Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor “Elektron hukumat” tizimini rivojlantrishga
qaratiladi. Hozirgi paytda mazkur tizimning alohida elementlari muvaffaqiyatli
• O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (32,6
• Soliq to‘lovchining portali (soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish va
qayta ishlash imkonini berib, bugungi kunda tizimdan tadbirkorlarning 99 foizi
21
• Litsenziatning yagona portali (unda litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun zarur
bo‘ladigan hujjatlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-
taomilllari haqidagi ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingan).
• Deklarantlarning yagona portali (tizim orqali yil boshidan buyon barcha bojxona
yuk deklaratsiyalarning 99 foizi elektron shaklda ro‘yxatga olingan).
• “eStat” avtomatlashtirilgan elektron statistika hisoboti tizimining joriy qilinishi
natijasida firma nomlarini elektron tartibda zaxiralash ulushi 97 foizga yetdi.
• Kommunal xo‘jaligi va uy-joy fondi portali murojaat va shikoyatlarni qabul
qilish va qayta ishlash, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish,
shuningdek, tariflar haqidagi ma’lumotlar kabi keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatib
kelmoqda.
• E-Visa axborot tizimining joriy qilinishi evaziga xorijliklarning O‘zbekistonga
vizani elektron shaklda rasmiylashtirilishi ulushi 90 foizdan oshdi.
• Xo‘jalik sudlariga 35 mingdan ortiq da’vo arizasi va iltimosnoma e-Sud tizimi
orqali elektron shaklda taqdim qilingan.
“Elektron hukumat” tizimini kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni
amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra elektron
hukumat sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, “Tadbirkor”
axborot tizimi majmuasini yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar
bazasini shakllantirish, Milliy geografik axborotlar tizimi va boshqalarni yaratish
kabi ishlar olib borilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori
sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fuqarolar va
tadbirkorlarga umumiy holatda 96 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi.
Yagona portalning ma’lumotlar markazi 40 mingdan ortiq chaqiruvlarni qabul
qildi. Bugungi kunda portal orqali 230ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti.
22
2014 yili Yagona portal orqali tadbirkorlik sub’ektlariga 45,6 ming elektron xizmat
ko‘rsatildi. 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari portal orqali elektron shaklda
ro‘yxatdan o‘tkazildi, 400 bor fuqarolar davlat organlari rahbarlari qabuliga
internet orqali yozilishdi.2014 yilning yanvaridan Yagona portalda yangi interaktiv
xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziriga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bugungi kunga kelib portal foydalanuvchilari mazkur xizmatdan 2,2 ming bora
foydalanishdi.Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari ZiyoNET ta’lim
tarmog‘iga ulangan. 2014 yilda yangilangan portal kutubxonasida o‘quv
qo‘llanmalari, dissertatsiya ishlari, ilmiy maqolalar va boshqa turdagi materiallarni
jamlagan 75 mingdan ortiq axborot-ta’lim resursi jamlangan. Xorijiy tillarni
o‘rgatish uchun tashkil etilgan interaktiv bo‘lim 4 mingdan ortiq materiallar va
ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 400 axborot resursini o‘z ichiga
olgan.Respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlarini texnik jihozlash davom
etmoqda. 2014 yili Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent
shahri axborot-kutubxona markazlari yangi zamonaviy uskunalar bilan
jihozlandi.Mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish
chora-tadbirlarini amalga oirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib,
69 mahalliy kompaniya unga kiritildi. Software.uz katalogiga 1600 mahalliy
dasturiy mahsulotlar kiritildi.Dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini ishlab
chiqish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida axborot
texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma
korxonalar tuzish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Koreyaning LG CNS
kompaniyasi bilan hamkorlikni misol keltirish mumkin.Bugun axborot
texnologiyalari jadal rivojlanmoqda, ushbu sohada professional kadrlarga talab
ortmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari
yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash vazifasiga katta e’tibor qaratilmoqda.