Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil - din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni holis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish, va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda o’zligini namoyon etadi. XXI asr ibtidosida diniy ekstremizm hamda u bilan uzviy bog’liq halqaro terrorizm jamiyat barqarorligi, xavfsizligiga asosiy tahdid va bosh omil sifatida o’zini namoyon qilayotgani ham mazkur tamoyilning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |