Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


TOʻRTINCHI SANOAT INQILOBI DAVRIDA MOLIYAVIY MENEJERLAR



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

TOʻRTINCHI SANOAT INQILOBI DAVRIDA MOLIYAVIY MENEJERLAR 
DUCH KELGAN MUAMMOLAR 
 
Yerkebayeva F.J. 

 TMI talabasi 
 
Ma’lumki, bugungi kunda butun dunyoda oʻzgarishlar tobora avj olib bormoqda. 
Qaysi sohalarga yoki tarmoqlarga qaramaylik yangilikni, innovatsiyani koʻrishimiz 
mumkin. Dunyo boʻylab rivojlanishdan ortda qolmaslik uchun har bir davlat undagi 
har bir yirik ko
mpaniyalar sanoat inqilobi namoyondasi boʻlmish innovatsiyalarni oʻz 
sohasiga keng qamrovda tatbiq qilmoqda.
Dunyoda sanoat inqiloblari hozirgi kungacha 4 bosqichda boʻlib oʻtgan. Oxirgisi
toʻrtinchi sanoat inqilobi, ya’ni raqamli dunyoning sanoatga chuqu
r kirib borish davri 
hisoblanadi. Bu haqida gaplashar ekanmiz, ishlab chiqarishning raqamlashuvi 
boshqacha qilib aytganda aqlli texnologiyalarning insonlar hayotiga kirib borishi 
koʻpgina oʻzgarishlarga hamda islohotlarga sabab boʻldi.
1
Shunday holatda sanoat 
inqilobining moliya sohasiga ta’siri, moliyaviy menejerlar duch kelgan muammolari 
va menejerlarning bunday vaziyatdagi qarorlari toʻgʻrisida gaplashish maqsadga 
muvofiq boʻladi.
Toʻrtinchi sanoat inqilobi 2011
-yil Germaniya davlatidagi yangi loyihalar orqali 
ommalashgan sanaladi. Bu inqilobni soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, kompaniya 
misolida keltirishimiz mumkin. Mashina ishlab chiqarish kompaniyasida 
mashinalarning qismlarini joylashtirish vazifasi toʻrtinchi sanoat inqilobiga qadar 
insonlar, ya’ni 
mehnat resurslari tomonidan bajarilar edi. Raqamli dunyoning 
rivojlanishi bilan bu vazifa avtomatlashtirilgan mashina-mexanizmlar yoki robotlar 
zimmasiga yuklatildi. Bunga robot yoki uskunalarda inson omili yoʻqligi, ya’ni 
ularning oʻziga yuklatilgan ishda
n boshqa vazifani bajarmasligi, ishga biror sabab bilan 
kela olmasligi yoki salomatligi bilan bogʻliq muammolar mavjud emasligi kabilar 
sabab boʻldi. Mehnat resurslarini avtomatlashtirilgan texnikalarga almashtirilishi 
mahsulot (tovar va xizmatlar) xarajatining kamayishi, texnikalar tomonidan bir 
me’yordagi ish bajarilishi hamda vaqtni tejalishi kabi omillar tufayli sodir boʻldi. 
Albatta, bunday afzalliklar har bir korxona yoki tashkilot uchun koʻp afzalliklar va 
keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. “Xoʻ
sh, bu sharoitda moliyaviy menejerlar 
qanday muammolarga duch keldi?” degan savol har bir iqtisodchida tugʻilishi tabiiy. 
Moliyaviy menejerlar oldiga uzoq muddatli istiqbolda foydani muntazam 
ravishda maksimallashtirib borish orqali korxona bozor bahosini oshirib borish asosiy 
va strategik masala hisoblanib
2
, toʻrtinchi sanoat inqilobi davrida ham bu oʻz kuchini 
yoʻqotmadi. Aksincha, moliyaviy menejerlar uchun katta sinov boʻldi, desak 
mubolagʻa boʻlmaydi. 
Uchinchi sanoat inqilobi, ya’ni avtomatlashtirilg
an informatsion texnika-
texnologiyalar davridan soʻng kompaniyalarning ishlab chiqarish sektori 
avtomatlashtirilgan texnikalar yordamida yengilliklarga ega boʻlgan, biroq mehnat 
resurslaridan ham foydalanish keng miqyosda amalga oshirilgan. Yangi sanoat inqilobi 
1
Tony Klimasning Digitalist j
urnali 31.01.2019 sanadagi “The Fourth Industrial Revolution For Finance” nomli maqolasi
2
Samariddin Elmirzayev “KORPORATIV MOLIYA”. Darslik. “Iqtisod
-
Moliya”, 2019 yil


243 
tufayli esa moliyaviy menejerlar raqamlashtirilgan aqlli texnologiyalar, kibernetika va 
“innovatsion gʻoyalar jangi’ singari yangiliklarni qabul qilishga va uni oʻz 
kompaniyasida tatbiq etishga toʻgʻri keldi. Bularning har biriga toʻxtaladigan boʻls
ak, 
raqamlashtirilgan texnologiyalar tizimini yaratish, faoliyat davomida undan 
foydalanish menejerlar qoʻllashi kerek boʻlgan usulga aylandi. Bu jarayonga 
tayyorgarlik koʻrish, ya’ni dasturchi mutaxassislarni jalb qilish, internet dunyosida 
raqobatbardoshlikni oshirish talab qilindi. Shuningdek, zamonaviy innovatsion 
texnika-
texnologiyalar foydalanish koʻnikmasi deyarli barcha ishchilardan talab qilina 
boshlandi. Bu esa oʻz navbatida moliyaviy menejerlardan ishchilar malkasini oshirishi 
kabi toʻgʻri qarorl
ar qabul qilishi kerakligini bildirdi. 
Ishlab chiqarishda kibernetika, ya’ni
axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta 
ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanish 
keng koʻlamda amalga oshirila boshlandi. Menejerlarn
ing vazifasi mehnat resurslarini 
qisqartirish evaziga kibertexnika yoki uskunalardan foydalanishni toʻgʻri yoʻlga 
qoʻyish boʻlib qoldi. Chunki, mehnat resurslari samaradorligi bilan avtomatik 
uskunalar samaradorligi solishtirilganda, natija barchaga ma’lum
. Bu vaziyatda 
menejerlar tomonidan amalga oshirilgan islohotlar kompaniyaning kelajakdagi 
faoliyatiga ta’sir koʻrsatmay qolmadi. 
Moliyaviy menejerlar duch kelgan navbatdagi muammo endilikda qoʻl ostidagi 
insonlar fizik jihatdan kuch sarflashi emas, balki aqliy mehnatning raqobatlashuvi 
vujudga kelgani, ya’ni ular uchun noodatiy boʻlgan jarayonga oʻtish. Boshqacha qilib 
aytganda, ishchilar bir vaqtda texnikalarning boshqaruvchisi sifatida namoyon boʻlishi 
kerak edi. Rivojlangan mamlakatlarda koʻrishimiz mu
mkinki, ishlab chiqaruvchi 
korxonalarda insonlar texnikalar ustidan nazorat olib boradi, insonlarning kreativ 
yondashuvini bunga sabab qilib koʻrsatish mumkin. Ya’ni, odamlar biror faoliyatni 
bajarish uchun tegishli texnikani shunga moslab funksiyasini toʻ
girlash yoki yangi 
gʻoyalar orqali shu faoliyatni qanday qilib yengilroq koʻrinishda amalga oshirish 
haqida bosh qotiradi. Bu bilan innovatsiyalar vujudga keladi. Ishchi kadrlarni kreativ 
yondashuvga moslashtirish, innovatsiyalarni yaratish va qabul qilish moliyaviy 
menejerlar zimmasiga yuklatilgan edi. Agar menejer bu borada kerakli va zaruriy 
oʻzgarishlar qila olgan boʻlsa, kompaniya mavqeyini saqlab qolgan hamda daromadi 
maksimallashishda davom etgan.
Demak, toʻrtinchi sanoat inqilobi moliyaviy sohaga oʻ
zining bir qancha 
afzalliklari bilan kirib bordi. Moliyaviy faoliyatni robotlashishi sababli xarajatlarning 
kamayishi, samaradorlikning oshishi, cheklangan resurslar miqdorida cheklanmagan 
ehtiyojlarni imkoni boricha qondirilishi kabilar shular jumlasidandir.
1
Moliyaviy 
menejerlarning inqilob davrida duch kelgan muammolari sifatida ishlab chiqarishdagi 
raqamlashuv, kibertexnologiyalar hamda ishga innovatsion yondashuv haqida va bu 
vaziyatdagi menejerlarning qarorlarini ta’kidlab oʻtdik.. Shuni inobatga olg
an holda, 
bir qancha tavsiyalar keltirib oʻtish joiz boʻlib, ular quyidagilardir:
1
 Anastasia Stefanukning 
“FinTech Weekly” jurnali 11.02.2020 sanadagi “Industry 4.0 And Its Impact On The Financial 
Services” nomli maqolasi


244 

Har bir sohada faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning IT sohasi boʻyicha 
malakasini oshirish, ya’ni raqamlashuv jarayoniga bosqichma
-bosqich moslashtirish 
zarur; 

Oʻquv 
muassasalarida nafaqat axborot-texnologiyalar kabi, shuningdek barcha 
ta’lim fanlari boʻyicha bilim beruvchi oʻqituvchilarning zamonaviy texnika
-
texnologiyalarni qoʻllash va yosh avlodga oʻqitishi boʻyicha tizimini rivojlantirish 
lozim;

Kadr boʻlib yetishadigan yosh avlod ta’lim tizimida informatsion 
texnologiyalar va shu kabi fanlarni chuqur oʻrganishi lozim va bunga zaruriy shart
-
sharoitlar yaratilishi talab qilinadi. 
Umuman olganda, zamonaviy texnika-
texnologiyalarni oʻrganish va uni ishlab 
chiqarish yo
ki hayotimizning boshqa sohalariga qoʻllash uchun investitsiya kiritilishi 
zaruriy chora hisoblanadi. Oʻzgarishlar hayotimizning bir boʻlagi sifatida namoyon 
boʻladi va uni hayotimiz mobaynida turli javhalarda uchratishimiz mumkin ekan. Shu 
tufayli bunday 
oʻzgarishlarga tayyor turish lozim.

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish