Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


BO`LAJAK O`QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

BO`LAJAK O`QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI 
RIVOJLANTIRISHDA O`YINLI TEXNOLOGIYALARNING O`RNI 
Xodjiyeva F, NDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n. Ergashova N, Pedagogika 
va psixologiya ta’lim yo`nalishi talabasi 
Ilg`or texnologiyalarning keng o`zlashtirilishi, uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan 
integratsiyalashuvi, o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga 
tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta’lim berishning ilg`or pedagogik 
texnologiyalari va zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarning yaratilishi pedagogik jarayonlarni 
tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishda bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy 
kompetentligini rivojlantirishga asos bo`lmoqda. 
Bu o`z navbatida pedagoglarning jahon miqyosdagi yutuqlarni, ilmiy asoslangan 
innovatsiyalarni tadbiq etgan holda pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, 
shuningdek, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bo`lajak pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirishda ayniqsa o`yinli texnologiyalarning o`rni beqiyosdir. Bugungi kunga kelib o`yinli 
darslarni tashkil etishga bo`lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda. Chunki, o`yinli faoliyat talabada zavq-
shavq uyg`otib, o`qishga bo`lgan qiziqishini oshirish barobarida o`quv materialini o`zlashtirishni 
osonlashtiradi va ularni ijodiy tafakkurga undaydi. Ijodiy tafakkur mahsuli esa innovatsiylarni 
vujudga keltiradi.
Psixologlarning ta`kidlashlaricha, o`yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning 
o`zini namoyon qilish, hayotda o`z o`rnini barqaror qilish, o`zini o`zi boshqarish, o`z imkoniyatlarini 
amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. 
O`yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni 
tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub`ekt sifatida o`z imkoniyatlarini to`la amalga oshiradi. 
Ta’lim tizimida foydalanadigan barcha pedagogik o`yinlar o`z mazmuniga ko`ra fan 
xususiyatidan kelib chiqib, didaktik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, dramalashtirilgan, harakatli 


25 
o`yinlar hisoblanadi. Chunki ular, odatda ma’lum o`quv fani doirasida ishlab chiqiladi: rollar va 
syujetlar mavjud bo`ladi, turli vaziyatlar imitatsiya qilinadi. Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik o`yinlar 
yangi o`quv materialini o`zlashtirishga va mustahkamlashga, talabalarning tanqidiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantiruvchi, umumiy ko`nikmalarini shakllantiruvchi masalalar majmualarini 
yechishga qaratiladi. O`quvchilarga turli holatlardan o`quv materialini tushunib yetish va o`rganish 
imkonini beradi. 
Oliy ta’limda o`yinli faoliyatni motivatsiyalash o`yin xarakterining musobaqalashish 
shartlari, shaxsning o`zini namoyon qila olishi, o`z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini 
qondirishdan kelib chiqadi.O`yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o`zida ham 
rivojlanish ham o`rganish hisoblanadi.
Pedagogik o`yinlarning ahamiyatli jihatlaridan yana biri shundaki, o`qitishning aniq 
qo`yilgan maqsadi va unga tegishli pedagogik natijasi bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va 
o`quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo`ladilar hamda talabalar bu jarayonning ishtirokchisi va amalga 
oshiruvchisi sifatida dars yakunida o`zlarida nimanidir kashf qiladilar.. 
Ta’lim jarayonida o`yinlar turli maqsadlarga yo`naltirilgan bo`ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, 
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo`llanadi. 
O`yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka 
va ko`nikmalarni qo`llash,aqliy qobiliyatini rivojlantirish, mehnat ko`nikmalarini rivojlantirib 
kengaytirishga qaratilgan bo`ladi.
O`yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga 
kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi. 
Faoliyatni rivojlantiruvchi o`yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, 
chog`ishtirish, o`xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal 
yechimni topa olish, o`quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan. 
Didaktik maqsadga ko`ra o`yinlar quyidagilarga bo`linadi: 

ta’lim-tarbiya beruvchi (konfernsiya, individual-kompyuterli, didaktik o`yinlar...); 

bilimlarni mustahkamlovchi (ijodiy o`yinlar, ishbilarmonlik, tadbirkorlik); 

o`quv materialini takrorlovchi (matbuot konfrensiyasi, zinama-zina o`yinlar, rolli va syujetli 
o`yinlar) 

bilimlarni nazorat qiluvchi (Zakovat, inteiiektual ring, musobaqa o`yinlar) 
Oliy ta’limda ijtimoiylashuv o`yinlardan foydalanish asosan ijtimoiy pedagogika, ijtimoy 
psixologiya va shu kabi ijtimoiy gumanitar fanlar o`quv mashg`ulotlarida amalga oshirish ikoniyati 
ko`proq. Ijtimoiylashuv o`yinlar talabalarda jamiyat me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilish, muhit 
sharoitlariga moslashish, ehtiroslarni nazorat qilish, o`z-o`zini boshqarish, muloqotga o`rgatish, 
psixoterapiyani nazarda tutadi. Shuningdek, o`yin ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirish va qayta 
yaratishga yo`nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o`z xulqini 
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. 
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o`yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy 
yo`nalishlari ishlab chiqilgan. U pedagogik o`yinlarni quyidagi asosiy yo`nalishlarga bo`ladi: 

didaktik maqsad o`yinli vazifa shaklida qo`yiladi; 

o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi; 

o`quv materialidan o`yin vositasi sifatida foydalaniladi; 

o`quv jarayoniga didaktik vazifa o`yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari 
kiritiladi; 

didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan bog`lanadi. 
Pedagog avval talabalarni individual, so`ngra guruhli o`yinlarga tayyorlash va uni o`tkazish, 
o`yin muvoffaqiyatli chiqqandan so`ng esa, ularni ommaviy o`yinlarga tayyorlash lozim. Chunki, 
talabalar didaktik o`yinli mashg`ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko`nikma va 
malakalarga ega bo`lishlari bundan tashqari guruh jamoasi o`rtasida hamkorlik, o`zaro yordam 
vujudga kelishi lozim.


26 
Pedagog o`yinli mashg`ulotlarni o`tkazishga qizg`in tayyorgarlik ko`rishi va uni o`tkazishda 
quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi: 

didaktik o`yinli mashg`ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy 
va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal etilishiga qaratilgan bo`lishi; 

mashg`ulot mazmuniga mos o`yin turini tanlash; 

puxta ishlab chiqilgan reja (ssenariy); 

mavzu mazmuniga mos jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolar bilan 
bog`lanishga erishish; 

o`yin tuzilishi jihatdan mantiqiy ketma-ketlikda bo`lishi; 

mashg`ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va vaqtdan unimli 
foydalanish. 
Quyidagi tarbiyaviy maqsadlarga erishish talab etiladi: 

ularda vatanparvarlik, yurtga sadoqat va uning taqdiriga daxldorlik tuyg`ularini 
tarbiyalash imkoniyatlaridan foydalanish; 

o`quvchi-yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish, o`zining 
shaxsiy pozitsiyasiga ega bo`lish qobiliyatlarini rivojlantirishi; 

barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos 
kelishi; 

yoshlarni diniy-ekstremistik g`oyalar, turli axborot hurujlari ta’siridan himoya 
qilishda mafkuraviy immunitetni hosil qilishga erishish. 
Pedagogik o`yin ishchan vaziyatda ishtirokchilarning o`zaro munosabatlari orqali amalga 
oshiriladi. U qo`shrejali faoliyat hisoblanadi, chunki unda ikkita maqsadga erishiladi: o`yinli va 
pedagogik. Pedagogik faoliyat ustuvor bo`lsa ham, o`yinni poymol etmasdan maqsadga erishish 
pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. O`yinning har bir ishtirokchisi faol holatda bo`ladi, 
sheriklari bilan o`zaro munosabatda bo`ladi, o`z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslaydi va 
shuning natijasida jamoa bilan munosabati orqali o`zini o`zi o`rganadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga o`yinli texnologiyalarni joriy etish natijasida bo`lajak o`qituvchilar 
o`zida mutaxassislikning kelajakdagi kasbiy, ijtimoy harakatlar me’yorlarini o`zlashtiririb, ularda 
kasbiy kompetentlik rivojlanib, mustahkamlanadi. 
Shunday ekan, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga mas’ul 
shaxs o`yinli texnologiyalarning mazmun mohiyatini, ta’lim jarayonida qo`llay olishni, pedagogik 
jarayonga innovatsiyalarni joriy etishni bilishi zarurligini davrning o`zi taqozo etmoqda.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish