Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


TARIX FANIDAN MUAMMOLI TA’LIM MASHG’LOTLARINI TASHKIL ETISH



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

TARIX FANIDAN MUAMMOLI TA’LIM MASHG’LOTLARINI TASHKIL ETISH 
Haydarov, Yu. – BVXTXQT va MOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri tarix fanlari 
nomzodi, dotsent, Jumaqulov N., katta o’qituvchi 
Mamlakatimizda yuksak bilimli va intellectual rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalash 
voyaga yetkazish muhim vazifaga aylandi.Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning 
eng samarali usuli zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishni puxta bilishi va bu boradagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib boorish orqali o’z kasbiy 
mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqiyotimizning asosi 
ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so’zlari ibratlidir.”Biz ta’lim-tarbiya 
sohasidagi keng ko’lamli islohotlarimizni albatta, oxiriga yetkazishimiz, bunday ta’lim dargohlarini
nafaqat qurish, ta’mirlash va jihozlash, balki farzandlarimizni zamon talablari asosida kamol 
toptirish uchun eng yuksak malakali o’qituvchi va domlolarni jalb etish, ularning bilim va tajribasini 
muntazam oshirib borishga eng muhim, g’oyat mas’uliyatli vazifa deb qarashimiz zarur”. 
Talim muassalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirishda muammoli 
ta’lim mashg’ulotlarining o’rni va roli kattadir. 
Ma’lumki, muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchini faollashtirishga asoslangan. 
Muammoli ta’lim texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega. 
Muammoli ta’limning bosh maqsadi o’quvchilarning muammoni to’liq tushunib yetishiga erishish 
va ularni hal qilishga o’rgatishdan iborat. 
Tarix fanidan o’qituvchilar darslar jarayonida muammolari vaziyatlar hosil qilishni va ularni 
yechish usullarini oldindan belgillab olishlari zaur bo’ladi.Muammmoli vaziyat yaratishda tarix fani 
o’qituvchisi quyidagi usullardan foydalanishi mumkin: 

O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bogliq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni 
yechish yo’lini topishni taklif etadi; 

Bir masalaga oid turli nuqtai nazarlarni bayon qiladi; 

Muammoni yechishga oid ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mavzularni tanlaydi va ularni 
o'quvchilar muhokamasiga qo'yadi; 
Masalan, IX sinfda “O’zbekiston tarixi”dan “Rossiya imperiyasining Turkistondagi 
mustamlakachilik siyosati” bo’limiga kiruvchi “Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-
ma’muriy boshqaruv tizimi” mavzusi bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarga Turkistonda o’rnatilgan 
boshqaruvning mustamlakachilik tartiblari mazmun-mohiyatini tushuntiradi.Boshqaruv tartiblarining
mustamlakachilik xususiyatlarini to’la tavsiflab beradi.So’ngra boshqaruv tartibidagi o’ziga 
xosliklarini aniqlashni taklif etadi.Bu muammolarning yechimini topish uchun o’quvchilar quyidagi 
masalalarga javob topishi kerak: 

General-gubernatorlik boshqaruv devoni vakolatlarini tavsiflab berishi; 

Viloyat boshqaruvi va qishloq boshqaruv tizimini atroflicha tahlil qilish; 

Uyezd boshqaruv tizimining mazmun mohiyatini yoritish.
O’quvchilar muammoning yechimini topganlaridan so’ng o’qituvchi ularning fikrini to’ldiradi va 
xulosalaydi. 
Bir masalaga oid turli nuqtai nazarlar mavjud bo’lgan mavzular bo’yicha muammolali 
mashg’lotlarni tashkil etishda umumiy o’rta ta’lim maktablarining VII sinfida o’qitiladigan “Jahon 


97 
tarixi”dan “Saljuqiylarva Usmonli turklar davlatlari” mavzusi yorqin misol bo’la oladi.Bu mavzu 
o’quvchilar o’rganishi uchun bir qadar murakkab bo’lishi bilan birga, mavzuga oid tarixiy voqea va 
hodisalarga turlicha qarashlar mavjud. 
O’qituvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tashkil etar ekan, Saljuqiylar davlatining 
vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy tuzumi, Usmonlilar davlatining tashkil topishi, 
Bolqon yarim orolidagi istilolar haqida so’zlar ekan, o’quvchilarni Usmonli turklar g’alabalari 
omillarini topishga undaydi.Usmonli turklar davlati tashkil topishi va o’zga mamlakatlar bilan 
munosabatlari masalasida turli nuqtai nazarlar borligini, ayrim tarixchilar Usmonli turklar olib borgan 
istilochilik urushlarining ijobiy tomonlarini ko’rsatsalar, ikkinchi guruh olimlar ular olib borgan 
istilochilik urushlarini qoralaydilar.”Siz bu masalada qanday fikrdasiz?”-deya murojaat qiladi. 
O’quvchilar Usmonli turklar olib borgan urushlarining og’ir oqibatlarini birma-bir sanab 
beradilar. 
Ma’lumki,Usmonli turklar XIV asrning o’rtalaridan asirga olingan eng sog’lom va baquvvat 
xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi(jangchilari) tayyorlangan.Yillar o’tib bolalar o’z 
tili va dinini unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan.Oilasi, mol-mulki bo’lmagan 
yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan. 
O’quvchilarning Usmonli turklar davlatining bunday siyosatiga o’z munosabatlarini bayon 
etishni talab etadi.O’quvchilar yanicharlarlarning urushlar va jangu-jadallar uchun tayyorlanganini, 
albatta, ma’qullamaydilar.Obodonchilik, bunyodkorlik, xalq faravonligi yo’lida fidoyilik ko’rsatish, 
faqat ezgu ishlarni amalga oshirish insoniyatga foyda keltirishini bayon qiladilar. 
Muammoni yechishga oid ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mavzularni tanlashda VII sinf 
“O’zbekiston tarixi”dan “Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi” mavzusiga e’tibor 
qaratish mumkin.Darslikda etnik jarayon va o’zbek xalqining tashkil topishi masalalarida 
ma’lumotlar keltirilayotgan bo’lsada, masalani yechimini topishga oid ma’lumotlar yetarli emas. 
Muammoning yechimini topish uchun qo’shimcha manbalarga murojaat etishga to’g’ri 
keladi.Bunda mamlakatimiz prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari 
dasuramal bo’lib xizmat qiladi. Bu asarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonlari batafsil yoritilgan. 
Tarix fanidan muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etishda muammoli vaziyatni 
quyidagicha hal etish mumkin: 

O’qituvchi muammoni qo’yishi va o’zi yechishi mumkin; 

O’qituvchi muammoni qo’yishi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topishi 
mumkin; 

O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. 
Tarix fanidan qo’yilgan muammoli masalani yechishda quyidagi usullar qo’llaniladi: 

Mavjud muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish; 

Muammoli masalani atroflicha solishtirish, umumlashtirish; 

Muammoli tarixiy voqea va hodisaga oid faktlarni aniqlash hamda qiyoslash; 

Muammoli vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish kabi usullardan foydalanish mumkin. 
Tarix fanidan muammoli ta’limni qo’llashdan ko’zlangan maqsad-tarixiy voqea va hodisalar 
haqidagi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli 
muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. 
O’quvchilar o’rganishi uchun quyiladigan muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda 
intelektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart. 
Tarix fanidan mavjud bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun beriladigan topshiriqlar yangi 
bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni 
bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. 
O’quvchilarning tarixiy voqea va hadisaga oid muammoli vaziyatni tusunishlari esa uning kelib 
chiqish sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’likligini idrok qila olishlari natijasida 
hosil bo’ladi.Bunday tushuna olish o’ navbatida o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay 
olish imkoniyatini beradi. 


98 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish