Ўзбекистон республикaси иқтисодий тaрaқҚиёт



Download 8,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/448
Sana23.07.2022
Hajmi8,4 Mb.
#842576
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   448
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot

 
TURIZM 

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING ERTANGI KUNI 
 
Baxshilloyeva M. 

 O

zbekiston xalqaro islom
akademiyasi“Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘
nalishi talabasi 
 
Turizmning jahon iqtisodiyotidagi mavqei oshib, asosiy makroiqtisodiy 
tarmoqlar bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. U dunyodagi ko‘pgina davlatlar 
iqtisodiyotining muhim 
daromad manbai hisoblanadi. Shu jihatdan O‘zbekistonda 
ham mazkur sohaga e‘tiborni kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. 
So’nggi
yillar davomida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida tub 
islohotlar amalga oshirildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish mumkinki, turizmni 
rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan yanada kattaroq e‘tibor berilmoqda. 
Turizm sohasini rivojlantirish va takomillashtirish milliy va mintaqaviy 
iqtisodiyotni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, shunga qaramasdan, 
turizm mintaqalarda yaxshi rivojlanmagan va mavjud imkoniyatlardan to‘laligicha 
foydalanilmayotgan jihatlar ko’p. Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda 
turizmni yuksaltirish uchun turistik obyektlarning mintaqadagi imkoniyatlarini 
tadqiq etish, jumladan, tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklari, tarixiy qadamjolar, 
ziyoratgohlar, tabiiy (landshaft) va rekreatsiya resurslaridan to‘g‘ri va samarali 
foydalanish yo‘llarini ilmiy asosda o‘rganish va tegishli amaliy tavsiyalarni ishlab 
chiqish katta a
hamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, respublikada turizm sohasiga davlat 
e’tiborining qaratilishi bu sohada kadrlar yetishtirish salohiyatini yo‘lga qo‘yish, 
turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash masalasida alohida ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Turizm sohasida yildan-yilga ulkan natijalarga erishish qayd etilmoqda. 
Jumladan, 2017-
yilda O’zbekistonga tashrif
buyurgan sayyohlar soni hamda oldingi 
yillardagi sayyohlar salmog’ini taqqoslaydigan bo’lsak, 2017
-yilda yurtimizga 
tashrif buyurganlar soni 2,52 milliong
a etganligi qayd etilgan. Bu natija esa o’z 
navbatida 2016-yilgi turistlar tashrifiga nisbatan 24.3%-ga yuqori ekanligini 
ko’rsatadi. Bunday yuqori natijaga erishilganlik chet ellik sayyohlarning 
O’zbekistonga bo’lgan qiziqishlari yuqori saviyada o’sganlig
idan dalolat beradi. 
2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorij fuqarolarining safar maqsadlari 


330 
bo‘yicha tahlil qilinganda: 2272,3 ming kishi (84,7%) qarindoshlarni yo‘qlash 
maqsadida, 203,7 ming kishi (7,6%) turistik maqsadda, 159,9 ming kishi (5,9%) 
xizmat yuzasidan, 28,7 ming kishi (1,1%) davolanish maqsadida, 18,5 ming kishi 
(0,7%) tijorat maqsadida, 6,9 ming kishi (0,3%) o‘qish maqsadida tashrif 
buyurganini ko‘rishimiz mumkin.
1
Bundan turist sifatida tashrif buyuruvchi 
sayyohlar oz miqdorni qayd etishmoqda, vaholanki, biz uchun turizm boshqa 
maqsadlarga qaraganda ahamiyati kattaroq. Chunki turistlar mehmonxonalardan, 
xizmat ko’rsatish tadbirkorlik sub’ektlaridan foydalanadilar, qarindoshlarinikiga 
tashrif buyurishsa bu jihat qisqaradi. 
O’zbekistonn
ing har bir viloyatida turistik kompleks mavjud. Bu ekoturizm 
bo’ladimi, etnik turizm bo’ladimi yoki gastronomik turizmmi, bularning har biri 
soha uchun juda ahamiyatli. 
Turizm sohasi doirasida yurtimizda ko’plab xalqaro ko’rgazmalar va forumlar 
o’tkazilib
, xorijiy investorlarni jalb qilishga harakat qilinmoqda. Dunyoda turizm 
rivoji bo’yicha yuqori o’rinlarni egallagan mamlakatlar bugungi kunga kelib, 
O’zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Ulardagi 
mavjud infratuzilmalarni m
amlakatimizda qo’llash orqali biz ham turizm kelajagi 
uchun keng yo’l ochishga bel bog’ladik. Mehmonxona, xizmat ko’rsatishlar 
industriyasi va gidlar salohiyatini oshirish maqsadida imzolangan memorandumlar, 
binolar qurilishi bo’yicha xorijiy mutaxassislar
(AQSh, Turkiya, Koreya, 
Indoneziya, Malayziya, Singapur, Fransiya, Rossiya) bilan birgalikda olib 
borilayotgan innovatsion hamkorlik bunga yaqqol misol bo’la oladi. 
Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muammolarga yechim topadi. Ushbu hujjat bilan 
Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham 
tasdiqlandi. Unga koʻra:

xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 milliondan (2025) yilda 9,0 million 
nafarga oshirish; 

turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1,0 milliard AQSH dollaridan 
2,2 milliard AQSh dollariga yetkazish; 

mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga 
koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Ushbu konsepsiya ishlab chiqilgandan so’ng shu yilning o’zida bir qator 
o’zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, 2019
-yil 21-23 fevral kunlari Buxoroda 
o’tkazilgan birinchi Xalqaro Ziyorat Turizmi forumi misolida ko’rishimiz mumkin. 
Ushbu forum doirasida Ziyorat Turizmi bo’yicha Buxoro Deklaratsiyas
i qabul 
qilindi, 2019-yil 22-
fevral kunida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Din 
ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlar idorasi, Butunjahon turizm 
tashkiloti, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Halol va Ziyorat turizmi yo’nalishi 
ekspertl
ari ishtirokida ushbu deklaratsiya tuzib chiqildi. Bundan ko’zlangan maqsad 
Ziyorat turizmining barqaror rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, aholi turmush 
darajasining ziyorat turizmiga bo’lgan salohiyatini oshirish, Ziyorat turizmi markazi 
sanalgan O’zbekistonda islom qadriyatlarini targ’ib qilishdan iborat. 
1
 https://uzbektourism.uz/ru/research/2017/2018 


331 
O’zbekistonning buyuk mutafakkir
-olimlari butun insoniyatning mulki sanaladi va 
millionlab turistlarni O’zbekistonga tashrif buyurishga undaydi. O’zbekiston 
Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo 
muloqotni qo’llab
-
quvvatlash an’anasini davom ettiradi. Bu, albatta, o’z navbatida 
turizm rivojining yuksalishiga asosiy omillardan biri bo’lib qoladi. 
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo’mitasi tomon
idan olib 
borilgan bir qancha islohotlar natijasida yurtimizga tashrif buyuruvchi 
sayyohlarimizning soni yildan-
yilga oshib bormoqda. Kun.uz bergan ma’lumotlarga 
ko’ra, mehmonxonalar soni 772 tadan (2017y.) 914 taga (2018y.) oshgan, oilaviy 
mehmon uylari 2017 yilda 

0 bo’lgan bo’lsa, 2018 yilda –
81tani tashkil etdi. 
Turoperatorlar soni 127 tadan (2017y.) 234 taga (2018y.) yetdi. Shuningdek, chet 
ellik sayyohlar uchun viza rejimi yanada soddalashtirildi. 30 kunlik viza rejimi 
asosida 9 ta davlat fuqarolari 
Oʻzbekistonga tashrif buyurishgan boʻlsa, endilikda 
ularning soni 86 tani tashkil etmoqda. Qolaversa, 53 davlat fuqarolari elektron viza 
olish imkoniyatiga ega boʻldi
1

Transport infratuzilmasi toifasida ham bir qator yengilliklar ishlab chiqildi. 
Turistik avtobuslarning tunggi vaqtlarda harakatlanishlariga ruhsat berildi, turistik 
toifadagi avtotransportlarning soni ko’paytirildi. Bundan tashqari yana kadrlar 
yetishtirishni takomillashtirish, o’zbek turizmini xorijiy mamlakatlarda keng targ’ib 
qilish ishlari samarali amalga oshirilmoqda. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari, 
tahoratxonalar tashkillashtirish, bepul Wi-
Fi zonalari va yo’l ko’rsatkichlari 
o’rnatish singari o’zgarishlar O’zbeliston bo’ylab amalga oshirilmoqda. Bunday 
islohotlar asnosida yaqin yillar ichida yurtimizga keluvchi sayyohlar soni keskin 
oshishi kutilmoqda. Joriy yilda pandemiya tufayli soha faoliyatiga zarar yetdi, shu 
nuqtai nazardan kuni kecha Prezident Sh. Mirziyoyev tomonlaridan turizm va sport 
sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar muhokamasi 
yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Unda mamlakatimizning turizm 
salohiyatini tiklash hamda rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Kelgusi 
yilda 1.7 million xorijiy, 7.5million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm 
xizmatlar eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilinganligi ta'kidlab 
o'tildi. Ayniqsa, ziyorat turizmi bu borada eng salmoqli jihat ekanligi davlatimiz 
rahbari tomonlardan izohlandi. Ziyorat turizmini keng targ'ib 
qilish, 
infratuzilmalarni rivojlantirish vazifalari belgilandi. Kelgusi yildan ''O'zbekiston 
bo'ylab sayohat qil!'' ichki turizm dasturi izchil davom ettirilishi ham e'tirof etildi.
2
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishimiz mumkinki, har bir sayyohni yuksak 
darajadagi hurmat-
ehtirom ila qarshi olib, ko’ngildagidek xizmat ko’rsatib bera 
olishga erishilsa bundan biz soha kelajagi uchun yaxshi natijani qayd etgan 
bo’lamiz. Buning uchun esa avvalo bizning salohiyatimiz, kadrlarimiz o’z 
kasblariga g’ayrat bilan yondashmog’liklari lozim. Ichki turizmni rivojlantirish ham 
biz uchun juda muhim. Aholimizning sayyohlik darajasini oshirishdan biz ko’proq 
yangilik va rivojlanishga erisha olamiz. Bir kun boshqa joyda o’tkazilgan tun, bir yil 
uyda o’tgan tundan afzalroq bo’l
ishu mumkin. Uydan chetga chiqqan inson 
1
 https://uzbektourism.uz/ru/research 
2
 https://president.uz/uz/lists/view/3999 


332 
yangiliklarga duch keladi, boshqa hayotni ko’rib unda yangi g’oyalar, fikrlar paydo 
bo’ladi. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga zarur bo’lgan kadrlarning 
innovatsion loyihalar ishlab chiqqishlariga zamin yaratadi. 

Download 8,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish