Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт


“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” 
deb
1
nomladilar. 
Shuning uchun raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish –
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor 
vazifalardan bo‘lishi yuritilayotgan ijtimoiy
-iqtisodiy siyosatning asosi hisoblanadi. 
Mazkur o‘ziga xos rivojlanish 
va islohotlar 2020 yil va keyingi yillarda ham 
iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur maqsadli vazifalardan hisoblanadi. 
Xususan, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minla
sh va inflyatsiyani 
jilovlash 

iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa hisoblanadi. Shu bois 
O’zbekistonda bu yildan boshlab inflyatsiyani targetlash tizimi joriy qilinib, 
iqtisodiy o‘sish bilan inflyatsiya o‘rtasida muvozanatni ta’minlash va tashqi
iqtisodiy xavf-
xatarlarni inobatga olish ko’zda tutilgan. Shuning uchun erkin 
raqobatni rivojlantirish orqali ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni 
ta’minlash natijasida narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga erishish muhim 
vazifa bo’lm
oqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
farmoni
da “milliy 
iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, 
xizmatlar 
ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini 
ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, 
shu asosda ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini 
ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga 
tubdan o‘zgartirish, turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli 
va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, 
turizm infratuzilmas
ini kengaytirish” belgilab
2
berilgan.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Ha
rakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi 
farmoni (2017 yil 7 fevral, PF-4947-son): 

T.: Adolat, 2018. 26 - bet. 


351 
Bugungi kunda O’zbekistonda jadal amalga oshirilayotgan islohotlar va 
yangilanishlar Davlatimiz tomonidan ijtimoiy - 
iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga 
qaratilgan strategiya ratsional asosda ishlab chiqilganligini, islohotlarning ustuvor 
yo‘nalishlari aso
sli belgilanganligini va ularni amalga oshirish maqsadida 
ko’rsatilgan vazifalar izchilligini natijasi erishilayotgan yutuqlarda va qo’lga 
kiritilayotgan marralarda o’z aksini topmoqda. Aynan hozirgi O‘zbekiston 
sharoitida amalga oshirilib kelinayotgan muhim yangiliklardan biri bu barcha 
sohalardagi ijobiy yutuqlar qatorida investitsiyalar hajmi sezilarli darajada 
oshganligi hisoblanadi. 
Xususan, 2019 yilda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 
4,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 

3,1 mlrd. AQSh dollariga 
yoki 3,7 martaga
1
ortgan

Shuningdek, investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga 
nisbati 37 foizga yetganligi islohotlarning hosili sifatida namoyon bo’lmoqda. 
O‘zbekiston birinchi marta 2019 yilda xalqaro kredit reytingini oldi
va jahon moliya 
bozorida 1 mlrd. AQSh dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirishga 
erishdi. Bundan tashqari, iqtisodiyotimizda energetika, neft-gaz, geologiya, 
transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi, issiqlik ta’m
inoti va 
boshqa ko’plab tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar yo’lga qo’yildi. Qolaversa, 
milliy sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni 
kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Shu bois 2019 yilda iqtisodiy 
o
‘sish 5,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, 
eksport hajmi 

28 foizga
2
ortgan. Mazkur jarayonlar natijasida O’zbekiston, Jahon 
bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish 
ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8
-
o‘rinni egallagan va eng 
yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy olgan. Ushbu jarayonlar barcha sohalar 
qatori turizm sektorida ham o’z aksini topib, Respublikamizga 86 ta davlat 
fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy 
etilishi natijasida 2019 yilda 6,7 mln. nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, bu 
ko’rsatkichni 2016 yil bilan taqqoslaganda 4,7 mln. nafarga yoki 3,3 barobarga ko‘p 
demakdir.
O‘zbekiston Resp
ublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan 
Murojaatnomasida 
“Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol 
investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. Joriy yilda 23 milliard dollarlik 
investitsiyalar o‘zlashtiril
adi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi. 
2020 yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning salmoqli qismi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri 
xorijiy sarmoyalar va kreditlar bo‘lishini alohida qayd etmoqchiman. Investorlarni 
qo‘llab
-quvvatlash maqsadida ul
arga soliqlarni bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash, infratuzilma 
yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmlari joriy 
etilmoqda. Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar 
xarid qilish, yangi obyektlarni qurish va modernizat
siya qilish xarajatlari bo‘yicha 
chegirmalar kengaytirildi” deb
3
bu boradagi faoliyatlarning ko’lamini va mohiyatini 
ko’rsatib bergan. 
Milliy
 
iqtisodiyotni muttasil rivojlantirish maqsadida 
investitsiyaviy faollikni yanada kuchaytirish va yangi imkoniyatlarni yaratib berish 
1
Stat.uz 
2
Stat.uz 
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 24.01.2020.


352 
zarur hisoblanadi. Aynan joriy yilda 23 mlrd. dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish 
va 206 ta yangi yirik quvvatlar ish
ga tushirilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, joriy 
yilda o‘zlashtiriladigan investitsiyalarning asosiy qismi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalardan va kreditlar iborat bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur 
jarayonda investorlarni qo‘llab
-quvvat
lash uchun soliqlarni bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash, 
infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash va boshqa 
mexanizmlari joriy etilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning yana bir yo’nalishi ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida davlat
ulushini keskin kamaytirish 
ko‘rinishida amalga oshishi talab etiladi. Mamlakatda investitsiyalarni 
o’zlashtirishning samarali vositalaridan biri bu davlat 
- xususiy sheriklik 
mexanizmlari asosida faoliyat olib borish bo’lib, unga ko’ra hozirgi kundagi 
is
lohotlar jarayonida mazkur mexanizmni transport, energetika, yo‘l, kommunal, 
tibbiyot, ta’lim va boshqa shu kabi sohalarga keng tatbiq etish ahamiyatli 
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda qurilish sohasi milliy iqtisodiyotning eng ustuvor yo’nalishiga 
va lokomativ kuchiga aylangan. Zero, bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
salmoqli darajaga chiqqanligi uning ahamiyatini isbotlaydi. Shu bois bu tarmoqni 
muttasil rivojlantirish uchun qurilish bilan bog’liq mezonlarni xalqaro standartlar 
darajasiga chiqarish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq 
etish talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda barqaror va samarali 
iqtisodiyotni barpo qilish maqsadida yaqin yillarda amalga oshirib kelinayotgan 
ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar o‘zining mevas
ini bermoqda. Ayniqsa, keying yillarda 
juda qisqa vaqt mobaynida milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘zgarishlarning 
ta’minlanishi, ishlab chiqarishda chuqur tarkibiy takomillashuvni va 
diversifikatsiyani amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 
izchil rivojlanishni yo‘lga qo‘yilishi, jahon bozori talablariga mos keladigan 
samarali tashqi savdoning vujudga kelishi, xususan, eksportni jadal kengayishi va 
texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar salmog‘ini oshirish 
borasidagi harakatlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda xorijiy 
investitsiyalar o‘zlashtirishni kuchaytirish va unda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar ulushini ortishiga erishish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqarish tizimini va tashkiliy tuzilishini isloh qilish, sanoat va qayta ishlash tizimini 
takomillashtirish, xizmat sektorlarini rivojlantirish va unda zamonaviy xizmatlar 
rolini oshirish, milliy bank-moliya tizimini chuqur isloh qilish va ular faoliyatini 
rivojlantirish, kichik 
va o’rta biznes bo’g’inlarini jadal kuchaytirish, xususiy 
tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil etishni barqaror rivojlantirishga erishish 
maqsadida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatlar kelajakda beqiyos yutuqlar 
va ahamiyatli natijalarga erishish uchun asos hisoblanadi.
Mamlakatimizda keng-
ko’lamli islohotlar va o’zgarishlarni amalga oshirish 
jarayonida milliy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni jadal joriy etish yangi 
O’zbekistonning salohiyatini keskin darajada kuchaytirishga asos bo’
ladi. Ayni 
paytda mamlakatimizda mazkur faoliyatni joriy etish va rivojlantirish uchun 
imkoniyatlar yetarli darajada hisoblanadi.


353 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish