Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi (er sharini qamrab olish, dunyo miqyosidagi, umumiy). - g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Yer yuzining barcha mintaqalari tortilganligini, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha.
SHunday qilib, hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko’rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun yer yuzini qamrab olmoqda. XX asrning so’ngi o’n yilligida yaratilgan mo’’jiza - xalqaro kompьyuter tarmog’i, ya’ni internet tizimining vujudga kelishi va u orqali axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bugungi kunda g’oyaviy ta’sir o’tkazish ko’lamini kengaytirmoqda. AQSH mudofaa mahkamasining oddiy bir loyihasidan boshlangan bu tizim bir mamlakatda paydo bo’lgan g’oyalarning tez fursatda butun dunyoga yoyilishini ta’minlamoqda.
Internet insoniyatning muhim yutug’i bo’lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko’rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi. Masalan, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra 2005 yilga kelib AQSH va Yevropada internet orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiqning umumiy hajmi 5 trillion dollarni tashkil qilar ekan1.
Bu yaxshi, albatta. Lekin kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan bu mo’jiza ayrim jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Internet tizimidan qo’poruvchilik, g’oyani «eksport» qilish, odamlar ongini zaharlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, odamlarni elektron xurujlar qarshisida chorasiz qilib qo’yadi. Bu kabi qo’poruvchilik harakatlari «sayberterrorizm» (ba’zan «kiberterrorizm») deb ataladi. Yirik terrorchi guruhlarning internet tizimidagi qo’poruvchilik harakatlari insoniyatni tashvishga solmoqda. Internetning bepoyon olamida esa ularning izini topib olish g’oyat mushkul.
Mafkura maydonidagi qo’poruvchilik harakatlari, avvalo, yoshlarning ongini egallashga yo’naltirilgan tuban va makkor usullardir. O’zbekistonning bu dolzarb masalaga munosabatini Prezident I.Karimov shunday ifodalaydi: «Biz kishilar dunyoqarashini boshqrish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish tarafdorimiz»2.
Mafkuraviy jarayonlarning globallashib borishida madaniy omilning ham o’rni bor. Ayniqsa, xalqlar o’rtasida madaniy hamkorlik va ayirboshlashlar jarayonida bir milliy madaniyatdagi ba’zi yo’nalishlar boshqa xalqlarning madaniy hayotiga ham singib boradi. Bu hol ham mafkuraviy hayotning o’zgarib borishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Butun yer yuzi odamzot uchun yagona makondir, ammo insoniyat tarixida mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan xududlarni bosib olish uchun son sanoqsiz urushlar bo’lib o’tgan.
Ma’lumotlarga nazar tashlaylik:
Kishilik tarixi o’zidan so’ng ko’plab qurbonlar va kishilarning beadad mashaqqatlarini vujudga keltirgan urushlarga boydir.
Инсониятнинг кейинги 5000 йиллик ҳаётида 14000 уруш бўлиб, уларда қарийб 5 млрд. киши қурбон бўлган.
Urushlar hozirgi paytda ham davom etmoqda. Qurolli to’qnashuvlar tobora murakkablashib bormoqda. Urush olib borishning texnikaviy usullari keng miqyosda rivojlanmoqda, dushmanga shikast yetkazish usullarining tezligi, xarob etish kuchi va ta’sir qilish masofasi kuchaymoqda. Bundan yuz yil ilgari urushda faqat askarlar ishtirok etishardi.
Ҳозирги даврда урушда қурбон бўлаётганлар нисбати: оддий урушларда - қурбон бўлаётган 1 аскарга 10 тинч аҳоли, ядро урушида эса - 1 аскарга 100 тинч аҳоли тўғри келади.
XX asrda tinch aholi harbiy harakatlar ob’ektiga aylanib bordi.
Quyidagilarga e’tibor bering:
Birinchi jahon urushida
|
-qurbon bo’lganlarning 5% tinch aholi edi.
|
Ikkinchi jahon urushida
|
-qurbon bo’lganlarning 48% tinch aholi edi.
|
Hozirgi paytda, masalan, Livanda
|
-qurbon bo’layotganlarning 90% tinch aholidir.
|
Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib bormoqda. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, bulki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi.
1.2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 451-sonli qarori haqida tushuncha.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarori ma’naviy ravnaqimiz yo’lida yana bir muhim voqea bo’ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida joylarda tashkil etish o’z samarasini bermoqda. Inson kamolotiga tarbiya, bilim orqali erishiladi. SHuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning mafkuraviy tarbiyasiga, ularning har tomonlama chuqur bilim olishlariga katta e’tibor berilmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Kuch – bilim va tafakkurda”. Bugun yoshlarimiz o’zlarining kim ekanligini, hech kimdan kam emasligini, ajdodlari kim bo’lganini anglab yetdilar. Lekin ayni paytda xalqimizning ma’naviy birligiga rahna solishga, yoshlarimizning yurtimizga bo’lgan ishonch-e’tiqodini buzishga urinayotgan kuchlar ham borki, ular turli xil vayronkor, aldamchi g’oyalarni pesh qilib, yovuz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, ayrim irodasi zaif yoshlardan o’z yurtiga, ona-Vataniga, hatto, ota-onasiga qarshi bo’lgan kimsalarni tayyorlashga urinmoqdalar.
Bunday sharoitda yot g’oyalarga qarshi kurashni bir daqiqa ham susaytirib bo’lmaydi. Bu borada targ’ibotchi-tashviqotchilar, tarbiyachilar, o’qituvchilar, olimlar, shoir, yozuvchilar yoshlar bilan bo’layotgan suhbat va uchrashuvlarda g’oyaviy dushmanlarni mafkuraviy qurolsizlantirish, ularning mamlakatimizga qarshi qaratilgan tahdidlarini, g’oyaviy, mafkuraviy, informatsion xurujlarini, uydirmalarini fosh qilish xalqimizda, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Ayniqsa, pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida xalq ta’limi rahbar xodimlari, o’qituvchi shaxsining roli, o’rnini alohida ko’rsatib o’tib, ularning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish zarur.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarorida ta’kidlanganidek, “Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”.
Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlariga esa hududiy kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilganligi mazkur qarorning e’tiborli jihati bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 451-sonli Qarori asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shtatlar jadvaliga qo’shimcha ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati kiritildi. Bu esa joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ushbu sohada mehnat qilayotgan xodimlar mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Qarorning yana bir e’tiborli jihatlaridan biri - Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilganligi bo’ldi. Ushbu markazning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat-targ’ibot markaziga aylantirilganligi ham e’tiborga molikdir. Qaror orqali ushbu markazning asosiy vazifalari ham belgilab berildi.
Ushbu qaror asosida bugungi kunda yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash, mas’uliyatni his qilish, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini o’stirish, yangicha fikrlashga o’rgatish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, yillarning nomlanishidagi vazifalar uyg’unligi haqida targ’ibot, tashviqot ishlarini jonlantirish ham qaror ijrosi doirasida olib boriladigan muhim yo’nalishdagi amaliy ishlarni nazarda tutadi.
Ma’lumki, hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko’rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun yer yuzini qamrab olmoqda. XX asrning so’ngi o’n yilligida yaratilgan mo’’jiza – xalqaro kompьyuter tarmog’i, ya’ni internet tizimining vujudga kelishi va u orqali axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bugungi kunda g’oyaviy ta’sir o’tkazish ko’lamini kengaytirmoqda. Internet insoniyatning muhim yutug’i bo’lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko’rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi, ular o’z uyidagi kompьyuter qarshisida o’tirgan holda pul topadigan, universitetda tahsil oladigan, buyum xarid qiladigan, hatto oila quradigan bo’lishdi.
Shu o’rinda faktlarga murojaat qilamiz. Yevropada joylashgan San-Marino mamlakati eng kompьyuterlashgan davlat hisoblanadi. Har ming kishiga nisbatan olib qaraganda ushbu kichikkina davlatda 727 ta kompьyuter to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rindagi AQSHda bu ko’rsatkich 554 taga teng. Rossiyada har ming kishiga 43 ta kompьyuter to’g’ri keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra hozir yer yuzining 13 foiz aholisi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Xalqaro tarmoqdan foydalanuvchilarning 90 foizi rivojlangan davlatlarda yashaydi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning axborot ta’sirida hayot kechiradi, deb xulosa qilish mumkin.
Bugungi dunyoda axborot-kommunikatsiya jarayonlarida sun’iy yo’ldoshlarning ham o’rni katta bo’lmoqda. Lekin fazodagi sun’iy yo’ldoshlar bir nechagina - AQSH (30 ta), Yaponiya (21 ta), Rossiya (12 ta), Xitoy va Hindiston (9 tadan) davlatlariga tegishli, xolos. Qaysi davlat informatsion resurslarga ko’proq ega bo’lsa, uning axborot maydonidagi ta’siri ham ortga boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan internet tizimi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu tizimdan qo’poruvchilik, g’oyani «eksport» qilish, odamlar ongini zaharlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, odamlarni elektron xurujlar qarshisida chorasiz qilib qo’yadi. Bugun dunyo yagona axborot maydoniga aylanib borayotganligi globallashuvning xavfli jihatlaridan biri bo’lib qolayotir. Axborot yovuz kuchlar - uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo’lida xavfli qurolga aylanmoqda. «Ma’lumotlarga qaraganda, axborot tahdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat «hamjihatlik» bilan ish olib boryapti.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarorida “Xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda”, deb ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi F-1331-sonli “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida”gi Farmoyishiga muvofiq yangi avlod darsliklari, o’quv va metodik adabiyotlar tayyorlandi hamda uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etildi.
Mamlakatimiz aholisi o’rtasida milliy g’oyani keng targ’ib etish yurtdoshlarimizda dunyoda va yon atrofimizda sodir bo’layotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan ongli munosabatni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi shiddatkor davr bu sohada yangi va yanada murakkab vazifalarni hamda talablarni oldimizga qo’ymoqda, milliy g’oyani o’quvchi-yoshlar va keng jamoatchilikning ongi va qalbiga singdirish bo’yicha zarur ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Prezidentimiz Islom karimovning Farmoyishiga binoan ushbu fanni uzluksiz ta’lim tizimida o’qitish bilan birga, hozirgi kunda bu fanni o’qitish samaradorligini oshirish bilan bog’liq qator vazifalar vujudga keldi. Eng avvalo, Prezidentimiz tomonidan milliy istiqlol g’oyasi – asrlar davomida ozodlikni orzu qilib yashagan xalqimizning ezgu g’oyasi ekanini, mustaqillik davrida bu tushunchaning ma’no-mazmunini yanada kengroq va yorqinroq ifoda etish maqsadida “milliy istiqlol g’oyasi”ni “milliy g’oya” deb atash xususida taklif bildirilganligini ta’kidlash joizdir.
SHu munosabat bilan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimiga bosqichma-bosqich o’tish amalga oshirilayotgan bugungi kunda xalq ta’limi rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining tayanch o’quv-rejasaidagi ta’lim yo’nalishlari turkumiga bu fan 14 soatlik “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fani deb kiritildi.
Uzluksiz ta’lim tizimida hozirgi real ahvoldan kelib chiqib qo’yidagi dolzarb vazifalarni hal etish lozim.
Birinchidan, milliy g’oya va mafkura mazmuni, mohiyatini hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda Respublika ta’lim tizimiga joriy etishni kuchaytirish.
Ikkinchidan, o’quvchi-yoshlarda yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Uchinchidan, fanning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va texnik-texnologik vositalaridan samarali foydalanish.
To’rtinchidan, ushbu fan yo’nalishi bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalarni ommalashtirish.
Beshinchidan, o’quvchi-yoshlar qalbi, ongiga milliy g’oya, mafkurani singdirishga oid ishlarni kuchaytirish.
Oltinchidan, pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, ularning mafkuraviy tayyorgarligini ko’chaytirish.
Ettinchidan, milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga alohida e’tibor berish.
Sakkizinchidan, milliy g’oya, mafkura va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy, amaliy masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqot izlanishlarni olib borish.
To’qqizinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 apreldagi PQ-317-sonli “Aholi o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ’ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”, 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-sonli “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risi”dagi Qarorlarning ma’no-mazmunini xalqimiz qalbi va onggiga chuqur singdirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 22 yilligi – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo’llagan tabrigida mintaqadagi vaziyatning tahlil etilishi.
2. Mafkuraviy immunitetning qanday unsurlarini ajratib ko’rsatish mumkin?
3. Globallashuv jarayonida globalistlar va aksilglobalistlar kimlar, ularni izohlab bering?
4. Mafkuraviy poligon deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |