Ўзбекистон республикаси халқ



Download 126,5 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi126,5 Kb.
#302355
1   2
Bog'liq
amalyot

Tuzuvchilar:

dots. Botirov D.B –Informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti;

Tangirov X.E –informatika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi

Tuzuvchilar:

T.f.n, dots. Yusupov R.M-Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri

dots.

F.N. Haitov- Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti
Kelishildi:

____________S.Isomiddinov – Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i
____________ T.f.n, dots. Yusupov R.M-Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri
Ишчи дастур Бошланғич таълим методикаси кафедраси (Баённома №__.,__.08.2021 йил) йиғилишида муҳокамадан ўтган ва факультет Илмий кенгашида (Баённома №__., ___.08.2021 йил) муҳокама килиниб, фойдаланишга тавсия қилинган.

***

1. Pedagogik amaliyotning vazifalari

Рedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Har bir talabaning pedagogik faoliyatga ongli, qiziquvchanlik bilan qatnashishini shakllantirish, pedagogik kasbga muhabbat hissi bilan qarash, hurmatini rivojlantirish va mustahkamlash ijtimoiy, maxsus, pedagogika va psixologiya fanlarni chuqur o’rganishga yordam berish.

2. Bo’lajak o’qituvchining yangi jamiyat talablariga, shuningdek, mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini egallashiga yordam berish.

3. Talaba tomonidan institut auditoriyasida egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlar jarayonida mohirona foydalanishga o’rgatish.

4. Talabalarni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilish va tanlash uquvi bilan qurollantirish.

5. Talabalarni o’quv-tarbiya muassasalardagi ta’lim-tarbiya ishlarining hozirgi davrdagi holatlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va o’rgatish.

6. Talabalarni psixologiya, pedagogika, bolalar va yoshlar fiziologiyasi fanlaridan egallagan bilimlari asosida, mustaqil Uzbekiston Respublikasi xalqlarining milliy-madaniy dasturlaridan foydalanib mashg’ulotlar tashkil qilishga o’rgatish.

7. Talabalarni o’quvchilarning bilish faoliyatini jadallashtiruvchi har xil usul va metodlarni ko’rgazmali texnik vositalarni, an’anaviy va noan’anaviy dars va tarbiya turlarin foydalanishga jalb qilish.

8. Bo’lajak o’qituvchilarni sinf rahbari faoliyatini bajarishga har tomonlama tayyorlash.

9. O’quvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, shakllanish va bilim darajasini o’rganish maqsadida talabalarning ular bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish.

10. Talabalarni ilg’or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’rganishga jalb qilish, ularda pedagogik izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, kurs va diplom ishlarini bajarishga yordam berish.

11. Talabalarni pedagogik faoliyatga ijodiy va izlanuvchanlik bilan yondashishga, o’z faoliyatini tanqidiy baholashga, mustaqil bilim olishga bo’lgan talabchanlikni shakllantirish.

12. Talaba-amaliyotchilarni xalq pedagogikasining bebaho durdonalaridan mohirona foydalanishga o’rgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida, milliy maktabda milliy tarbiyani muvaffaqiyotli olib borishga o’rgatish.

13. Bo’lajak o’qituvchilarni o’qitish ishlarini uyushtirishda o’quvchilarga dunyo va davlat ta’limi me’yorlari talablari darajasida bilim berishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash.


2. Pedagogik amaliyotning mazmuni



  1. Talabalarning pedagogik amaliyot boshlanishiga bag’ishlangan kirish konferensiyasida qatnashish.

  2. Maktab bilan umumiy tanishish talaba-amaliyotchilar uchun maktab rahbarlari, bolalar va yoshlar tashkilotlari yetakchilarining suhbatlarini o’tkazish.

  3. Mutaxassisliklar bo’yicha maktabdagi o’quv-moddiy baza bilan tanishish.

  4. Talabalarning sinflarga taqsimlanishi va amaliyot davomida mutaxassislik fanlari bo’yicha amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari (darslar, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar) mavzularini belgilab olishlari.

  5. Birkitilgan sinf va undagi o’quvchilar jamoasi bilan tanishish; mutaxassisliklar bo’yicha fan o’qituvchilari va sinf rahbarlarining ish tajribasini o’rganish (ular bilan suhbatlashish, ish rejalarini sinchiklab o’rganish); amaliyot davomida bajariladigan tarbiyaviy ishlar mavzuini belgilab olish.

  6. Mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi o’tadigan darslar, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish.

  7. Sinf rahbari olib borayotgan tarbiyaviy ishlarni kuzatib borish va ularni tahlil qilish.

  8. Yuborilgan maktabda pedagogik amaliyot o’tish bo’yicha shaxsiy ish reja tuzish va uni amaliyot rahbarlaridan tasdiqlatib olish.

  9. Mutaxassislik fanlari, jumladan informatia bo’yicha talabalarning har xil tipdagi darslarni tayyorlashi va o’tishi.

  10. Talabalarning informatika bo’yicha har xil darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tayyorlash va amalga oshirish.

  11. Sinf rahbari rejasi asosida tarbiyaviy ishlar olib borish.

  12. Talabalarning o’z o’rtoqlari darslarini, darsdan va sinfdan tashqari ishlarini kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish.

  13. O’rtoqlarining sinf rahbari sifatida va maktab bo’yicha bajaradigan tarbiyaviy ishlarini kuzatish va ularning tahlilida qatnashish.

  14. Talabalarning ota-onalar bilan tegishli ishlar olib borishi.

  15. Talabalarning dars yoki biror bir boshqa ta’lim-tarbiya mashg’ulotini psixologik jihatdan tahlil qilish.

  16. Maktab gigiyenasi bo’yicha tegishli topshiriqlar bajarish.

  17. Maktab bo’yicha talabalarning navbatchiligi.

  18. Pedagogik amaliyotga bag’ishlangan metodik kengashlar o’tkazish va ularga talaba-amaliyotchilarning faol qatnashishi.

  19. Talabalarning o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish bo’yicha ish bajarishlari.

  20. Talabalarning informatika bo’yicha fakul’tativ mashg’ulotlar o’tkazish metodikasi bilan tanishishlari va shunday mashg’ulotlarni namuna tarzida o’tkazishlari.

  21. Мактаб бўйича таълим-тарбия йўналишидаги тадбирларни тайёрлаш ва ўтказишда фаол қатнашиш.

  22. Talabalarning informatika bo’yicha metodik birlashma hamda pedagogik kengash yig’lishlarida qatnashishlari.

  23. Talabalarning butun amaliyot davomida tegishli hujjatlarni talablar saviyasida yuritib borishlari.

Pedagogik amaliyot oxirida o’tkaziladigan yakuniy konferensiyada barcha talaba-amaliyotchilarning faol ishtirok etishlari.

PEDAGOGIK AMALIYoT REJASI

Maktab bilan tanishish – maktab direktori, ilmiy ishlar bo’yicha va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashish;

Talabaning o’ziga biriktirilgan sinfini o’rganish o’qituvchilar va sinf rahbarlarining ishlari bilan tanishish (ular bilan suhbatlashish, ishlash);

Turli xil metodni qo’llab va mashg’ulotni YaPT asosida tashkil qilishdan foydalanib, o’tilgan darslarni tahlil qilish;

O’quvchilarning qiziqishiga Fakulьtativ mashg’ulotlar metodikasi va tashkil qilinishi bilan tanishish;

Predmet bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish; sinfdan tashqari o’tkazilgan mashg’ulotlarni tahlil va muhokama qilish;

Amaliyotchi o’ziga biriktirilgan sinfda o’qituvchi va sinf rahbarining hamma funksiyalarini (vazifalarini) bajarishi;

O’quvchi shaxsi va sinfni psixologik va pedagogik tavsifnomasini tuzish;

O’quvchilar bilan shaxsiy (individual) ishlarni olib borish;

O’quvchilar bilan siyosiy va ahloqiy mavzuda suhbatlar o’tkazish, sinf majlisiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish, sinf rahbari bilan birgalikda sayohatlarga tayyorgarlik ko’rish, uni o’tkazish, tashabbuskorlik, ish faoliyatini bir turini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish, vatanimizning atoqli kishilari bilan uchrashuvlar uyushtirishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish, kitobxonalar konferensiyasini tashkil qilish hokazolar.

Yoshlar yetakchisi va sinf faollari bilan ishlash, ish rejasini tuzishda, yoshlar yetakchisi majlisini o’tkazishga tayyorgarlik va uni o’tkazishda, siyosiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda yordamlashish;

O’quvchilarning kasb tanlashi ishlari ustida ishlash;

Umum maktab tarbiyaviy tadbirlarida ishtirok etish;

Ota – onalar orasida pedagogik tashviqot ishlarini olib borish; ota – onalar majlisiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish.

Talabalarning vazifalari

Amaliyotchi-talaba ushbu dasturda va pedagogik amaliyot nizomida ko’rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O’quvchilarga tashkilotchilik, intizomlilik, xushmuomilalik va mehnatsevarlik namunalarini ko’rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o’tkazilayotgan mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rib kelishi kerak.

Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga bo’ysunishi zarur. Amaliyotchi unga yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishi mumkin.

Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz topilgan talabaga fakulьtet kengashining ruhsati bilan o’quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o’tish belgilanadi.

Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor qilib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv konsulьtatsiyalar va seminarlar haqidagi xabarlarni yetkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir.

Talabalarning pedagogik amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash

Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga ayrim o’quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o’tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o’qituvchilarni ko’rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigiyenasi bo’yicha bajaradigan topshiriqlar bo’yicha zarur bo’lgan maьlumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar.

Amaliyotning har bir turi o’tkazilgandan so’ng talabalar quyidagi hujjatlarni topshiradilar: bajarilgan ishilarning hisoboti, faol va passiv o’quvchilarga psixologik-pedagogik tavsifnoma, sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, 3-4 darsning rejasi, dars konspekti va unga oid tayyorlangan ko’rgazmali qurollar, hamda tarbiyaviy tadbirlarning birortasining konspekti, shu kanspektlar bo’yicha o’tilgan darslar va tarbiyaviy tadbirning qayidnomalari, 8-10 ta kuzatilgan darslarning taxlili, o’tkazilgan sinfdan tashqari tadbirning ssenariysi va qaydnomasi amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi.

3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o’tkazadigan yig’ilishda va fakulьtetning ilmiy- amaliy anjumanida yakunlanadi.

Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko’ra va zarur bo’lgan hujjatlar topshirilgandan keyin talabaga ball va baho qo’yiladi; pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya, uslubiy va maktab gigiyenasi bo’yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo’lsa baho qo’yilmaydi.

Mutaxassislik bo’yicha uslubchi o’qituvchi:

1). Pedagogik amaliyotga bag’ishlangan tushuntirish va yakuniy anjumanda, shuningdek amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o’tkazadigan yig’ilishda qatnashadi:

2).Talabalarni mutaxassislik fanlari o’tiladigan darslarga, predmet bo’yicha sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlarni taqsimlaydi:

3). Мактаб ўқитувчилари билан биргаликда амалиётчиларга дарс temalarini va predmet bo’yicha sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlarini taqsimlaydi:

4).Talabalar tomonidan o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashuviga yordam qiluvchi uslub asosida turli xil darslarni va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni o’tishni tashkil etish: talabalarni darsga va sinfdan tashqari mashg’ulotga fan bo’yicha tayyorgarlik ko’rishida unga konsulьtatsiyalar beradi, ularni rejasi va konspektlarini tekshirib tasdiqlaydi, darsga va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda qatnashib, ularni analiz qiladi va baholaydi.

5). Maktab o’qituvchilarini talaba-amaliyotchilar bilan olib boradigan ishlariga ilmiy-uslubiy jihatidan yordam beradi:

6). O’tkazilgan amaliyot yakuni to’g’risida guruh rahbariga maьlumot beradi.

Pedagogika o’qituvchisi:

Pedagogik amaliyotga bag’ishlangan tushuntirish va yakuniy anjumanda, shuningdek amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab derektori o’tkazadigan yig’ilishda qatnashadi:

Amaliyotchilarni sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishini tashkil etadi va uni analiz qiladi:

Sinf rahbari bilan birgalikda amaliyotchilarning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi:

Talabalarni o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishini taьminlaydi: tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda konsulьtatsiyalar beradi, tarbiyaviy tadbirlar rejalari va konspektlarini tekshiradi, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda qatnashadi, ularni analiz qiladi va baholaydi:

Talabalarga o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganishga yordam beradi;

Guruh rahbari, maxsus kafedralarning uslubchilari, psixologiya o’qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi;

Guruh rahbariga talabalar olib borayotgan tarbiyaviy ishlar bo’yicha maьlumot beradi.

Psixologiya o’qituvchisi:

Pedagogik amaliyot bo’yicha o’tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanda hamda maktab direktori o’tkazadigan yig’ilishda ishtrok etadi.

Amaliyotchilarning darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlariga va ularni analizlariga qatnashadi:

Talabalarning o’quvchilar kollektivi va shaxsini o’rganishga, pedagogik amaliyot dasturida ko’rsatilgan psixologiya bo’yicha topshiriq xillarini bajarishga rahbarlik qiladi.

Guruh rahbari, uslubchi o’qituvchi, pedagogika kafedrasi o’qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi.

Maktab direktori (uning o’rinbosarining):

Maktabda pedagogik amaliyotni o’tishi uchun normal sharoit yaratib beradi, o’qituvchilar, xizmatchilar va maktab o’quvchilari bilan ish olib boradi:

Talabalarni maktab bilan, o’quv-tarbiyaviy ishlarning qo’yilishi, o’qituvchilar tarkibi, maktab hujjatlari, uning o’quv material bazasi (kabinetlar, ustaxonalar, kutubxonalar va boshqalar) bilan, pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar komiteti ishlari bilan tanishtiradi:

Guruh rahbari va uslubchi o’qituvchi bilan birgalikda talabalarni sinflar bo’yicha taqsimlaydi:

Amaliyotchilarni (ayrimlarini) darsdan va sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlari va ularni muhokamasida qatnashadi:

Pedagogik amaliyotni boshlanishida va u tamom bo’lgach yig’ilish o’tkazadi.

7.7. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi:

1) Talabalarning maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi:

Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o’tkazishda yordam beradi:

Talaba-amaliyotchilar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va o’tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi:

Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida va ularni muhokamasida qatnashadi:

Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o’tkazadigan yig’ilishda ishtrok etadi

Fan o’qituvchisi:

Talabalarni o’z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulot o’tkazadi:

Uslubchi o’qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlar mavzularini taqsimlab beradi:

Talabalarini sinfdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rishida konsulьtatsiyalar beradi, o’tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg’ulotni rejasi va konspektini tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg’ulot o’tishiga rozilik beradi:

Talabalar tomonidan o’tkazilgan dars va fan bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlarni muhokamasi va uni baholashda qatnashadi:

Amaliyotchilarni o’quvchilar bilan to’garak ishlarini o’tkazishga qo’shimcha, darslarni o’tishga, ko’rgazmali qurollar tayyorlashga va daftarlarni tekshirishga jalb etadi:

Pedagogik amaliyot bo’yicha direktor o’tkazadigan yig’ilishlarda hamda institutdagi yakuniy anjumanlarda qatnashadi.

Sinf rahbari:

Talabalarni sinfdagi o’quvchilar ro’yxati, ularni o’zlashtirishi, davomati, xulqi bilan, asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o’z ish rejasi bilan tanishtiradi, o’quvchilar bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o’tkazadi:

O’quvchilarni shaxsiy xususiyatlarini o’rganishda amaliyotchilarga yordam ko’rsatadi:

Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo’lgan tarbiyaviy masalalarni belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga konsulьtatsiyalar beradi:

Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi:

Talabalarni sinfdan tashqari o’tkazadigan mashg’ulotlariga ularni muhokamasi va baholanishida qatnashadi:

Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o’tkazadigan yig’ilishda qatnashadi.

Талабаларнинг IV-курсдаги педагогик амалиёт давомида амалга оширган ишлари ва амалиётга доир ҳужжатлари маъсул кафедраларнинг услубчи профессор-ўқитувчилари томонидан таҳлил қилиниб, талабалар педагогика ва психология фани бўйича услубчи ўқитувчилари, мутахассис фан ва қўшимча мутахассис фан услубчи ўқитувчилари ва мактабдаги услубчи ўқитувчилари ҳамкорлигида қўйилган балл ва баҳолар асосида бош услубчи ўқитувчи томонидан умумлаштирилиб, институт рейтинг низомига кўра баҳоланадилар.


9. Malakaviy amaliyot yakuni

Fakulьtet va institutda pedagogik amaliyot yakuniga doir yakuniy anjuman o’tkaziladi. Yakuniy anjumanda bosh uslubchi o’qituvchi va talabalarning vakillari ma’ruza qiladi. Pedagogik amaliyot davomida namunali faoliyat ko’rsatgan uslubchi o’qituvchilar, maktab rahbarlari, fan o’qituvchilar va ilg’or talabalar rag’batlantiriladi.

2. Anjuman oldidan fakulьtet amaliyotchi talabalari tomonidan taqdim etilgan ishlar yuzasidan ko’rik tanlov va ko’rgazma tashkil qilinadi.

3. O’tkazilgan pedagogik amaliyotga oid barcha hujjatlar fakul’tet pedagogik amaliyot rahbariga yoki uslubiy kafedraga topshiriladi.


Pedagogik amaliyotini o’tkazish bo’yicha
11. Pedagogik amaliyot bo’yicha hisobot yozishning namunaviy shakli (uslubchi o’qituvchilar uchun)

1. Kurslar bo’yicha alohida yoziladi.

2. Pedagogik amaliyot o’tkazilgan maktablarning ro’yxati:

Maktab pedogogik amaliyot o’tkazish uchun talablarga javob beradimi, maktabga va uning yetakchi o’qituvchilarga kiskacha xarakteristika (jixozlangan xonalari, texnika vositalari, tajribali o’qituvchilari va h.k.)

3. Uslubchi o’qituvchilarga qisqacha xarakteristka:

Tajribasi, maktabda dars beradimi? Qayerdaligi aniq ko’rsatilsin.

Ular olib borgan ishlarning qisqacha mazmuni va xarakteri, ajratilgan soatlardan unumli foydalanishi. Ularni nazorat qilishning aniq formalari.

4. Amaliyotning sifatli o’tishini ta’minlash maqsadida kafedraning o’tkazgan tadbirlari:

a) ochiq namunali darslar soni, uslubchilarning ismi va familiyasi.

b) uslubchi o’qituvchilarning darajasi.

Fan doktori, professor.

Fan nomzodi, dotsent.

Katta o’qituvchi.

O’qituvchi.

5. Coatbay maktabdan jalb etilgan.

6. Mutaxassislik bo’yicha talabalar ilmiy va uslubiy saviyalari.

7. Amaliyotchilarning o’quv qurollari bilan taьminlanishi.

8. Talabalarning o’tkazgan darslariga va tarbiyaviy tadbirlariga tavsifnoma.

9. Amaliyot o’tish jarayonida uchragan kamchiliklar.
10. Dekanat va kafedraning ishtiroki va amaliyotchilarga ko’rsatgan yordamlari.

11. Amaliyot jarayonida talaba va uslubchi o’qituvchi tomonidan o’tkaziladigan ma’ruza va suhbatlar soni, tematikasi.

12. Ma’lumotlar:

amaliyotchilar soni;

tayyorlangan ko’rgazmali qurollar soni;

o’tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar soni;

o’tkazilgan kechalar soni;

o’tkazilgan ekskursiyalar va madaniy yurishlar;

olimlar va yozuvchilar bilan tashkil qilingan uchrashuvlar soni;

mustaqil va sinov darslarining soni (aloxida-alohida)

B A H O L A R

A’lo ______

Yaxshi ______

Qoniqarli ______

Baholanmadi ______

jami: ___________


13.Amaliyot davrida uchraydigan asosiy kamchiliklar (tashkiliy, uslubiy, pedagogik xarakterdagi) va ularni tuzatish yuzasidan takliflar.

14. Pedagogika, psixologiya va boshqa kafedralarning ishtiroki. Kamchiliklar (aniq faktlar asosida)

15.Maktab ma’muriyatining pedagogik amaliyotga yordami.

16. Amaliyot haqidagi yakuniy xulosa.

17. Pedagogik amaliyotdagi kamchiliklarni tuzatish, takomillashtirish haqida taklif va muloxazalar.

Talaba-amaliyotchining shaxsiy ish rejasi

1-hafta

- Fakulьtet va maktabdagi pedagogik amaliyotga bag’ishlangan konferensiyada ishtirok etish;

- Maktabda matematika va informatika o’qitishning moddiy texnika bazasini qarab chiqish;

- Maktab kutubxonasi bilan tanishish;

- Biriktirilgan maktab jamoasi bilan yaqindan tanishish. Biriktirilgan sinf o’quvchilari, sinf rahbari, fan o’qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borish rejasini tuzish;

- Tarbiyaviy va taqvim ish rejalarini tuzish;

- Hafta mobaynida 12 soat dars kuzatish va taxlil qilish;

- Metodist o’qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko’rsatmalar olish.


2-hafta

- Maktab maьmuriyati va jamoat tashkilotlari ishlari bilan tanishish;

- Matematika fani metodbirlashmasi ishlari bilan tanishish;

- Biriktirilgan o’qituvchidan dars konspektini yozishni o’rganish;

- Tajribali o’qituvchilar ish faoliyatlari bilan tanishib borish;

- 12 soat dars kuzatish va taxlil qilish;

- Ko’rgazmali qurollar tayyorlash;

- Sinf rahbari o’tkazadigan tarbiyaviy mashg’ulotlarni va boshqa tadbirlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish;

- Har xil tipdagi matematika darslarini o’tishga tayyorgarlik ko’rish;

- Kafedra tomonidan biriktirilgan metodist yordamida bajariladigan ishlarni rejalashtirish, bajarilgan ishlarni muhokama qilish.

3-hafta

- Pedagogik kengash ish faoliyati bilan tanishish;

- Mutaxassislik fanlaridan talaba amaliyotchilar o’tadigan darslar va ularning muhokamasida qatnashish;

- 2 soat mustaqil dars o’tish;

- Sinfda tarbiyaviy mavzuda suhbat o’tkazish;

- Har xil mutaxassislik fani bo’yicha o’qituvchi uyushtiradigan darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tahlil qilish;

- Ko’rgazmali qurollar tayyorlash;

- Sinf o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlar olib borish;

- Ota-onalar yig’ilishini o’tkazish;

- Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida ishlash;

- Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o’tkazish;

- Metodist o’qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko’rsatmalar olish.

4-hafta

- Informatika kabinetining jihozlanishiga yordam berish;

- 6 soat dars kuzatish va tahlil qilish;

- Sinf rahbari o’tkazadigan tarbiyaviy mashg’ulotlarni va boshqa tadbirlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish;

- Matematikadan darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish;

- 2 soat mustaqil dars o’tish;

- O’quvchilarning uy sharoiti bilan tanishish;

- Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o’tkazish;



- Metodist o’qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko’rsatmalar olish.





Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish