Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKTni rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bu yo‘nalishda qator natijalarga
erishildi.Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 2014 yil
davomida 42,3 foizga o‘sdi va 15,5 Gbit/s.ga yetdi.Operator va provayderlar uchun
internet-xizmatlari (tashqi kanal) tarifi 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSh dollarigacha
tushirildi. Narxlarning pasayishi 2014 yilda 11,6 foizni tashkil etdi.“Bo‘zatau–
tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi
internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi.
19
Internetga kengpolosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar
soni 640 mingga oshirildi, foydalanilayotgan portlar soni esa 135,1 foizga o‘sdi.
Yirik loyihalarning amalga oshirilishi simsiz aloqaning taraqqiy etishiga ham
xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mobil aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod
tarmog‘i – 4G (LTE)ni joriy qilishmoqda. Ushbu texnologiyalar internet-
foydalanuvchilarning AKTdan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiradi.
“O‘zbektelekom” AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi Yagona markaz loyihasini
joriy etish doirasida respublikamizning barcha hududlarida 13ta mintaqaviy
markazlar tashkil etildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi telekommunikatsiya
va internet-xizmatlar ko‘rsatish sifatining yanada yuqori bosqichga chiqishini
ta’minlaydi.Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yangi avlod texnologiyalari
asosida modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil davomida
respublikamiz
bo‘ylab
26ta
zamonaviy
kommutatsiya
uskunalarining
ekspluatatsiya qilinishi telefon raqamlari sig‘imini sezilarli miqdorda oshirishga
imkon berdi.
Mamlakatimiz rahbarining “Xitoy Xalq Respublikasi Davlat taraqqiyot banki
ishtirokida
O‘zbekiston
Respublikasi
telekommunikatsiyalar
tarmog‘ini
modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
bo‘yicha 117,6 mln. AQSh dollariga teng (shu jumladan, Xitoy Davlat taraqqiyot
banki tomonidan ajratilgan 100 mln. AQSh dollaridagi kredit vositalari hisobiga)
loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik loyihalar magistral ma’lumotlar
uzatish tarmoqlari imkoniyatini kengaytirishga qaratiladi: xalqaro yo‘nalishda —
10 barobarga (100 Gbit/s.gacha), viloyatlar markazlarida — 4 barobar (40
Gbit/s.gacha) va tumanlar markazlarida — 10 barobar (10 Gbit/s.gacha).
O‘zbekiston Respublikasida 2014–2015 yillar davomida Wi-Fi texnologiyasi
bo‘yicha kengpolosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish dasturi ham amalga
oshirilyapti. Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad – barcha viloyatlarda, jumladan
20
aeroportlarda, vokzallarda, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda, istirohat
bog‘lari, savdo markazlari va boshqa jamoatchilik joylarida simsiz kengpolosali
ulanishni tashkil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: