Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati psixologik-pedagogik jihatdan o’qitish (dars berish) va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog’liqdir.
Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratini xolisona baholash printsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Umumiy talablardan tashqari, pedagog kadrlarga ta’lim turiga ko’ra alohida talablar qo’yiladi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2014 yil 11 dekabrdagi
338 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.
"Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" o’kuv moduli bo’yicha malaka oshirish kursining tinglovchilari tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |