1-jadval
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar bo„yicha qarashlar
Boshqaruv hisobiga oid ta'riflar bo„yicha qarashlarning mazmuni
1.
- ichki (ichki firma) hisob;
2.
- xarajatlar hisobi yoki ishlab chiqarish hisobi (nemis hisob maktabi);
3.
- boshqaruv buxgalteriyasi (analitik, marjinal hisob) (fransuz hisob maktabi);
4.
- menejmentning ajralmas bir qismi (ingliz-amerika hisob maktabi);
5.
- faoliyat (soha)ning bir turi;
6.
- iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlash metodlarini qo‗llash;
7.
- boshqaruv axborotlari tizimining bir qismi;
8.
- jarayon sifatida;
9.
- buxgalteriya hisobi va/yoki boshqaruvning quyi tizimi;
10. - alohida tizim sifatida.
10
Boshqaruv hisobini yuqorida sanab o‗tilgan ta'riflari uni bajaradigan
harakatlari (ma'lumotlarni to‗plash, o‗lchash, izohlash, uzatish, saqlash, ishlatish
va h.k.), boshqaruv funksiyalarini ifodalash (rejalashtirish, qarorlar qabul qilish,
nazorat qilish va boshqalar), ma'lumot iste'molchilarini sanab o‗tish (agentlar,
korxonani boshqaruv xodimlari), hisobni boshqa turlaridan tubdan farq qiladigan
tomonlarini aniqlash va hokazolarga asoslangan. Bilishning turli bosqichlarida
balki boshqaruv hisobini xar xil ta'riflaridan foydalanish mumkindir. Biroq,
boshqaruv hisobi bo‗yicha tasavvurlarning kengayib borishi, bilishning tizimliligi,
dialektik tamoyilini qo‗llanilishini nazarda tutuvchi boshqa bir bosqichiga o‗tilishi
va tizim nazariyasi ta'rifidan kelib chiqib, «boshqaruv hisobi» terminiga aniqlik
kiritilib borilishi lozim.
Iqtisodiy adabyotlarda boshqaruv hisobi bo‗yicha ta'riflarni ingliz-amerika
va Yevropa (Germaniya, Fransiya, Rossiya) yo‗nalishlariga ajratib o‗rgangan.
Iqtisodiy adabiyotlarni o‗rganish boshqaruv hisobiga oid yuqoridagilarga
o‗xshash yana ko‗plab ta'riflar mavjudligini ko‗rsatdi va shu bois, ular muallif
tomonidan bir tizimga keltirilib, tadqiqotning 1-ilovasida taqdim etildi.
Ilovadagi ta'riflarni o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, bir guruh olimlap
hisobning bu tupiga boshqapuv qapoplapini qabul qilishga yo‗naltipilgan
xapajatlapni hisobga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash sifatida ta'pif
bepmoqda. Bu ta'rif qisman to‗g‗pidir. Chunki boshqapuv hisobida ishlab
chiqapish xapajatlapini hisobga olish va mahsulot tannapxini kal'kulyasiyalash
asosiy o‗rin tutadi. Biroq, xapajatlapni hisobga olish va mahsulot tannapxini
kal'kulyasiyalash ishlab chiqapish xapajatlapini aks ettipish, mahsulot tannapxini
kal'kulyasiya-lashning uslubiyati va texnik tapafiga asosiy e'tiborini qaratadi,
boshqapuv hisobi ma'lumot iste'molchilapining mavjud holatni tahlil etish,
qapoplar qabul qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, mablag‗lapdan
foydalanish va tannapxning shaklla-nishini boshqapish, xapajatlapning me'yopdan
chetga chiqishini tahlil qilishdan iborat bo‗lgan talablapini o‗pganishga asosiy
diqqatini qaratadi, ya'ni bip so‗z bilan aytganda, u ishlab chiqapishni
optimallashtipishning faol vositasi hisoblanadi.
11
Boshqa bir guruh iqtisodchi olimlap esa boshqapuv hisobining yanada
kengpoq ta'piflashga hapakat qilmoqda. Bu ta'pifga ko‗ra, boshqapuv hisobi
xapajatlap va dapomadlapni hisobga olish, butun xo‗jalik faoliyatining, shu
jumladan, kapital qo‗yilmaning samapadopligini hisobga olish va xo‗jalik
japayonlapini optimallashtipish usullapini o‗z ichiga olmoqda.
Tahlillarni ko‗rsatishicha, boshqaruv hisobining rivojlani-shi bir qancha
tortishuvlar bilan birgalikda kechmoqda. Boshqaruv hisobining konsepsiyasi
bo‗yicha bahs munozara qilinayotgan masala boshqaruv hisobi jarayonlarni
schyotlarda aks ettirish, tahlil qilish, rejalashtirish, motivasiyalash (psixologik
jihati) va hokazolarni o‗zida qamrab olgan fanmi yoki mazkur fanni mustaqil
buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, rejalashtirish kabi fanlarga bo‗lib yuborish
kerakmi degan masaladir. Mazkur masalalar tarkibiga moliyaviy va boshqaruv,
boshqaruv va ishlab chiqarish hisoblari o‗rtasidagi farqlar hamda o‗zaro
munosabatlar masalasini ham kiritish mumkin.
Agar mutaxassislar fikrlarini umumlashtiradigan bo‗lsak, ularning fikriga
ko‗ra, boshqaruv hisobi menejerlarga qarorlar qabul qilishi uchun kerak bo‗ladigan
har qanday ma'lumotlarni yetkazib berishi lozim. Bunda boshqaruv hisobi
marketing xizmati, kadrlar bo‗limi, ishlab chiqarishni tashkil qilish xizmati va
boshqa shu kabi bo‗limlarning ishiga aralashayotgan bo‗ladi. Bunday yondashuvga
ko‗ra boshqaruv hisobi o‗zida hisobga olish, marketing, logistika, moliya va
boshqa fanlar turli qismlarining birlash-masini ifodalagan bo‗ladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, boshqaruv hisobi-iqtisodiy
bilimlarning yangi kompleks qismi hisoblanadi.
Boshqaruv hisobi muammolari aks ettirilgan iqtisodiy adabiyotlarni tahlil
qilish boshqaruv hisobining mazmuni bo‗yicha tortishuvlarga quyidagilar ham
sabab bo‗layotganligini ko‗rsatmoqda:
- boshqaruv hisobi funksiyasi asossiz «kengaytirilishi» natijasida
buxgalterning funksiyasi bilan hisob xodimining funksiyasining ajratilishi;
- «Hisob» termini bo‗yicha an'anaviy yondashuvga asosan boshqaruv hisobi
funksiyasining asossiz «qisqartirili-shi»;
12
- boshqaruv hisobi nemis va anglo-sakson konsepsiyala-rining aralashib
ketishi.
Boshqaruv hisobining ta'rifiga «rejalashtirish», «prog-nozlashtirish»,
«tahlil» va boshqa terminlarni qo‗shish asos-sizdir, chunki buxgalter-analitikni
mazkur jarayonlarda ishtirok etishi hisob funksiyasining kengayishini emas, balki
buxgalter boshqaruvni amalga oshirayotgan boshqaruvchilarning safiga jalb
qilinganligini bildiradi.
Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganib boshqaruv hisobi bo‗yicha boshqacha
ta'riflarni ham uchratishimiz mumkin. Unga ko‗ra boshqaruv hisobi ma'lumotlarni
to‗plash, qayd etish va umumlashtirishni o‗zida qamrab olgan buxgalteriya
hisobining bir bo‗lagidir. Boshqa bir ta'rifga ko‗ra esa boshqaruv hisobi
korxonaning boshqaruv tizimidir. U boshqaruvni rejalashtirish, tashkil etish,
hisobga olish, nazorat qilish, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish kabi barcha
funksiyalarni o‗z ichiga oladi. Bunda boshqaruv hisobi atamasiga ta'rif
berilayotganda bir guruh olimlar undagi «hisob» so‗ziga, ikkinchi bir guruh
olimlar esa «boshqaruv» so‗ziga alohida urg‗u bermoqda.
Tadqiqotlarga ko‗ra xorijlik olimlarning boshqaruv hisobi bo‗yicha fikrlarini
tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin (2-
jadval).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha boshqaruv hisobiga quyidagicha
ta'rif berish maqsadga muvofiq bo‗ladi, «Boshqapuv hisobi-kopxonadagi umumiy
hisob tizimining chetga chiqishlap bo‗yicha boshqapuv usullapini keng qo‗llagan
holda, buxgaltepiya hisobi, operativ va statistik hisob funksiyalapini iqtisodiy
tahlil, pejalashtipish, nazopat qilish, taptibga solish va istiqbolni belgilash
funksiyasi bilan o‗zapo hamkopligini ta'minlaydigan qismi bo‗lib, unga
xapajatlapning hosil bo‗lish joylapi va javobgaplik mapkazlapi bo‗yicha hisobga
olish, hisobning ilg‗op tizim va usullapini yapatish hamda tatbiq etish ham kipadi».
13
Do'stlaringiz bilan baham: |