Kanallar kommutatsiyasi afzalliklari. Oxirlash tugunlari o‘rtasida tashkil qilingan kanal orqali axborotlar uzatish tezligining aniq va doimiyligi imkoniyati. Bu tarmoq foydalanuvchisiga axborotni oldindan baholab, kanalda kerakli tezlikni o‘rnatish mumkin. Tarmoqda axborotlarning doimiy va kichik kechikishlar ko‘rsatkichi. Bu kechikishlarga chidamsiz (real vaqt trafigi deb nomlanuvchi axborot) — tovush, video, har xil texnologik ma’lumotlarni aniq va to‘liq uzatish.
Kanallar kommutatsiyasi kamchiliklari. Ulanish hosil qiluvchi «so‘rov»ni tarmoq qabul qilmasligi. Bunday holat — tugundan maksimal oqimlar uzatilayotgan paytda yuz berishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘pgina telefon tarmoqlariga xos bo‘lgan bittagina ulanishni ta’minlay oladigan abonentlar band bo‘lganda yuz berishi mumkin. Telefonda gaplashayotgan abonentga 2-chaqiriq kelishi bilan chaqirayotgan abonentga «band» signali uzatiladi. Fizik kanallarning o‘tkazish imkoniyatidan to‘liq foydalanmaslik. Tashkiliy kanalning o‘tkazish imkoniyati har doim ham 100 % ishlatilmaydi. Bunda kanal uchun ajratilgan vaqt davomida kanal band bo‘ladi. Abonentlarga doim ham to‘liq o‘tkazish imkoniyatli kanal kerak bo‘lmaydi. Bu tarmoqning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishni cheklab qo‘yadi. Ulanishni o‘rnatish vaqti hisobiga majburiy kechikish (zaderjka) mavjudligi.
Paketlar kommutatsiyasi (ingl. Packet switching) – bir nechta abonentlarning umumiy tarmoqga kirishi usuli, bunda ma’lumot unchalik katta hajmga ega bo’lmagan qismlarga (paket deb nomlanuvchi) ajratiladi va ular tarmoqda bir-biridan mustaqil ravishda uzatilishadi. Uzel – qabullagich paketlardan xatlarni yig’adi. Bunday tarmoqlarda bitta fizik aloqa liniyasi bo’yicha ko’p uzellar ma’lumot almashashi mumkin. Paketlarni kommutatsiyalashda foydalanuvchining barcha uzatayotgan ma’lumotlari uzatuvchi uzelda uncha katta bo’lmagan (bir necha kilobaytgacha) qismlarga sindiriladi – paketlar (packet). Har bir paket sarlavha bilan ta’minlanadi. Bu sarlavhada kamida qabul qilib oluvchi uzel adresi va paket raqami ko’rsatiladi. Tarmoq bo’yicha paketlar uzatilishi bir – biridan mustaqil ravishda bo’lib o’tadi. Bunday tarmoqning kommutatorlari ichki buffer xotiraga egadirlar, bu buffer xotira paketlarni vaqtincha saqlab turadi. Bu esa kommutatorlar o’rtasidagi aloqa liniyalarida trafiklarni taqsimlash imkoniyatini beradi. Paketlarni ayrim hollarda deytagrammalar (datagram) deb atashadi. Paketlarni individual kommutatsiya tartibini esa – deytagrammali tartib deyishadi.