Tadqiqot metodlari: analiz va sintez, qiyoslash, suhbat.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi: kirish, ikki bob, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat, __ sahifani tashkil etadi.
1-bob. Boshlang’ich sinfda nutq o’stirish usullari
1.1.Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash –davr talabi
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarining kirib
kelishi jadallashmoqda va bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta’sir
ko‘rsatayotgani ko‘zga tashlanmoqda.
Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi
kunning ehtiyojiga aylandi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda
o‘qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘1 va usullarini izlashi, ilg‘or
pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga
joriy eta bilishi muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy
pedagogik texnologiyalar birinchidan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va
malakalarni oson va qiziqib o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan,
o‘qituvchining ham professional o‘sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam
beradi.
0‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida ta’lim-tarbiyani tubdan
isloh qilish ilg‘or pedagogik texnologiyalami joriy etish; “Ta’lim berishning ilg‘or
pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratish va
o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” 2ga bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta
2I.Karimov.Barkamol avlod – O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. Toshkеnt 18-bet.
Ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim
Jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda.
Texnologiya nima? Texnologiya-yunoncha so‘z bo’lib, texne-mahorat, san’at,
logos-tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish
jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni
ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Keyinchalik
texnologiya tushunchasi ta’lim jarayonlarida ta’lim texnologiyasi nomi bilan
qollanila boshladi.”Pedagogik texnologiya bilimlami o‘rganish yaxlit jarayonida
ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ulaming
o‘zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”3, degan xulosaga kelindi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti – taiim-tarbiya jarayonini
optimal loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Ya’ni pedagogik
qonuniyatlarga asoslangan taiim-tarbiya tizimining samarali, ommabop
mexanizmidir. Pedagogik texnologiyaning ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan
individual mahoratdan farq qiladi.
.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifasi:
–bolajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga pedagogik texnologiya, rivojlangan
mamlakatlar ilg‘or pedagogik texnologiyasi, 0‘zbekistonda Kadrlar tayyorlashning
Milliy dasturini amalga oshirish tajribalari haqida nazariy bilim berish;
– pedagogik jarayonni loyihalash;
– ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini qoilash ko‘nikma
va malakasini shakllantirish;
–pedagogik diagnostika qobiliyatini o‘stirishdan iborat;
– jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq ravishda ta’lim jarayonida;
– pedagogik texnologiyalarni qo’llash ham rivojlanib boradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud
qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy
taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va
umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga,
ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |