Birinchidan, diniy ekstremistik guruhlar o’z saflariga yetarli hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yoshlarni tobora ko’proq jalb qilmokdalar. Ikkinchidan, ekstremistlar faoliyati borgan sari kengroq jug’rofiy xududni qamrab olmokda. Uchinchidan, mintaqada jinoiy harakat olib borayotgan diniy-ekstremistik guruhlarning faoliyati tobora radikallashib borayotgani, hususan, asosiy terrorchilik usuli sifatida terrorchi-xudkush (kamikadze)lardan foydalanish va ko’proq qurbonlar bo’lishi nazarda tutilgan jangarilik harakatlari amalga oshirilayottanini ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |