Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muxandislari instituti
“Gumanitar fanlar” kafedrasi
“FALSAFA” fanidan
Yakuniy baholash variantlari
Toshkent – 2021
«Tasdiqlayman»
«Gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri
_____________t.f.d. SH.M.O‘ljayeva
“FALSAFA: MANTIQ, ETIKA, ESTETIKA, DINSHUNOSLIK” FANI BO‘YICHA
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
1. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
2. Qadimgi va o‘rta asr falsafasi.
3. Yangi va eng yangi davr falsafasi.
4. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi, shakllanishining asosiy bosqichlari.
5. Dinning asosiy funksiyalari, dinning psixologik, gnoseologik, ijtimoiy va siyosiy
ildizlari.
6. Diniy e’tiqodning tarixiy shakllari (feteshizm, animizm, totemizm, magiya).
7. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyati.
8. Falsafaning predmeti va uning o‘zgaruvchan xarakteri.
9. Fan taraqqiyoti rivojlanishining asosiy bosqichlari.
10. Hozirgi davrda falsafaga munosabat.
11. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xosligi, betakrorligi, umumiy jihatlari
va farqi.
12. Hindiston falsafasining vujudga kelishi.
13. Xitoy falsafasining o‘ziga xosligi.
14. Qadimgi Yunoniston falsafasi.
15. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafiy qarashlar.
16. Zardo‘sht ta’limotidagi ziddiyatlar g‘oyasi.
17. G‘arb va Sharq falsafasida dinning hukmronligi.
18. XX asr o‘zbek falsafasi.
19. O‘zbek falsafasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
20. Hozirgi kunda o‘zbek falsafasining dolzarb muammolari.
21. Ontologiya – borliq falsafasi.
22. Falsafada substansiya va materiya muammosi.
23. Tabiat falsafasi.
24. Borliq shakllari: tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq,
virtual borliq.
25. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.
26. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari.
27. Falsafa tarixida makon va vaqt talqini. Makon va vaqtga substansional va relyasion
yondashuvlar.
28. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Harakat va rivojlanish.
29. Falsafa kategoriyalari. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.
30. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish, o‘zgarish
va taraqqiyot tushunchalari. Taraqqiyotning turlari.
31. Qonun tushunchasi.
32. Qonunlarning turlari: voqelik qonunlari, fan qonunlari, bazis va lokal qonunlar,
falsafa qonunlari.
2
33. Falsafa qonunlarining asosiy shakllari.
34. Mazmun va shakl. Sabab va oqibat dialektikasi.
35. Formalizm. Bahona va shart. Zaruriyat va tasodif dialektikasi. Imkoniyat va
voqelik.
36. Bilish nazariyasining predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
37. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati. Ratsionalizm. Empirizm.
38. Falsafada haqiqat muammosi. Haqiqat tushunchasi.
39. Axborotlashuvning falsafiy asoslari.
40. Axborot, axborotlashgan jamiyat, axborot texnologiyalari tushunchasi.
41. Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi.
42. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy asoslari. Jamiyatning iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy
asoslari.
43. Jamiyatning siyosiy tizimi. Siyosiy tizimdagi partiyalar, tashkilotlar, jamoa
tashkilotlari.
44. Fuqarolik jamiyati, siyosiy erkinlik, demokratiya, fuqarolik uyushmalari, ijtimoiy
tartib, fuqarolik jamiyatida barqarorlik.
45. Sivilizatsiya tushunchasi.
46. Madaniyat, uning tuzilishi va funksiyalari.
47. Aksiologiya-qadriyatlar falsafasi. Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi.
48. Faoliyat falsafasi (prakseologiya). Faoliyatning tuzilishi: ehtiyojlar, motivlar,
maqsadlar, vositalar.
49. Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli.
50. Globallashuvning falsafiy muammolari.
51. Prognozlashtirishning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri, kelajakni prognozlashtirishning
o‘ziga xos xususiyatlari.
52. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi.
53. Globalistika.
54. Global muammolarning ko‘pjihatliligi.
55. Global muammolar – globallashuvning oqibati sifatida.
56. Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvida global tendensiyalarni anglashning
ahamiyati.
57. Global muammolarning mohiyati, global muammolarni hal qilishda falsafaning
roli.
58. Muammolarning turli darajalari: xususiy, milliy, mahalliy, mintaqaviy
muammolar.
59. Global ongni shakllantirish zarurati hamda global muammolarni hal qilishda
xalqaro kuchlar birlashuvining ahamiyati.
60. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar.
Mantiq
61. Tafakkur - mantiq ilmining o‘rganish ob’yekti.
62. Tafakkur qonunlari to‘g‘ri fikr yuritishning muhim tamoyillari sifatida.
63. Mantiq - tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan.
64. Formal mantiqning predmeti va tuzilishi, uning dialektik mantiq va matematik
mantiq bilan o‘zaro munosabati.
65. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.
66. Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyotiga, mamlakatni modernizatsiyalash
3
jarayoniga ta’siri.
67. Mantiq fanining asosiy qonunlari. Tafakkur qonunlarining o‘zaro aloqasi.
68. Tushuncha tafakkur shakli sifatida.
69. Hukm tafakkur shakli sifatida.
70. Oddiy hukm tarkibi, hukmlardagi terminlar hajmini aniqlash.
71. Murakkab hukm, uning turlari.
72. Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
73. Tafakkurning mantiqiy shakllaridan: xulosa chiqarish.
74. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
75. Mantiqan kelib chiqish tushunchasi.
76. Mantiqan zaruriy va ehtimoliy (to‘g‘riga o‘xshash) xulosa chiqarishlar.
77. Deduktiv xulosa chiqarishning turli xil shakllari.
78. Qat’iy hukmlardan xulosa chiqarish.
79. Sillogizmning aksiomasi va umumiy qoidalari.
80. Murakkab hukmlar yordamida sillogistik xulosa chiqarish.
Etika
81. "Avesto" - Turon va Eron xalqlari axloqiy qonun-qoidalarining manbai.
82. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy ijodida axloq masalasi.
83. Al-Farobiy, Ar-Roziy, Ibn Sino, Ibn Rushdning axloqiy qarashlari.
84. Tasavvuf axloqshunosligi. Imom G‘azzoliy, Jaloliddin Rumiy, Aziziddin
Nasafiyning komil inson konsepsiyasi.
85. Temur va temuriylar davrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz
Koshifiy kabi mutafakkirlar axloqiy qarashlarining ahamiyati.
86. Etika kategoriyalarining o‘ziga xos xususiyatlari.
87. “Qobusnoma”, “Axloqi Muhsiniy”, “Bahoriston”, “Guliston” pandnomalarining
inson axloqiy kamolotidagi o‘rni.
88. Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining axloqiy qarashlari: Ahmad Donish, Abay va
Anbar Otin. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”, Abdurauf Fitratning
“Oila va oilani boshqarish xususida” nomli asarlarining axloqiy mohiyati.
89. Mustaqillik davrida yangi axloqiy tafakkurning shakllanishi.
90. Muhabbat - axloqshunoslikning eng asosiy kategoriyasi. Muhabbatning turlari:
Vatanga, millatga, ota-onaga, farzandga, insoniyatga, go‘zalikka muhabbat, muhabbat va
nafrat.
91. Axloqiy tamoyillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuvning o‘ziga xos
xususiyatlari.
Vatanparvarlik;
insonparvarlik;
erkparvarlik;
fidoiylik;
ziyolilik;
mehnatsevarlik; tinchlikparvarlik; jo‘mardlik; o‘zbekchilik; mehmondo‘stlik.
92. Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri, erkak va
ayolning o‘rni. Oila sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati va burchlari;
ajralish va uning oqibatlari.
93. Muomala madaniyati - axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi.
94. Shaxs axloqiy kamolotida ta’lim va tarbiyaning o‘rni.
95. Oilada yoshlar va qariyalarning huquqlarini himoya qilishda davlatning roli.
Oilaviy munosabatlarga noan’anaviy yondashuvlar: bir jinsli nikohlar, nikohsiz oilalar va
ularning oqibatlari.
4
96. Davlatning axloqiy mohiyati. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini
ta’minlashdagi o‘rni. Davlat tomonidan yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilinishining
ahamiyati. Oila shartnomasining axloqiy jihatlari.
97. Bilim - shaxsni maqsadga yo‘naltiruvchi kuch. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning
yutuqlari va kamchiliklari.
98. Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati.
99. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta’siri.
100. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
Do'stlaringiz bilan baham: |