Amaliy mashg‘ulotlar multimedia o‘quv vositalari (kompyuter sinfi, proyektor, elektron doska va boshq.) bilan jihozlangan auditoriyalarda har bir akademik guruhga alohida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullardan foydalanagan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan “Keys-stadi” texnologiyasi elementlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi. Mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar va ko‘rgazmali vositalar filial masofaviy ta’lim platformasi orqali taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |