Mavzu: Tolali optik raqamli tizimlarining texnik ekspluatatsiyasi
Reja:
Texnik ekspluatatsiya haqida
Raqainli tolali optik aloqa tizimlarining liniya kodlari
Texnik ekspluatatsiya — aloqa korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Tarmoqning texnik ekspluatatsiyasi texnik xizmat ko‘rsatish usuilari va algoritmlari majmuasini namoyon etib, istalgan texnik ekspluatatsiya obyektining o‘rnatilgan normalarini talab darajasida saqlaydi va tashkil etadi.Texnik ekspluatatsiyada texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash asosiy tushinchalardan hisoblanadi:
— texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) — xizmat muddati davomida TEOning
vazifasi bo‘yicha ishga qobiliyatliligi va sozligini ta’minlash bo'yicha bajariladigan ishlar majmuasi;
— ta’mirlash — TOAT va uning elementlarining sozligini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi.
Uzatish tizimlari, ularning elementlari soz va nosoz holatda bo'Iishi mumkin. Soz holat, bu UT yoki uning elementlari normativ texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan barcha talablarga mos keladigan holat. Nosoz holat, bu UT yoki uning elementlari NTX talablaridan hech bo‘lmaganda biron-biriga mos kelmaydigan holat. Nosoz holat obyektlarni berilgan fimksiyalami bajarishi mumkin emasligini Bildirmaydi. UT apparaturasi va qurilmalari ishga qobiliyatlilik bilan xarakterlanadi, ya’ni bu shunday holatki, maTumotlarni uzatish bo'yicha berilgan funksiyalarni kanallar va traktlarning asosiy parametrlarining qiymatlarini NTXda beigilangan chegaralarda saqlash bilan bajaradi
Energetik spektri yuqoridan chegaralangan bo‘lishi zarur, bu uzatish traktining chastota polosasini yuqoridan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo halaqitlarni kamaytirish imkonini beradi. 4. Raqamli TOATning liniya kodlarining tuzilishi regeneratorlarning taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni ta'minlashi kerak. 5. Liniya kodining tuzilishi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori shovqin bardoshlilikni, bu regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini oshirish va bu bilan raqamli TOATning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini yaratadi; uzatish sifati va aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni; kodlash va dekodlash qurilmalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi soddaligini ta'minlashi kerak. Va nihoyat, liniya kodi impulslarining ko‘rinishi elektro-optik va opto-elektron o‘zgartirgichlar, shuningdek, OTning optik uzatish xarakteristikalariga mos bo‘lishi kerak. Yuqorida keltirilgan talablarning to‘liq hajmdagi yig‘indisiga hech qaysi kod to ‘laqonli javob bermaydi. Shuning uchun, TOATning element bazasi, optik to iq in uzunligi diapazonning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, optimal xarakteristikalarga erishish mumkin boigan liniya kodi turi tanlanadi.
Raqamli TOA tizimlarining yaratilishida, bir qancha kodlar nazariy va amaliy tadqiq etilgan. 11.6-rasmda ulardan TOATda keng qo‘llanish topgan ba’zi turlari keltirilgan.
11.6-rasm. Raqamli TO A T Iiniya kodlarining asosiy turlari
Kodlarni aniqlash, ularning shakllanishi va bu kodlarning 90 foiz energiyasini uzatish uchun chastota polosasi kengligi 11.2- jadvalda, ularning energetik spektrlari esa 11.7-rasmda berilgan [5]. TOAT apparaturalarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich kod NRZ (non return to zero — nolga qaytmaslik) kodi hisoblanadi. 11.7-rasm tahlilidan shuni aytish kerakki, bu kodlar energetik spektrda doimiy tashkil topuvchilarning mavjud bo‘lmasligi va quyi chastotali tarkib topuvchilarining kichikligi kabi talablarga javob bermaydi, RZ kodi N R Z kodiga nisbatan spektr kengligining kattaligi bilan xarakterlanadi, lekin afzalligi shuki, bu holatda LD va YD vaqtidan kam ishlaydi va ularni parametrlarining degradatsiya darajasi kamayadi, bu nurlanish manbalarining ayniqsa LDning xizmat muddatini oshiradi. Shuni belgilab o ‘tish joizki, N RZ kodining spektrida taktli chastotaning diskret tashkil etuvchilarining mavjud emasligi taktli chastota ajratkich qurilmasining ishlab chiqarishini murakkablashadi va regeneratorning qabul qilish qurilmalarining sinxronizatsiyasi qiyinlashadi. Barcha optik kodlar blok ko‘rinishida bo‘lib, ularda boshlang'ich NRZ kodining har bir «m» impulsidan liniya optik kodining impulsi shakllanadi. Bunda har doim n>m bo'lib, ortiqcha impulslar liniyaga uzatiladi. Bu liniya kodiga ortiqlik deyiladi. Bunday kod mBnB deb belgilanadi, bunda «B» (Binary — ikkilik) boshlang‘ich va liniyaga uzatiladigan kodlarning ikkilik kodi ekanligini bildiradi. Liniya kodi boshlang‘ich kodni uzatishga ketadigan vaqtda uzatilishi kerak. Turli optik kodlarni ko'rib chiqamiz. 1B2B sinfidagi kodlar. Bu sinfdagi kodlar sodda bo‘lib, boshlang‘ich kodlarga nisbatan liniyaga uzatiladigan impulslar soni 2 marta ortiq, shuning uchun ham samarador va keng qo‘llanish topgan. RZ kodi 1B2B sinfiga kiradi. RZ kodida boshlang‘ich NRZ kodining «1» simvoliga T taktli intervalning birinchi yarmida mos ravishda 1 va ikkinchi yarmida 0 qo‘yiladi, ya’ni 1>10 o‘zgartirish amalga oshiriladi. Boshlang‘ich NRZ kodining «0» simvoli 0>00 ga o‘zgaradi, ya’ni T taktli intervalning birinchi hamda ikkinchi yarmida liniya kodining nollari hosil bo‘ladi.
11.7-rasm. Raqamli TOAT energetik spektrining uzluksiz qismi
Xulosa:
WDM texnologiyasi optik tolalarni uzatish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirish va optik tolali uzatish narxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi, chunki o'rnatilgan tolaning narxi turli to'lqin uzunliklarida harakatlanadigan signallar o'rtasida taqsimlanadi. Yangi komponentlar ishlab chiqilganligi sababli, WDM texnologiyasi shaffof tarmoqlarga oddiy nuqtadan nuqtaga havolalarni kengaytirdi. O'tgan 20 yil ichida uzatishdagi buzilishlarni bartaraf etish va ushbu tizimlarning kirish va o'tkazish qobiliyatini kengaytirish bo'yicha katta yutuqlarga erishildi. Bu jamiyatimizning tobora ortib borayotgan aloqa ehtiyojlarini qondirishda davom etishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
Optik aloqa asoslari / N. Yunusov [va boshq.]. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi — T.: ChoMpon nomidagi NM IU, 2014, 368 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |