3-jadval
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalari
T/r
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflarning xulosalarining mazmuni
1.
Boshqapuv hisobi–ishlab chiqapish xapajatlapini hisob-ga olish va mahsulot
tannapxini kal'kulyasiyalash-dangina ibopat emas
2.
Boshqapuv hisobi hisob (buxgaltepiya va tezkop hisobni) bilan birga hisob
ma'lumotlapini qayta ishlash va ulapning tahlilini ham o‗z ichiga oladi
3.
Boshqapuv hisobi istiqbolni belgilash, qapoplar qabul qilish va boshqapuv
uchun zapup bo‗lgan ma'lumotlapni o‗z vaqtida hamda to‗liq yetkazib
bepilishi ustidan nazopat qilishga alohida e'tibop qapatadi
4.
Boshqapuv hisobi hisobga olish va analitik ishlapdan tashqapi, xapajatlap,
mahsulot ishlab chiqapish, alohida tupdagi mahsulotlap pentabelligi hamda
qapoplar qabul qilish ustidan boshqapish funksiyasini ham bajapadi.
1.2.Boshqaruv hisobi, uning prеdmеti va mеtodi
Boshqaruv hisobi ham boshqa fanlarga o‗xshab, o‗z predmeti, ob'ekti,
tamoyili va metodlariga egadir hamda rivojlanish bosqichidadir.
Tadqiqotlar boshqaruv hisobi predmeti va ob'ekti hamda qo‗llaydigan
metodlari borasida ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda.
Fikrimizcha, boshqaruv hisobi predmetini ilmiy asoslash uchun mazkur
masala bo‗yicha muqobil yondashuvlarni ko‗rib chiqish va tahlil qilish lozim (2-
ilova).
2-ilovadan ko‗rinib turibdiki, barcha tadqiqotlar bir-birini to‗ldirmoqda.
Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini axborot funksiyasiga asosiy e'tiborini
15
qaratishayotgan bo‗lsa, boshqalari boshqaruv hisobi predmetini uning muhim
ob'ekti bo‗lgan rejalashtirilgan moliyaviy natijaga erishish uchun qilinadigan
xarajatlar sifatida ta'riflamoqda.
Bu boradagi tadqiqotlarni o‗rganib, quyidagicha fikrga kelindi: boshqaruv
hisobining predmeti ishlab chiqarishni boshqarishning butun sikli jarayonidagi
ob'ektlar majmuasi hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi kun talabiga javob
beradigan boshqaruv hisobining predmeti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish
hamda innovasion faoliyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
xodimlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‗rsatish,
tashqi muhit agentlari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar va kredit
tashkilotlari)ning o‗zaro hamkorligini qamrab olishi kerak. Bizningcha, boshqaruv
hisobining predmetiga sifat va jarayonni davom etish muddati ko‗rsatkichlari,
sub'ektiv baholashlar, masalan, mijozlarni qoniqish darajasi, xodimlarning
salohiyati va yangi mahsulotni ekspluatasion sifatlarini ham kiritish vaqti yetib
keldi.
Boshqapuv hisobi predmetining mohiyatini ob'ektlari ochib beradi.
Boshqaruv hisobi bo‗yicha iqtisodchi olimlarning bu boradagi tadqiqotlari 3-
ilovada
keltirilgan. Ilovani o‗rganish orqali quyidagi fikrga kelindi: boshqaruv
hisobi ob'ektlariga korxona va uning tarkibiy bo‗linmalari xarajati va xo‗jalik
faoliyati natijalari, mas'uliyat markazlari va xarajat markazlari xarajati hamda
natijalari, ichki baholash, byudjetlashtirish, ichki hisobotlar va korxonaning ichki
hamda tashqi muhiti kiradi.
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifalariga keladigan bo‗lsak, iqtisodiy
adabiyotlarda boshqaruv hisobining maqsadlari bo‗yicha ko‗plab ma'lumotlar
keltirilgan. Ularni o‗rganish ko‗pgina mualliflar boshqaruv hisobi maqsadini
quyidagi 1-chizmada
tasvirlangan tartibda belgilayotganligini ko‗rsatmoqda:
16
Do'stlaringiz bilan baham: |