Milliy dasturning modellari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy modellari beshta tarkibiy
qismdan:
shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish
dan
iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda
belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim jarayonining va jamiyat taraqqiyotining
bugungi, ertangi kuni to‘liq inobatga olingan. Masalan, shaxs kadrlar
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni yuqori intellektual va ma’naviy
– axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib
olgan. SHu tarzda fuqoroning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish,
iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat
qilish huquqi qonun tomonidan kafolatlanadi. SHaxsning «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonun asosida sifatli bilim olish va kasb-hunar o‘rganishi,
uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi
va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch
va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan.
Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini
ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida
asosan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qonuniy norma va me’yorlarga qat’iy
rioya qilish masalalari ko‘zda tutilgan, ya’ni fuqarolarning bilim olish, kasb
tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta
ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash har bir shaxsning demokratik huquqi sifatida
belgilanishi bilan birga majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim olish
holatlari ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning o‘ziga xos tomoni shundan
iboratki, bozor munosabatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bu degani
ta’lim oluvchi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, davlat granti va pullik
shartnomaviy asosda o‘qishi mumkin, ikki va undan ortiq o‘qish faqat
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Milliy dastur milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, ta’lim
oluvchilarning o‘qish, turmush, dam olishda jamoatchilik asosida shart-
sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish
masalalarining mehanizmlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri – bu ta’lim dasturlari orasidagi
uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha
turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim shaxsni
yuqori intellektual, nufuzli, yuksak ma’nodagi insonparvar, vatanparvar,
madaniyatli, har tomonlama etuk, barkamol insonlarni tarbiyalash, mustaqil
va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
-
Maktabgacha ta’lim;
-
umumiy o‘rta ta’lim;
-
o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi;
-
oliy ta’lim;
-
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
-
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
-
maktabdan tashqari ta’lim;
Ushbu ta’lim turlarining bajarilish mehanizmlari mukammal tarzda
ishlab chiqilgan. Bo‘lg‘usi kadrlar har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda
tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajada puxta
va etuk bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi mo‘ljallangan.
Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat
qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimida tutgan o‘rni va
rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish
zaruriyatini ilgari suradi.
Fan – bu ta’limning mazmuni va sifatini ta’lim standartlari, o‘quv
dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy–
uslubiy ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Fan
vatanning eng kichik qiyofasi bo‘lmog‘i zarur, zotan barcha halqlar ichida
fikr va aqliy faoliyat sohasida boshqalardan o‘zib ketgan halqgina birinchi
o‘rnini oladi. Ishlab chiqarish milliy modelda malakali kadrlar tayyorlash
tizimining huquqiy me’yorlarini tartibga soladi. Ishlab chiqarish bilan kadrlar
tayyorlash tizimi o‘rtasida aniq va lo‘nda aloqalar mavjud. Ishlab chiqarish
kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi vazifalarini bajaradi,
tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlab beradi. Xulosa qilib
shuni ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqqan
va hozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar siyosatida erkinlik,
ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga keltirish ko‘zda
tutilgan bo‘lib, unda barcha mutahassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy,
madaniy, ma’naviy-axloqiy muammolarning samarador echimini izlab
topishga, ro‘yi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar
yaratib berish mo‘ljanlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixini
o‘tish, o‘rganish ta’lim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat
mafkurasida talab etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo‘lajak
oliy ma’lumotli mutahassisda ilmiy, ob’ektiv tasavvur va dunyoqarashning
shakllanishida tarixiy materiallar shubhasiz alohida o‘rin tutadi. Ta’lim va
tarbiyaning mohiyatini ochib beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno
emas. Turfa olam, turli davlatlar va turli millatlardagi ta’lim-tarbiyaga oid
qimmatbaho tarixiy materiallarni qiyosiy tarzda o‘rganish jarayonida bo‘lajak
mutahassislarda nisbiylik tushunchasining shakllanishiga hamda tabiat va
jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda o‘rganish zarurligini talabalar
o‘zlariga amaliy ko‘nikma va malakalar tarzida singdiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |