Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексининг 322-моддасида жиноят ишини қўзғатиш сабаблари ва асослари белгиланган


Jinoyat ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilishning asoslarini bayon qiling



Download 129,37 Kb.
bet9/37
Sana20.02.2022
Hajmi129,37 Kb.
#461150
TuriКодекс
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Жиноят процессуал ҳуқуқи мантиқий якуний

Jinoyat ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilishning asoslarini bayon qiling.
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
222-modda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
221-modda. Ushlab turish asoslari
Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatsalar;
3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.

13. Dastlabki tergovda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxsga nisbatan ayblovni o‘zgartirish, tugatish va to‘ldirish mumkinligi belgilangan..
Ayblovni o‘zgartirish, tugatish va to‘ldirish asoslari va tartibini tahlil qilgan holda har bir asosga bittadan misol keltirish orqali bayon qiling.
Ayblov turli holatlarda o‘zgartirilishi mumkin. Bunday hollarda ayblanuvchining aybini og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi yangi dalillar to‘planishi kerak. Ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha faktlar aniqlangan bo‘lsa, ayblov to‘ldirilishi zarur. Agar ayblanuvchiga ayb sifatida qo‘yilgan JK moddasi, qismi yoki bandi yuridik jihatdan noto‘g‘ri yoritilgan bo‘lsa va uning ish bo‘yicha harakatlari boshqa modda bilan tavsiflanadigan bo‘lsa, ayblov o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, agar ayblanuvchining jinoyat ishida boshqacha tarzda ishtirok etganligi aniqlansa yoki uning jinoiy faoliyati bosqichlari qarorda noto‘g‘ri qayd etilgan bo‘lsa, ushbu hollarda qaror o‘zgartirilishi va yangitdan ayb qo‘yilishi zarur. Agar jinoiy harakatlarning yuridik jihatdan yoritilishi avvalgi holida qoldirilsayu, faktik holatlarning xususiyatigina o‘zgartiriladigan bo‘lsa, dastlabki ayblov ham o‘zgartirilishi kerak. Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi yangi qaror ayblanuvchiga e’lon qilinadi. Ayrim hollarda tergovchilar yangi ayblovdan to‘liq foydalanmagan holda, ayblovni «qo‘shimcha sifatida» yangi faktlar asosidagina taqdim etadilar, ilgari e’lon qilingan faktlarni esa ushbu qarorda keltirmaydilar, natijada ayblov to‘la hajmda taqdim etilmaydi va jinoyat ishini sud qo‘shimcha tergovga qaytarishi mumkin. Shu bois yangi ayblovda avvalgi qarorda ko‘rsatilgan va yangi aniqlangan jinoyat voqealari tavsiflanishi kerak, aks holda to‘liq taqdim etilmagan ayblovni sud qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarishi mumkin. Ayblov o‘zgartirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda ayblanuvchini uning protsessual huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish zarur. Bu to‘g‘rida ayblanuvchi bilan birga surishtiruvchi, tergovchi qarorga belgi qo‘yadi va uni imzolaydi. Agar prokuror jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarsa, surishtiruvchi, tergovchi yangi ayb qo‘yishi hamda ayblanuvchini har bir voqea bo‘yicha so‘roq qilishi kerak, aks holda jinoyat ishi takroriy tergov uchun qaytarilishi lozim. Ayblanuvchining reabilitatsiya etilishi uchun asos bo‘ladigan yoki JPK 83-moddasining birinchi, to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilganidek, ishni yuritishga to‘sqinlik qiluvchi asoslar aniqlansa, ayblov tugatiladi. Ayblovning tugatilishi haqida tergovchi qaror chiqaradi va ayni paytda xuddi shu qaror bilan ayblanuvchiga qo‘llanilgan ehtiyot chorasini, molmulkining xatlanishini, lavozimdan chetlashtirilishini bekor qiladi hamda shaxsga yetkazilgan zararni qoplatish huquqini tushuntirib beradi. Qarorning nusxasi darhol topshirilishi yoxud ushbu shaxs nomiga jo‘natilishi kerak. Agar Jinoyat kodeksi yoki JPK normalarini qo‘llashdagi xatolar natijasida jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, shuningdek, ayblanuvchining aybdorligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek, ayblovni odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchining yoxud uning iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan o‘zga shaxsning dalillarni qalbakilashtirishi, yashirishi yoxud yo‘q qilib yuborishi oqibatida noto‘g‘ri tugatilgan bo‘lsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64- moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin (JPK 363-m.) Agar ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ayblov tugatilgan bo‘lsa, keyinchalik u ayblanuvchi yoxud uning roziligi bilan harakat qilgan boshqa shaxsning guvohlar va jabrlanuvchilar hamda boshqa shaxslarga, masalan, ishtirokchilarga, ularni jinoyat hodisasi mavjud bo‘lmaganligi haqida ko‘rsatuv berishga undash maqsadida ta’sir etganligi sababli, shuningdek, ish bo‘yicha dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida qayta tiklanadi.



Download 129,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish