o ‘yi 3-4 yilda 
2-2,5 

ga yetadigan, ildizpoyasi y o ‘g ‘on, ildizi qalin etli, 1-2 
metr chuqurlikkacha etadi. Ildizpoyasi va o ‘q ildizi birinchi yilin- 
ing oxirlaridayoq yog‘ochga aylanadi. Ilmiy kuzatishlardan m a’lum 
b o iishicha, dorivor gulxayri havoning quruqligiga va tuproqning


qisqa muddatli qurishiga (ildiz tarmoqlari yaxshi rivojlanganligi tu- 
fayli) bardosh beradi. U shamolga va qishning sovuqligiga chidamli 
o ‘simlik hisoblanadi.
Dorivor gulxayrini Respublikamizda tarqalgan (sho‘rlangandan 
tashqari) barcha sug‘oriladigan tuproqlarda ekib o ‘stirish mumkin. 
Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda o ‘simlik 6-8 yil saqlanishi 
mumkin. Shu boisdan dorivor gulxayrini poliz, sabzavot ekinlari- 
dan tozalangan yerlarga ekish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dorivor 
gul-xayri o ‘simligi ekiladigan maydonlar kuzda yer haydash old- 
idan gektariga 20-25 tonna organik o ‘g ‘itlar va 40-50 kg superfos- 
fat o ‘g ‘iti bilan oziqlantirib 25-28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. 
Gulxayri urug‘i erta bahorda yoki kech kuzda ekiladi. Kuzda ekil- 
ganlarining unishi yaxshi bo‘ladi.
Bahorda ekilgan o ‘simlik qiyg‘och unishi uchun urug‘ 2-3 so- 
atga +20-+25°S haroratli iliq suvda ivitib q o ‘yiladi. Keyin suv biroz 
sovigandan so‘ng to ‘shalgan brezent yoki bo‘z ustiga yupqa qilib yo- 
yiladi, tez qurishi uchun tez-tez aralashtirib turiladi. Sochiluvchanlik 
xususiyatga ega b o ‘lgandan keyin ekishga kirishiladi. Urug‘lami 
seyalkalarda 1-2 sm chuqurlikda tuproqqa qadaladi. Egatlar oralig‘i 
60-70 sm va o ‘simlik oralig‘i 10-12 sm qilib ekiladi va gektariga 10- 
12 kg urug‘ sarflanadi.
Unib chiqqan nihollarda 3-5 ta chin barg hosil bo ‘lgach, egat­
lar olinib ketma-ket sug‘orib turiladi. M o“ tadil sharoitda dorivor 
gulxayri urug‘lari 8-10 kunda, tuproq namligi yetarli bo'lm agan 
maydonlarda 18-20 kundan keyin unib chiqadi. Nihollar to ‘liq unib 
chiqqandan keyin, y a’ni birinchi sug‘orishdan 7-10 kun o ‘tgach ya­
gana o ‘tkaziladi va 1 metr erda 8-10 ta sog‘lom o ‘simlik qoldirila- 
di. 0 ‘simliklami bu darajada siyraklashtirish natijasida ulaming 
o ‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Ikkinchi va keyingi yillarda esa 
o ‘simlikning b o ‘yi 200-230 sm dan oshadi.
Dorivor gulxayri ekilgan maydonlar birinchi yili 5-6 marta o ‘toq 
qilinadi va oralari kultivatsiya yordamida yumshatiladi. Zaruratga 
ko‘ra o ‘simliklar orasidagi begona o ‘tlar qo‘l kuchi bilan tozala- 
nadi. Gulxayri ekilgan maydon birinchi yili 8-10 marta sug‘oriladi. 
Gulxayri mineral o ‘g ‘itlarga (ayniqsa azotli va fosforli) talabchan


o ‘simlik hisoblanadi. Birinchi yili aprel-may oylarida sug'orishdan 
oldin 80-90 kg azot, 60-70 kg fosfor va 30-40 kg kaliy o ‘g ‘iti bilan 
oziqlantirish tavsiya etiladi.
Gulxayrining poyalari qirqilmay dalada qishda qoldiriladi. U 
qomi tutib qolishda yordam beradi. Ayniqsa eroziyaga uchraydigan 
yerlarga ekilgan dorivor gulxayri tuproqni yuvilishdan saqlaydi.
Erta bahorda qurigan poyalar daladan y ig ‘ib olingach, o ‘simlik 
oralari kultivatorda ayni vaqtda har gektar yerga 50-60 kg dan azotli 
va fosforli o ‘g ‘itlar bilan (aprel oyining oxirlarida) oziqlantiriladi. 
Ikkinchi marta shonalash fazasida gulxayrining shox-shabbalari tu- 
tashib ketguniga qadar (iyun oxiri) 40 kg dan azot va 30 kg dan kaliy 
o ‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi. Mineral o ‘g ‘itlami sug‘orishdan oldin 
amalga oshirishni tavsiya qilinadi. Gulxayri hayotining ikkinchi yili 
(avgust oylarining boshlarida) meva tugadi. U rug‘lari poyasining 10 
sm dan 230 sm gacha balandligida, asosiy qismi 60-80 sm oralig‘ida 
joylashadi.

Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish