Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI VA ELEKTRON



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

 
RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI VA ELEKTRON 
TIJORAT 

 
O’ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING GAROVI
 
 
Ollomova R.E. 

 TDIU magistranti
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha 
samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes 
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va 
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir 
qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi 
prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi 
Oliy Majlisga Muroja’atnomasida h
am mamlakatimizda raqamli iqtisodning 
rivojlanishi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi. Undan tashqari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-
5349 sonli “Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek, respublikamizda raqamli 
iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot 
texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigde
k, axborot 
havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31
-avgustda raqamli 
iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston 
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha 
qo’shim
cha chora-
tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PQ-
3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu 
tadbirlar jumlasi
ga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar O’zbekistonda 


713 
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb 
ko’rsatilgan: 
-
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar 
aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, 
emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud
-funding 
(jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va 
rivojlantirish. 
-
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida 
amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash
1

Ushbu 
maqolada 
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
texnologiyalari va elektron tijoratning rivoj
lantirishning ba’zi bir yo’nalishlari 
mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. 
Globallashuvning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob 
insoniyat hayotini shuningdek, iqtisodiyotni ham shiddat bilan o‘zgartirib, keng 
imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv 
davrini boshlab berdi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va 
amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel 
Kastels tomonidan kiri
tilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va 
madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli 
iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar 
tomonidan keng miqyosd
a o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi 
raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial 
iqtisodiyot” (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “megaiqtisodiyot” 
(V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I.Niniluto), 
“texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan 
iqtisodiyot” (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil –
bu iqtisodiy 
jarayonlarning globallashuv jarayonida raqamli axborot texnologiyalarining birlamchi 
o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun 
ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot 

bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi 
hisoblanib, u ijodiy mehn
at va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot 

bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish 
ob’ekti, axborotlashgan jamiyatjarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi 
o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot 
bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan. Umuman olganda, 
raqamli iqtisodiyot 

bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta 
hajmdagi ma’lumotlarni qayta i
shlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, 
texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish 
samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon 
beradigan, raqamli ko‘rinishdagi 
ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish
omili hisoblangan faoliyatdir. 
Iqtisodiy munosabatlarning axborot texnologiyalari bilan hamohangligi o’z 
navbatida, elektron tijoratning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Elektron tijoratga 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF
-
5349 sonli “Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.


714 
turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan bo’lib, umumiy holda oli
b qaraganda, elektron 
tijorat 

bu tovar va xizmatlar almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va internet 
orqali amalga oshirishdir. “Elektron tijorat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunining 3-
moddasida “elektron tijorat” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 
“Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga 
oshiriladigan tovarlar(ishlar, xizmatlar) oldi-
sotdisi elektron tijoratdir”
1
. Elektron 
tijoratning elektron axborot almashinuvi(EDI), elektron kapital harakati(EFS), elektron 
savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, elektron sug’urta 
xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish mumkin. Ular jahon bozoriga 
chiqish imkoniyatlarini oshirishga, iqtisodiyotning barqarorligi
ni ta’minlashga, kichik 
va o’rta biznesni rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va xizmatlar hajmini oshirishga, 
milliy bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Electron savdoni 
amalga oshirish uchun savdo maydonchasi va maxsus vitrinalar 
talab etilmaydi, ko’p 
sonli ishchilar kun bo’yi ofisda o’tirishi shart emas, barcha xizmatlar faqatgina sayt 
orqali amalga oshirilib, xatto reklama ham Internet marketing bo’yicha yo’lga 
qo’yiladi. Bu esa, narxlarning an’anaviy do’kanlarga nisbatan past bo’lishiga va servis 
sifatining ko’tarilishiga olib keladi. Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez 
amalga oshiriladi, sutkada 24 soat, haftada 7 kun va yiliga 365 kun to’xtovsiz va 
tinimsiz xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud, kataloglar orqali zarur narsani 
osonlik bilan topish va analoglari bilan solishtirish mumkin. 
Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur’atlar bilan 
rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy qo’llanilish sohalaridan biri –
elektron 
tijorat, elektron biznes hamda blokcheyn va kriptovalyutalar bilan amalga 
oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar bo’lib, ularda faol va ishning ko’zini 
bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning ma’no
-mohiyatini bilish juda muhimdir. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, elektron tijorat tizimlari, blokcheyn va 
kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi 

ularning tuzilmasi 
tarqoq (markazlashmagan) xoldaligidir. Bunday tizimlarda biror bir yagona markaz 
yoki bank mavjud emas va barcha ishtirokchilar tarmoq P2P (peer-to-peer) 
ko’rinishidigagi pirring arxitekturasi asosida ishlaydi. Ya`ni, bunday tarmoq bir 
huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan iboratdir. Blokcheyn va kriptovalyutaning 
har bir mijoz dasturi, o’z navbatida, o’z
-
o’zini ta`minlovchi tuzilmadan iborat bo’lib, 
ular global kriptovalyuta tarmog’iga ulanadilar va sutkasiga 24 soat mobaynida 
batamom avtomatik ravishda ishlaydilar. Umumjahon tendensiyalari va tashqi 
siyosatda ro‘y berayotgan hodisalardan kelib chiqib, O‘zbekiston oldida global 
raqobatbardoshlik va milliy havfsizlik masalasi turibdi va ushbu masalani hal qilishda 
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim va hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat 
bilan ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy 
ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, 
davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o‘tkazilmoqda. 
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini va elektron tijoratni rivojlantirish 
O‘zbekiston uchun uning dunyo maydonidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan 
1
O‘zbekiston Respublika
si 
“Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonuni, 2015
-yil 22-may. 


715 
muhim strategik ahamiyatga molik masala hisoblanadi. Shuni ham tan olish kerakki, 
O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladig
an tadbir qisqa davrda -birinchi 
navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hozirda esa mamlakatimizda zarur 
miqdordagi iqtisodiyot subyektlari yo‘qligi tufayli yetuk raqamli iqtisodiyotni o’z 
-
o‘zidan shakllantirish uchun shart
-
sharoitlar yo‘q. Bu 
esa davlatimizga raqamli 
iqtisodiyotning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga 
yo‘naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekistonda el
ektron tijoratni rivojlantirish 
bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha 
muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi 
kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratni rivojlantirish uchun 
zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani, ya’ni 
internetning global tarmog’i bilan to’gridan
-
to’g’ri bog’langan provayderlar soni 
cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida 
b
iridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat 
ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, 
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli 
texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Bu esa 
raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga 
bog’liq. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlan
tirishning 
quyidagi 
yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
- telekommunikatsiyalar va dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari 
texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori 
tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo

jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy 
etish; 

raqamli texnologiyalar bilan ishlovchi kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish 
va bu yo’nalishlar bo’yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener
-texnik 
xodimlarni yetishtirish, ta’li
m tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga 
to’liq javob beradigan
zamonaviy axborot texnologiyalarini o’qitish,
- raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-
nazariy bazani mustahkamlash va o’quv 
jarayonlarida keng qo’llash, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o’zlashtirish uchun 
mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish; 

iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni keng qo’llash va bu sohada xalqaro 
hamkorlikni kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotni raqamlashtirish. 
Elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shuningdek, 
elektron tijoratnining to’lov operatsiyalari sohasidagi 
qonunchilikni yanada takomillashtirish, elektron tijorat sektorini tavsiflovchi 
indikatorlarni shakllantirish, axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibini 
ishlab chiqish, elektron tijorat qatnashchilarining mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarini 
kamaytirish bo’yicha qonunchilikni takomillashtirish, elektron tijoratda eksport 
bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish, elektron tijorat doirasida xalqaro 
pochta jo’natmalarini bojxonada rasmiylashtirishni tartibga solish va boshqa masalarni 
hal etilishi jarayonida O’zbekistonda elektron tijoratning yanada keng qo’llanilishiga 
imkoniyatlar yaratilmoqda. 


716 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish