Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Boshqaruv hisobini tashkil etishning tamoyil va bosqichlari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/110
Sana15.11.2022
Hajmi2,15 Mb.
#866542
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
8.3. Boshqaruv hisobini tashkil etishning tamoyil va bosqichlari 
Korxonalarda boshqaruv hisobini joriy etish daromad va xarajatlarning 
tezkor hisobini biznesjarayonlar bo‗yicha moliyaviy va ishlab chiqarish 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha ma'sul javobgarlik markazlarini ajratib detallashtirilgan 
xolda yuritish imkoniyatini beradi. Boshqaruv hisobi rivojlanish darajasi ma'lum 
bir darajaga chiqqan, raxbariyati barcha bo‗linmalari faoliyatini shaxsan nazorat 
qila olmaydigan va o‗z vakolatini o‗rta bo‗g‗in raxbarlarga o‗tkaza boshlagan 
korxonalarda o‗ta zarurdir. Raxbarlarga nazoratni qo‗ldan chiqarmasligi uchun 
korxona faoliyati to‗g‗risida tezkor ma'lumotlar kerak. Bunday ma'lumotlarni 
faqatgina boshqaruv hisobi taqdim etishi mumkin.
Boshqaruv hisobini joriy etish metodologiyasi mavjud boshqaruv tizimini 
tahlil qilish va boshqaruv hisobi tizimiga qo‗yiladigan talablarni shakllantirish 
hamda hisob tizimini tashkil qilishni talab etadi.
Boshqaruv hisobini joriy etishni asosiy maqsadlari quyidagilardir: 

mahsulot turlari tannarxini to‗g‗ri hisob-kitob qilish; 
− boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sifatli ma'lumotlarni taqdim etish; 
− har bir ish joyni faoliyati natijasi bo‗yicha shaxsiy javobgarlikni joriy 
qilish. 
Bizningcha, boshqaruv hisobi quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
− turli ob'ektlar bo‗yicha yuritilgan xarajatlar hisobini iste'molchining talabi 
darajasida detallashtirilgan bo‗lishi; 
− yordamchi bo‗linmalar xarajatlarini qayta taqsimlashni ko‗p variantli 
tartibini bo‗lishi; 


226 

hisob davrini aniqlanishi; 
− hisobni va ma'lumotlarni kiritishni avtomatlashtirilishi; 

xarajat moddalarini aniq belgilanishi; 
− barcha bo‗g‗indagi ma'sullar uchun faoliyat samaradorligini asosiy
ko‗rsatkichlarini hisoblanishi; 
− 3 ta asosiy moliyaviy xujjatlar (balans, foyda va zararlar hisoboti va pul 
mablag‗lari xarakati haqidagi hisobot)ni tarkibini aniq-lanishi; 

schetlar rejasini tuzilishi; 
− tizimni asosiy foydalanuvchilari va ularni taqdim etilayotgan 
ma'lumotlarga bo‗lgan talabini aniqlanishi.
Boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishni xalqaro amaliyoti mavjuddir. 
Uni asosiy ko‗rsatkichlari va ko‗pgina tamoyillari moliyaviy hisobot va boshqaruv 
hisobini xalqaro standartlarida aks ettirilgan. Shuni ham ta'kidlash kerakki, so‗nggi 
vaqtlarda boshqaruv hisobi tushunchasini doirasi kengaymoqda va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishga ta'sir etuvchi omillar sifatida raqobat muhiti, mijozlar 
bilan o‗zaro munosabatlar tizimi, korxona ichidagi biznes-jarayonlar va boshqalar 
ham ko‗rib chiqilmoqda.
Mamlakatimizda boshqaruv hisobini joriy qilishni o‗ziga xos xususiyati 
mavjud. Boshqaruv hisobi tushunchasi bo‗yicha xorijda va bizda ikki xil 
qarashlarni mavjudligi mazkur xususiyatni bo‗lishiga asosiy sabab bo‗lmoqda. 
Xorijda asosiy diqqat ―boshqaruv hisobi‖ terminidagi ―boshqaruv‖ so‗ziga, bizda 
esa ―hisob‖ so‗ziga qaratiladi. Bu xolatga sabab xorijiy kompaniyalarda boshqaruv 
hisobi tahlil, rejalashtirish va qarorlar qabul qilish uchun, mamlakatimizdagi 
korxonalarda esa imkoniyat qadar haqqoniy, shaffof va aniq ma'lumotlarni olish 
uchun ishlatiladi (xorijda bu vazifalarni moliyaviy (buxgalteriya) hisob hal qiladi). 
Bizdagi boshqaruv hisobi bu avvalo korxona faoliyati haqidagi 
ma'lumotlarni to‗plash va tahlil qilish tizimidir. Mazkur ma'lumotlar tizimi 
korxona xo‗jalik faoliyati natijalarini to‗liq va haqqoniy ifodalaydi va korxona 
raxbariyatini ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
Undan keyingina strategik hisob va tahlil uchun javobgarlik markazlari darajasida 


227 
va faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlarni boshqarish maqsadida mazkur tizimdan 
foydalaniladi. 
O‗z navbatida boshqaruv hisobi keng qo‗llaniladigan mamlakatlarda uni 
quyidagi bir necha aloxida turlari shakllantirilmoqda: 
− ishlab chiqarish tannarxini hisoblashga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish 
hisobi; 
− ichki va tashqi ma'lumotlar tahliliga yo‗naltirilgan analitik hisob; 
− oddiy va takomillashgan direkt-kostingni ishlatadigan marjinal hisob; 
− korxonalarda byudjetlashtirish tizimini shakllantirish va byudjet bajarili-
shini nazorat qilishga yo‗naltirilgan byudjet (rejali) hisobi; 
− korxonani rivojlantirishning strategik rejalarini bajarilishini nazorat 
qilishga yo‗naltirilgan strategik hisob. Hisobni mazkur barcha turlari asta sekinlik 
bilan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan. Boshqaruv hisobini 
takomillashtirish nafaqat zamonaviy iqtisodiyotni rivojlanishi talabiga javob 
beradigan hisob modelini yaratish, balki boshqaruv va moliyaviy hisob 
ma'lumotlarini integratsiyalashga yo‗naltirilgandir. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda byudjet hisobi keng rivojlanmoqda. Byudjet 
hisobini hisobni aloxida bir turi yoki korxonadagi boshqaruv hisobi umumiy 
tizimini tarkibiy qismi sifatida ta'riflash mumkin. 
Boshqaruv hisobi tizimi eng avvalo strategik rejani bajarilishini kuzatish va 
nazorat qilishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. U quyidagilarni bajarishi lozim: 
a) korxona darajasida belgilangan strategik va lokal vazifalarni o‗zaro 
bog‗lash(kongruetnost'); 
b) korxonaning aloxida bo‗linmalari o‗rtasida samarali axborot 
almashinuvini ta'minlash; 
v) boshqaruvchilar uchun tahlil, nazorat va tegishli reja topshiriqlariga 
kerakli o‗zgartirishlarni kiritish uchun foydali bo‗lgan axborot almashinuvini 
ta'minlash. 
Boshqaruv hisobi tizimi va strategik rejalashtirish to‗liq bir biri bilan o‗zaro 
bog‗langan bo‗lishi kerak (27-chizma). Korxona raxbariyati belgilangan vazifalar 


228 
kerakli tartibda bajarilayotganligi va oxir-oqibatda korxonani strategik 
maqsadlariga erishilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish