ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Muqimova G. – BVPXQT va MOI metodisti
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarorida barcha
o`quv fanlari, shu jumladan, ona tili ta’limi mazmunini tubdan yaxshilash dolzarb vazifalardan biri
ekanligi tasdiqlangan. O`quvchilarda “Ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos
ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va
181
rivojlantirish maktabda ona tili ta’limining asosiy maqsadi qilib belgilangan”. Ona tili ta’limi ana shu
maqsaddan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda o`quvchilarga ta’lim berishda tub o`zgarishlarni
boshidan kechirdi. Kundan-kunga rivojlanib, taraqqiy etib kelayotgan vatanimiz yoshlari bugungi
kunda jahondagi o`z tengdoshlari qatorida turushlari uchun zamon bilan hamnafas bo`lishlari,
zamonaviy ilmlarni puxta bilishlari lozim deb o`ylaymiz. Buning uchun har bir o`qituvchi va
o`quvchi zamon talabi bo`lgan AKT oid bilimlarni puxta o`rgangan bo`lishlari kerak. Bunday bilim
egasi bo`lgan o`qituvchining dars samaradorligi yuqori bo`ladi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida ona
tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot
texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga
qiziqishlarini qondiradi. Ma’lumki, ona tili va adabiyot fani ta’lim tizimining poydevori hisoblanib,
o‘quvchilarni boshqa fanlarni o`zlashtirishi unga bog‘liq bo‘ladi va bu ona tili o‘qituvchisi
zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. AKTdan dars jarayonida foydalanish natijasida;
o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqish ortadi;
mashg’ulotlar o’quvchilar uchun zerikarli bo’lmaydi;
kompyuter bilan ishlashga bo’lgan ishtiyoq oshadi;
ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
yaxlit axborot tizimini to’plash imkoniyatiga ega bo’ladi;
materialllar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
texnika vositalari bilan ishlay olish malakalari shakllanadi:
o’quvchilarda o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmalari paydo bo’ladi:
tabaqalashgan ta’lim tizimiga o’tish imkoniyati tug’iladi.
AKTdan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson
bo‘ladi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida
tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari
ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar,
loyihalar yaratiladi. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili
uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va
test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid
qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun variantlarda berilgan grammatika-
orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Darslarda elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-
harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli
ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida
yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi.
Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur
orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya,
qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i o`qituvchiga katta yordam ko‘rsatadi. Internet —
bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga
oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish,
qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil
juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni
taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni
paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi.
Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin.
Masalan: www.e-adabiyot.uz saytida adabiyotga oid atamalar, tushunchalarning izohli lug`ati, jahon
adabiyoti namoyandalarining ҳayoti va ijodi, ular yaratgan durdona asarlar, dars jarayonida
182
o’qituvchi ko’rgazmali vosita sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan videolavhalar, elektron
kutubxona ham mavjud.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda
o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab
topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga,
o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy o`qituvchilarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |