Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув


Bolaga tarbiya va odob haqida maqollarning o’rni



Download 441,5 Kb.
bet11/13
Sana29.03.2022
Hajmi441,5 Kb.
#515742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14.Meretova Intizor

2.2 Bolaga tarbiya va odob haqida maqollarning o’rni.

O‘ta milliy, tarixiy badiiy-estetik hodisa sanaluvchi qo‘shiqlar millatning poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviy boyligi sifatida juda qadim zamonlardan to hozirgacha yaratilib, kuylanib kelmoqda. Xalq she’riyatining qadimiy, ommaviy, an’anaviy turi sanaluvchi qo‘shiqlar insonga, insoniyatga doimiy hamroh bo‘lib, unga m a’naviy turmushda ko‘makchi, xilma-xil marosimlarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o'tab kelmoqda. Xalq qo‘shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir bo‘luvchi ko‘ngilli va kolngilsiz voqealar, g‘amanduh yoki shodligu xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari his-tuyg‘ular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.


«Qo‘shiq» atamasining ilmiy istiloh holatiga keltirilganligiga juda ko‘p asrlar bo'lgan. Zero, u keng ma'noda xalq poeziyasini anglatsa, tor ma'noda xalq lirikasi shaklini — janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqalpoq, ozarbayjon va uyg‘ur folklorida bo‘lganidek. tojik folklorida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, tojikcha «Surud». qoraqalpoqcha «Qo‘siq», ozarbayjoncha «Qo‘shma» va uyg‘urcha «Qo‘shoq» istilohlari shunday estetik mohiyatga ega. M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida shunday to‘rtlik bor: Turkan qatun qutyog‘a, Tergur menden qoshyog‘ Ajg‘ul sizni tabug‘chi, Otnur jaqi tabug*. Mazmuni: Turkan xotun qoshig‘a, Mendan yetkur she’r. Xizmatga xodimingiz Rost, deb payom ber. Bu akademik A.Qayum ovning she’riy tabdili. Chindan-da, «Qoshig1» so‘zi dastlab «maqtov, alqov» ma’nosida qo‘llangan. Shunisi e'tiborliki, bu istiloh Yusuf xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») asarida fonetik o‘zgarishga uchragan holda «Qoshug‘» shaklini olgan bo‘lsa, Xorazmiyda «Qo‘sh» shaklini olgan. Chunonchi, Yusuf xos Hojibda: Bu turkche qoshuqlar tuzettim seg’e, Oqo‘rda uno‘tma duo qilmeg’e. Mazmuni: Bu turkcha qo‘shiqlami sen uchun tuzdim (yozdim), 0 ‘qiganingda unutmay duo qil meni. Xorazmiyda: Keley oy yuzli dilbar, tut bir qo‘sh, Biror qo‘sh birla qilgil bizni madxush. Bu baytda «Qo‘sh» so‘zi she’rbitish, yaratish ma’nosidadir. XII asr tilshunosi Mahmud Umar Zamaxshariy «Muqaddimat u-adab» arabcha — forscha - turkcha-mo‘g‘ulcha to‘rt tilli lug‘atida arabcha «she’r» istilohi turkiyda «Qo‘shiq» deyilishini izohlab, unga «-chi» qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan «Qo‘shiqchi» so‘zi mohiyatan «shoir» atamasiga ekvivalent ekanligini shunday ta’kidlaydi: «She’r ko'toh guft shoir — qisqa qo‘shiq aytdi qo'shiqchi». Alisher Navoiy ham «Mezon ul — avzon» («Vaznlar o ‘lchovi») asarida «Qo‘shiq» istilohini «poeziya» ma’nosida qo‘llab, yana uning ayolg‘u, lahn, turki deb yuritilishini, ayni chog‘da bular xalq poeziyasining ichki shakllari sifatida uchrashini ta’kidlaydi. Alisher Navoiy «Qo‘shiq» ning tor ma’noda janr tushunchasiga egaligiga alohida diqqat qilib yozadi: «Yana Qo‘shiqdurkim, org'ushtak usulida shoyidur va ba’zi advor kutubida ul usul bo‘lubtur va ul surud a ’robning teva surur hudilari vazni bila madidi musammani solimda voqe bo‘lur, aning asli bu na’vdurkim, bayt: Vahki ul oy hasrati dardi dog‘i firqati. Ham erur jonimga o’t ham hayotim ofati.» Navoiy bunda kuy bastalangan, vale aruzda bitilgan xalq qo‘shig‘ini ko‘zda tutadiki, hozir bunday hodisa «ashula» istilohi ostida qo‘shiqdan farq qilinadi va qo‘shiqning ichki bir xili sifatida tushuniladi. Bobur ham «Risolar aruz»da bu fikrni tasdiqlab yozadi: «Sulton Husayn Mirza zamonida yana bir surud chiqti kim «Turkiy»ga olq mavsum bo‘ldi Alisher Navoiy va Boburlar zamonidan e’tiboran qo‘shiqning ichki janrlarini farqlash tamoyilga aylana borgan. U muman, qo‘shiq atamasi turkiy «Qo‘shmoq» fe’li o’zagidan yasalgan bo‘lib, satrga satrni qo‘shib aytish va kuylash ma'nolarini anglatadi. Zero, xalq qo‘shig‘i kuy bilan birga tug‘iladi va shu xususiyati bilan yozma adabiyotdagi she’riyatdan farq etadi. Qolaversa, xalq qo‘shiqlari tarixan raqslar bilan ham yaxlitlashgan va albatta, kuylanishga muvofiqlashgani bilan ajralib turadi. A.Musaqulov shu xususiyatini nazarga olib, xalq qo‘shiqlarini «tarixiy asoslariga ko‘ra qadim tasavvurlar, urf-odatlar bilan, ayniqsa, hosildorlik kultlari bilan uzviy bog‘langan, kuy va raqs bilan birga paydo bo‘lib, kuy bilan munosabatini barqaror saqlab qolgan she’riy san’at turi» sanaydi. Shu mulohazalarga asoslanib aytish mumkinki, inson his-tuyg‘ularini, o‘y -orzularini, quvonch va g‘amlarini, xullas, rang-barang kechinmalarini tugal holatda ko‘pincha to‘rtlik va ma’lum holatlarda ikkilik, uchlik, beshlik, oltilik shakllarida kuy, ohang va raqs omuxtaligida ifodalab, og‘izdan-og‘izga o‘tish asosida xilma-xil variantlarda el orasida keng tarqalgan xalq she’ri qo‘shiq hisoblanadi. Qo’shiq xalq she’ri sifatida ham barm oq, ham aruz vaznlarida yaratilsa-da, yakka va jamoa (kollektiv), sozli (kuyli) va sozsiz (kuysiz) ijrolarga m o‘ljallanganligi bilan o’zaro farq qiladi. Ana shunday namunalari borki, ijrosi professional mahoratni talab etadi. Shu xususiyatiga ko‘ra xalq orasida qo‘shiq ijrochilari qo’shiqchi, xalfa, satang, go’yanda (nahvagar), ashulakash (ashulachi), laparchi, o’lanchi tarzida farqlanadi. Qo‘shiqchi ko‘pincha to'rtliklarni ijro etsa-da, aslida nisbatan kengroq ma’noda, umuman, qo‘shiq ijrochisi va ijodkori bo‘lsa, go'yanda (nahvagar) asosan yig‘i-yo‘qlovlarni kuylashga ixtisoslashgan qo‘shiqchidir. Ashulakash yoki ashulachi ko‘pincha maqom tarkibidagi qo‘shiq!arni yoki katta ashula deyilguvchi jo‘rsiz ijro etiladigan qo‘shiqni kuylay oladiganlardir. Laparchi raqsga tushgan holda qo‘shiq aytuvchi bo‘lsa. o‘lanchi to‘y marosimi qo‘shiqlarini ijro etuvchidir. Xalfa Xorazmda keng tarqalgan ayol qo‘shiqchiligi bo‘lib, ular ham to’y, ham aza qo‘shiqlarini baravar ijro etaveradilar. Satang Namanganda xalq qo‘shiqlarini doira jo'rligida ijro etuvchi ayollardir. Shuni ham aytish kerakki, xalq qo‘shiqlari turli joylarda turlicha ijro etiladi. Chunonchi, Farg'ona vodiysidagi yor-yor ijrosi Buxorodagidan va o ‘z navbatida, Xorazmdagi yor-yor bularning har ikkalasidan ham farq qiladi. Bu farq yor-yor ohangidagina emas, hatto naqarotida ham seziladi. Farg'onada va Toshkent vohasida «yor-yor» naqaroti (radifi) ominaviyroqdir. Katta qo‘shiq deyilguvchi jo‘rsiz ijro etiladigan qo‘shiq, asosan, Farg'ona vodiysi va Toshkent atroflarida uchrasa-da, O’zbekistonning boshqa joylari uchun xos emas. Farg‘ona qo‘shiq ijrochiligida dutor va doira jo’rligi nisbatan faol bo‘lsa, Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa tor, garmon hamda doira shunday maviyega ega. To‘rtliklar yakka ijro etilsa, yor-yorlar jamoa (kollektiv) tarzida, yalla va laparlar raqs va kuy uyg‘unligida ijro etiladi.

Download 441,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish