2.4. Hikoya matnini muammoli usul asosida ijodiy qayta hikoya
qilishga orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
Boshlang’ich ta’limda muammoli vaziyatning har xil turlari bo’lib, o’qituvchi
bolalarda qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan topshiriqlarni, zehnni
o’tkirlashtiradigan masalalarni bajarish uchun berishlari kerak. O’quvchilar
masalani hal qila olishni, buning uchun nima haqida gap borayotganini tasavvur
etishi va fikrlashning to’g’ri yo’nalishini topishi zarur. Zehn va topqirlikni
o’stiradigan topshiriqlar hamda masalalar bolalarni mantiqan to’g’ri fikrlashga,
o’zlari uchun tushunarli xulosalarni chiqarishga o’rganadilar.
Muammoli ta’lim ilmiy bilishning asoslaridan biridir. Ilmiy muammo
o’quvchilarni fikrlashga, xulosa qilishga, natija chiqarishga, o’z fikrini aniq va
ravshan bayon qilishga o’rgatadi. Shu bilan birga, ularda fan asoslarini o’rganish
uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchi o’quvchilar oldiga har qanday o’quv
muammosini emas, balki faqat ular tushuna oladigan va sub’ektiv muammo
sifatida qabul qilishi mumkin bo’lgan muammolarni qo’yishi kerak.
Muammoli vaziyat – o’quvchining ma’lum psixik holatidir. Bunday holat
ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash, o’quvchilarda predmet
to’g’risidagi. ishni bajarishning usuli yoki shartlari to’g’risidagi yangi bilimni
izlash ehtiyojini uyg’otadi.
Muammoli-didaktik savol aqliy faollikka, uni o’rgatishga rahbarlikning eng
muhim vositalaridan biridir.
Bunday savolning javobi kamchiliklarini to’ldiradi, noma’lumni aniqlaydi,
o’xshashlik va farqni topadi, xususiy fikrni ifodalaydi, shuningdek sxema yoki
simvol bilan tushunilgan narsalarning ma’nosini anglatadi. Savol-javob
qaytaruvchiga til jihatidan yordam beradi. Chunki, javob uchun zarur so’zlarning
ko’pi o’qituvchining savolida beriladi.
Didaktik savollar o’quvchilarga ma’lum bilish harakatlarini bajarishni taklif
qiladi va tabiiy bilish vaziyatini yaratadi. O’qituvchi o’quvchini yangi faktlarga,
voqea-hodisa yoki jarayonlarga ro’baro qiladi. U bunda nimani aniqlash
kerakligini oldindan biladi. Shuningdek, pedagog sifatida o’zi nazarda tutgan
ma’lumotni qanday yo’llar bilan mustaqil holda bilib olishini his etadi. Shu bois
o’qituchi sinfga tayyor natijani e’lon qilmaydi, balki o’quvchilarni mustaqil bilish
yo’lidan o’zlariga ma’lum va izlanayotgan natijaga olib borayotgan harakat va
bilimlarni qo’llash yo’liga yo’naltiradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang’ich ta’limda muammoli vaziyatning har
xil turlari bo’lishi mumkin. Boshlang’ich sinflardagi o’qituvchilar bolalarda
qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan topshiriqlarni, zehnni
o’tkirlashtiradigan masalalar va tegishli jumboqlarni ko’p vaqtlardan buyon
qo’llaydilar. Bunda bola to’g’ri javob uchun o’zidagi bilimlar yetarli ekanini
tushunadi. Shunday ekan, muammoli ta’limning qo’llanilishi katta ahamiyatga ega.
Muammoli ta’lim usulida olib boriladigan darslar natijasida
o’quvchilar mustaqil fikrlashga, o’z fikrini aniq va ravshan isbotlashga
o’rganadilar._
Xulosa
Yuqorida aytib o’tilganidek, o`quvchilаrdа mustаqil vа ijodiy fikrlаsh
ko`nikmаlаrini shаkllаntirish mаktаb tа`limidа yеtаkchi o`quv fаnlаridаn
hisoblаnаgаn onа tili o`quv fаnigа bеvositа vа bilvositа dаxldordir.
Mant ustida ishlаsh o`quvchilаrdа til sеzgirligini tаrbiyalаydi, onа tilining
boy ifodа vositаlаrigа oshno qilаdi. Bаdiiy mаtn yosh kitobxonni onа tilining sеhrli
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarining kirib
kelishi jadallashmoqda va bu ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etishga ta’sir
ko‘rsatayotgani ko‘zga tashlanmoqda.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda
o‘qituuvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘1 va usullarini izlashi, ilg‘or
pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
O'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirish ona tili ta'limda muhim
ahamiyatga ega. Chunki og'zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o'quvchi barcha
fanlarni oson va to'liq o'zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish tobora kuchayadi.
Qayta hikoya qilish – hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi.
Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional
va og’zaki so’zlarni egallashga yordam beradi, asarni tinglay bilish, uning
mazmunini tushunish ko’nikmasini o’stiradi, ularni bayon qilishdagi izchillikni,
muallaflarning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og’zaki
aytib bera olishni shakllantiradi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi o’qishda o’quvchilar nutqini
o’stirishni yoritishdan iborat. Uni
amalga oshirishda quyidagi vazifalar bajarildi: ta’lim jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash – davr talabi; nutq – fikr bayon qilishning
asosiy vositasi; o’qish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini
o’stirish; boshlang’ich sinflarda hikoya ustida ishlash vazifalari; hikoya matnini
qayta hikoya qilish usulida o’rgatish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini
o’stirish; hikoya matnini ongli o’qish asosida qayta hikoya qilish orqali
o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish; hikoyaning mazmunini
o’rgatishda ijodiy qayta hikoya qilish usulidan foydalanish; hikoya matnini
mustaqil faoliyat asosida ijodiy qayta hikoya qilish orqali o’quvchilarning
og’zaki nutqini o’stirish; hikoya matnini muammoli usul asosida ijodiy
qayta hikoya qilish orqali o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish
tavsiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |